1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]



Download 136,34 Kb.
bet2/10
Sana31.12.2021
Hajmi136,34 Kb.
#216748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SSV da autsorsing

2. Tibbiy xizmat turlari:

tibbiy buyumlarni zararsizlantirish.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda davlat tibbiyot muassasalari deb ataladi) autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

autsorsing — davlat tibbiyot muassasalarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini shartnoma asosida autsorserga o‘tkazish;

autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;

buyurtmachi — davlat tibbiyot muassasalari.

3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:

autsorserni qonun hujjatlari asosida tanlab olish;

autsorserga o‘tkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini oshirish;

buyurtmachining autsorserga beriladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar xizmatlarini autsorserga o‘tkazilishida ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xo‘jalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy bo‘lmagan turlarini rivojlantirish uchun investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish hamda autsorserga berilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirishi lozim.

4. Autsorser xodimlarining buyurtmachiga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan ro‘yxat asosida kirishiga ruxsat beriladi.

5. Autsorsing xizmatini ko‘rsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.

2-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi

6. Autsorsing xizmatlariga (mijozlarni ovqat bilan ta’minlash xizmatidan tashqari) haq to‘lash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy xarajatlar, bilvosita xarajatlar) autsorserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.

7. Autsorsing bo‘yicha ovqatlanishni tashkil etish xizmati narxi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan bir bemorga bir kunlik ovqatlanishning normasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori narxlardan oshmaydigan narxlariga autsorserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.

3-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

8. Autsorser O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tanlanadi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq, davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bunda, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlab olinadi. Tanlov jarayonida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.

Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash maqsadida tanlov o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

10. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

tadbirkorlik subyekti bo‘lishi;

autsorsing xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi;

moliyaviy ahvoli barqarorligi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi;

qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat turi litsenziya yoki ruxsatnoma talab etadigan faoliyat turlari bo‘yicha tegishli litsenziyaga yoki ruxsatnomaga ega bo‘lishi.

11. Autsorsing xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma buyurtmachi va autsorser o‘rtasida kalendar yil uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan autsorsing shartlari asosida xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi. Bunda, autsorser tomonidan shartnoma shartlarining to‘liq bajarilishi va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin.

12. Ko‘rsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob esa — keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.

Autsorser va buyurtmachi o‘rtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

4-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari

13. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:

foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va davlat tibbiyot tashkilotiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanishini talab qilish;

ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lovni nol stavka bo‘yicha olish;

ijara shartnomasi doirasida bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;

ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 20 foizgacha ustama haqini olish;

xizmatlar tannarxining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;

ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini talab qilish;

ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;

buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.

Autsorser qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

14. Autsorser:

ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni o‘z hisobidan ta’mirlashi;

autsorsing xizmatini ko‘rsatishda texnika, yong‘in, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etishi;

tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini ta’minlashi;

maxfiylik tartibiga qat’iy rioya qilishi;

shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni ta’minlashi lozim.

Autsorser zimmasiga qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

15. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, ko‘rsatilishi)ni talab qilish;

autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.

Buyurtmachi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

16. Buyurtmachi shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Buyurtmachi zimmasiga qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

5-bob. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish

17. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va me’yorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda ovqatlanishda kunlik sinamalar olish davlat tibbiyot tashkilotining tegishli xodimlar zimmasiga yuklanadi.

18. Autsorsing xizmatlarini monitoring qilish buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.

19. Autsorser tomonidan tashkil etilgan xizmatlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga to‘liq muvofiqligi vakolatli organlar tomonidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorser o‘rtasida tuzilgan shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos bo‘ladi.

21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari tomonidan autsorserni tanlash hamda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sxemasi


Download 136,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish