1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ijtimoiy pedagogikaning falsafiy, axloqiy va tarixiy - madaniy asoslari



Download 1,42 Mb.
bet14/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

4.Ijtimoiy pedagogikaning falsafiy, axloqiy va tarixiy - madaniy asoslari. Ijtimoiy falsafa - jamiyat va inson muammolari, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga doir muammolar haqidagi fan. Uning vazifasi jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarni nazariy asoslashdan iborat. Jamiyat va shaxs - ijtimoiy falsafaning bosh muammosi.
Shaxsning kamol topishi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi. Ushbu jarayonga jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari va insonning ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari ta’sir ko‘rsatadi. Nafaqat jamiyat insonga ta’sir ko‘rsatadi, balki inson ham jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Falsafa ham, pedagogika ham ushbu jarayonda shaxs qanday kamol topishini, shaxs va oila, shaxs va etnos, shaxs va davlat qay tarzda o‘zaro aloqa qilishini o‘rganadi.
Kishilik jamiyati munosabatlarning murakkab tizimini tashkil etadi. Shulardan biri - jamoadagi shaxs. Ijtimoiy pedagogikaning bosh masalalaridan biri - shaxs va muhitning o‘zaro munosabatlari. Hozirgi davr sharoitlarida ijtimoiy falsafa jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar - yangi iqtisodiy, siyosiy, oilaviy va milliy munosabatlarni aks ettiradi. Oila, ta’lim, yoshlar tarbiyasi, tabiat, milliy munosabatlarga yangicha yondashuv ilgari suriladi. Bu muammolar markazida inson, shaxs turadi.
Yangi mulkchilik shakllari amal qilayotgan yangi iqtisodiy sharoitlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanadi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlar oiladagi munosabatlarga, bolalar tarbiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tahlil qiladi.
Ijtimoiy shakllanish inson va muhit o‘zaro aloqasining stixiyali oqibati hisoblanmaydi. Unda ijtimoiy tarbiya katta o‘rin egallaydi. Mohiyat e’tibori bilan bu tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan o‘zaro aloqalar uchun maxsus sharoitlar yaratish, muayyan ijtimoiy-pedagogik maqsadlarga erishish manfaatlarida uning ongi va sezgilariga ta’sir ko‘rsatish borasidagi izchil faoliyatidir.
Qadim zamonlardan beri faylasuflar va pedagoglar ilk bolalikni insonni izchil tarbiyalash, uning o‘zini o‘zi ijtimoiy kamol toptirishini rag‘batlantirish uchun eng qulay davr hisoblaydilar. Bu davrda bola o‘ta harakatchan va o‘z rivojlanishida moslashuvchan bo‘ladi. Tarbiyaviy jihatdan ayni shu omil birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bola hayotining dastlabki davrida uni ijtimoiy tarbiyalashdagi har qanday kamchiliklar uning shaxs sifatida kamol topishida bevosita aks etadi.
Ma’naviy tarbiyalash qadim zamonlardan beri muhim hisoblanadi. U mazkur jamiyatda shakllangan va tan olingan me’yorlar va qoidalarga bo‘ysunadi. Inson ularni bolalikdan o‘zlashtirishi uning hayot faoliyati muhitidagi xulq-atvorini va o‘zini tutishini belgilaydi. Insonda aynan ma’naviy o‘zak konkret jamiyatda yashash va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun unga zarur bo‘lgan muhim ijtimoiy asos hisoblanadi.
Ma’naviy tarbiyaning ijtimoiy- pedagogik jihatni o‘z ichiga oladi, u ijtimoiy tarbiyaning muhim yo‘nalishi - sub’yektlarni jamiyatda yashashga tayyorlashning mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘z-o‘zidan ma’naviy barkamol shaxsga aylanishi mumkin emas. U bolaligida o‘zining ijtimoiy kamol topishiga ko‘maklashgan shaxslar yordamida muhtoj bo‘ladi. Bu odamlar (murabbiylar)ning axloqiy pozitsiyasi voyaga yetayotgan insonning ijtimoiy kamol topishini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Ijtimoiy pedagogikaning tarkibiy tuzilishi 1-sxemada keltirilgan. Ijtimoiy pedagogikaga: a) davlat hamda inson hayot faoliyati muhiti; b) ijtimoiy tarbiya; v) ijtimoiy birlik sifatidagi inson; g) insonning shaxsiy nuqtai nazari va ijtimoiy kamolotga intilishi nuqtai nazaridan yondashish zarur.
O‘quv fani sifatidagi ijtimoiy pedagogika - bu ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodim, ijtimoiy psixologiya, korreksion va reabilitatsion pedagogika mutaxassisini maxsus tayyorlash (kasb-hunar ta’limi)ning tarkibiy elementi.
U muhit pedagogikasi va shaxs ijtimoiy pedagogikasini o‘z ichiga olgan asosiy bo‘limlar va kichik bo‘limlardan tashkil topadi. Har bir kichik bo‘lim o‘z tuzilishiga ega va boshqa kichik bo‘limlar bilan bog‘lanadi (2-sxemaga qarang).



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish