1-Hayvonlarni muhofaza qilish


– topshiriq: Ona tabiyatni asraylik



Download 323,51 Kb.
bet25/25
Sana20.01.2022
Hajmi323,51 Kb.
#393377
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ekalogiya fanidan oraliq Topshiriq savol javoblar

6 – topshiriq: Ona tabiyatni asraylik Аtrof - muhitni muhofaza qilish bir necha yoʼnalishlarga ega boʼlib, boshqa fanlar yutuqlarini qoʼllagan holda oʼz oldiga qoʼygan maqsadlarini hal qiladi: 1. Falsafiy yoʼnalish- tabiat bilan jamiyatning bir butunligiga, undan foydalanilish va himoya qilish birligiga asoslangan. 2. Tarixiy yoʼnalish - biosfera va uning qismlarini mavjudlik qonuniyatlarini oʼrganish zarurligiga asoslangan. 3. Ekologik yunalish - insonlarni tabiat bilan biologik jihatdan bogʼlik ekanligiga asoslangan. 4. Texnik-iqtisodiy yoʼnalish-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish zarurligiga asoslangan. 5. Sotsial-siesiy yoʼnalish-atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini butun insoniyat miqyosida hal qilinishi zarur ekanligiga asoslanadi. 6. Yuridik yoʼnalish- insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirini chegaralovchi va jazolanishi taʼminlovchi huquqiy aktlarni ishlab chikish va uni bajarilishini talab qilinishiga asoslangan.
    Аtrof - muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi sistemasi deganda davlat tashkilotlarining tabiiy resurslarni qayta tiklash, ulardan oqilona va tejamli foydalanish, atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalarni hal qilish uchun qaratilgan tashkiliy faoliyatlari tushuniladi.
    Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi 1988 yil tashkil qilinib, atrof - muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan okilona foydalanish borasida davlat nazorati va tarmoqlararo -boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Respublikada tabiatni muhofaza qiluvchi faoliyatlarni kompleks holda boshqarishni amalga oshirish. 2. Аtrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning yagona ilmiy-texnikaviy siyosatini yaratish. 3. Oʼsimlik. va hayvonot olamidan, atmosfera havosi, yer osti suvlari, tuproqdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini oʼrnatish. 4. Xalq xoʼjaligini barcha sohalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni jorikqilish. 5. Tabiiy resurslardan beshavqat foydalanuvchi, atrof - muhitni ifloslantiruvchi barcha tashkilotlar va shaxslarga davlatga yetkazayotgan zararlarni qoplovchi jarimalar, javobgarlikni talab qilishni tashkil qilish. 6. Tabiatni asrash va undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni taʼminlovchi ekologik taʼlim va tarbiyani tubdan yaxshilash.
   Hozirgi kunda insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy davlat va regional balki planetar hamda global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini hal kiliniщi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha Davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972 yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi Yu N Ye P - «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. Yu N Ye P - ning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi: 1. Аholi zich joylashgan poʼnktlardagi ekologik muammolarni hal etish, inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash, 2. Yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va choʼl zonalarini kengayishiga qarshi kurashish. 3. Ekologik taʼlimni va axborot ishlarini tashkil qilish. 4. Аtrof - muhitni muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va texnologik aloqalarni rivojlantirish. 5. Dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash. 6. Yovoyi oʼsimliklar va hayvonlarni himoya qilish. 7. Energetika sohasida ekologiya masalalarini hal qilish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof - muhitni muhofazasi bilan shugʼullanuvchi yana bir qator tashkilotdar mavjuddir: Butun jahon salomatlik tashkiloti (VOZ), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EJ) va boshqalar. 1992 yil Stokgolmda oʼtkazilgan BMTning atrof - muhitni muhofazasi muammolariga bagʼishlangan halqaro konferentsiyasida 5 iyunь kuni butun jahonda atrof - muhitni muhofaza qilish kuni deb eʼlon etildi.
     Аtrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng avvalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonunlarini mukammal ravishda oʼrganib chiqishimiz zarurdir. Koʼpchilik falokatlar aynan ana shu bogʼliqlik qonuniyatlarini hisobga olmay insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari oqibatidan kelib chiqayapti.
   Shu muammolarni toʼgʼri hal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonuniyatlarini oʼrgatuvchi fan - «ekologiya» fanining ahamiyati juda kattadir. Bu fan oʼz mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson bilan tabiat oʼrtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chiquvchi ilmiy baza vazifasini oʼtaydi. Shuning uchun atrof-muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlarga ega boʼlgan chegaralar miqyosida yaʼni biosfera chegaralari oʼrganiladi. Insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari aytarli katta boʼlmagan taqdirda ushbu muammo iqtisodiy muammolarga kiritilmas edi. Yaʼni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat koʼrsatadi deb tushunilar edi. Lekin bugungi kundagi axvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat insolarni oʼylamay, haddan tashqari koʼp koʼrsatadigan taʼsirlariga bardosh bera olmas ekan, yaʼni u oʼz-oʼzini qaytadan tiklab ulgura olmayapti. Demak, tabiatni har bir elementi oʼzining maʼlum «sigʼim chegarasiga» ega ekan.
     Аntropogen taʼsir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan: bir vaktlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sugʼorish sistemasini notoʼgʼri tuzilganligi va qishloq xoʼjalik ekinlarining koʼp ekilganligi tufayli tuproq erroziyasi va shoʼrlanish jarayonlari hisobiga choʼlga aylanib qolgan. Uralьsk-Voljsk choʼllari xam notugʼri chorva boqilishi hisobiga hosil boʼlgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inqirozlardan biri Orol dengizini qurishi hisobiga uning atrofida choʼllarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti. Аtrof muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen taʼsiriga, balki tabiat elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi va xossalariga ham bogʼliqdir.
  Tabiat elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi koʼpgina hollarda notekicdip: maʼlym miqdopgacha koʼpacatilayotgan ozginagina taʼcip hicobiga eca, tabiatda jyda kychli akc taʼcipini boshlanishiga olib kelishi mymkin. Ushby taʼcip ekologik cictemalapning chidamlilik octonaci deb ataladi. Keckin va intenciv pavishda koʼpcatilayotgan taʼcip hicobiga biocfepa ichki oʼz-oʼzini boshqapish mexanizmi byziladi, yaʼni ekologik inqipoz codip boʼladi.
Download 323,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish