1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]



Download 68 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi68 Kb.
#402225
1   2
Bog'liq
210 14.04.2021

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Ijrochi direktor

16

Direktor o‘rinbosari

15

Bosh yuriskonsult

14

Bo‘lim boshlig‘i

14

Shu’ba mudiri

13

Bosh mutaxassis

12

Etakchi mutaxassis

11

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qaroriga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi 257-son qarorining 5-bandi va qarorga 1-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.



2. Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarorida:

a) 3-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning uchinchi hatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovada:

21-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

22-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

24-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarorida:

a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar”;

b) O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2-ilova)ning 4-bandi uchinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlar va oilani qo‘llab quvvatlash jamoat fondiga har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning 20 foizi” so‘zlari “har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarorida:

a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashg‘ulotlarni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ilova)ning 18-bandidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyundagi 367-son qaroriga quyidagi mazmundagi 81 band qo‘shilsin:

“81. institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, shuningdek, “Mahalla va oila” institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda institutda bajariladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun mablag‘lar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan institutning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.”

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qarori.



2. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 699-son qarori.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi 391-son qarorining 9-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish