1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]



Download 91,84 Kb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi91,84 Kb.
#479675
  1   2
Bog'liq
532 20.08.2021




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;

2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash, infeksiya profilaktikasi hamda davolashda dori vositalari va tibbiy buyumlar ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Jurabek Laboratories” MChJ QK (O‘zbekiston) tomonidan:
“Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — xitoylik hamkorlar) bilan “ZF-UZ-VAC 2001” (Recombinant Novel Coronavirus Vaccine (CHO Cell) vaksinasini (keyingi o‘rinlarda — “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganligi va dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar tomonidan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish belgilanganligi;
“Vaksina cheloveka” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi o‘rinlarda — rossiyalik hamkorlar) bilan “Gam-KOVID-Vak” va Gam-KOVID-Vak-Lio kombinirlangan vektor vaksinasini (keyingi o‘rinlarda — “Sputnik V” vaksinasi) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganligi hamda rossiyalik hamkorlar tomonidan dastlabki bosqichda “Sputnik V” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi;
b) “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida hamda “Sputnik V” vaksinasi Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tomonidan “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan tegishli vaksinalarning laboratoriya sinovlari va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirilishi ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-avgust,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-dekabrdagi 1008-son qaroriga ilovaning rus tili matniga:
a) “Naimenovaniya sirya i materialov, ispolzuyemix dlya proizvodstva lekarstvennix sredstv (v tom chisle vnutriaptechnogo izgotovleniya), izdeliy meditsinskogo naznacheniya i upakovochnix materialov” blokida:
quyidagi mazmundagi 1383 — 1405-pozitsiyalar qo‘shilsin:



1383.

Adrenalin gidroxlorid (adrenalin; epinefrin; epinefrin gidroxlorid)

2937 90 000 0

1384.

Albumin

3502 90 700 0

1385.

Apiksaban

2933 79 000 0

1386.

Dopamin (Dopamina gidroxlorid)

2922 29 000 0

1387.

Kolxitsin

2939 79 000 0

1388.

Meropenem (Meropenem trigidrat)

2941 90 000 9

1389.

Metilprednizolon natriya suksinat

2937 29 000 0

1390.

Norepinefrin (norepinefrin bitartrat)

2937 90 000 0

1391.

Pipekuroniya bromid

2933 59 950 0

1392.

Rastvor albumina v pereschete na suxoy albumin

3502 90 200 0

1393.

Rezinovie probki dlya liofilizirovannix preparatov

4016 99 970 9

1394.

Remdesivir

2934 99 900 0

1395.

Rivaroksaban

2934 99 900 0

1396.

Steklyannie ampuli (borosilikatnogo stekla,) 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml

7010 90 710 0
7010 10 000 0

1397.

Steklyannie Flakoni (borosilikatnogo stekla,) 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml, 30ml, 50 ml, 100 ml

7010 90 710 0
7010 90 790 0

1398.

Strofantin (Strofantin k)

2938 90 900 0

1399.

Favipiravir

2933 99 800 0

1400.

Steklyannie Flakoni 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml, 30 ml, 50 ml, 100 ml dlya liofilizirovannix preparatov

7010 90 210 0
7010 90 710 0
7010 90 790 0

1401.

Sefepim sulbaktam

2941 90 000 9
3003 20 000 0

1402.

Rastvor kombinirovannoy vektornoy vaksini Gam-KOVID-Vak, (KOMPONENT I; KOMPONENT II), Gam-KOVID-Vak-Lio

3002 20 000 9

1403.

Substansiyaili in-bulk dlyaproizvodstvaVaksini COVID-19 (Recombinant Novel Coronavirus Vaccine (CHO Cell)

3002 20 000 9

1404.

Gidroksixloroxin

2933 49 900 0

1405.

Gidroksixloroxina sulfat

2933 49 900 0

”;

havoladagi “ispolzuyemie” so‘zidan keyin “v tom chisle i” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Naimenovaniya texnologicheskogo i laboratornogo oborudovaniya, komplektuyuщix i zapasnix chastey k nim” blokiga kuyidagi mazmundagi 601 — 611-pozitsiyalar qo‘shilsin:



601.

Probki rezinovie dlya vaksini

4016 99 970 9

602.

Alyuminiyevie kolpachki kombinirovanniy

8309 90 900 0

603.

Kulturi mikroorganizmov

3002 90 500 0

604.

Bevatsizumab

3002 13 000 0

605.

Rituksimab

3002 13 000 0

606.

Trastuzumab

3002 13 000 0

607.

Kletochnaya liniya (KJI)

3001 20 900 0

608.

Biologicheskaya test-sistema

3822 00 000 0
3002 15 000 0

609.

Termokonteyner mnogorazovogo ispolzovaniya dlya vremennogo xraneniya i transportirovaniya vaksin, sivorotok i drugix lekarstvennix sredstv v komplekte s xladoelementom

3923 10 000 0

610.

Termoregistrator-indikator porogovoy

9025 19 200 0

611.

Termoindikator

9025 19 200 0

”;

2. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarorida:
a) 1-2-bandlar kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar

Download 91,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish