1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik asoslari


Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash



Download 124,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.05.2022
Hajmi124,37 Kb.
#603230
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish Hududni ijtimoiy-i

 
.Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash.
Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlari belgilanadi. 
Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat 
bo`lishi maqsadga muvofiqdir. 
Dasturda hududni iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va 
ko`rsatkichlari bayon qilinadi. Bunda asosiy e`tibor yangi ishchi o`rinlari, tabiiy, moliyaviy, 
mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratiladi. 
Bu yo`nalishlar quyidagi tadbirlarga qaratilishi lozim: 
1. Hududning istiqboldagi ehtiyojlari va hududlararo ayriboshlash imkoniyatlarini 
kengaytirish asosida iqtisodiy maqbul tarmoq va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. Istiqbolda 
tarmoqlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko`rsatkichlari, tarmoq tarkibining o`zgarishi, 
eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi prognoz qilinadi. 
Bunda amaldagi korxonalarni texnik, texnologik va tashkiliy jihatdan yangilash 
muammolariga alohida e`tibor qaratiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 
yanada chuqurlashtiriladi, nisbatan kichik korxonalar rivojlantiriladi. Bu korxonalarda 
mahalliy mineral-xom ashyo va qishloq xo`jalik resurslaridan foydalaniladi. 
2. Hududda yangi korxonalarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruktsiya 
qilish, ixtisosligini o`zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik ob`ektlarga qo`shimcha mabla`glar 
jalb qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 
3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, ekin maydonlari 
tarkibining o`zgarishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi 
prognoz qilinadi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari 
mahsuldorligini oshirish yo`llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish 
ko`zda tutiladi. 
4. Hududda xom ashyolarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan 
tsikldagi ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish 
shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyali qo`shma korxonalarni vujudga keltirish 
orqali yangi zamonaviy texnologiyalarni, xo`jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini 
joriy etish. 
5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay 
sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish 
istiqbollarini asoslash. 
6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo`yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko`paytirish, 
bozor infratuzilmasini rivojlantirish. 
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko`lami, parametrlari belgilanadi. Bunda tashqi 
savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xom ashyo resurslarini hisobga olgan 
holda xorijiy investitsiyali korxonalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilishi maqsadga 
muvofiqdir. 


8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab 
chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-
tadbirlari ham o`z ifodasini topadi. 
Har bir hududiy dasturda uni amalga oshirish mexanizmi ko`zda tutilishi kerak. Bu 
mexanizmda dasturni moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi muhim o`rin tutadi. 
Dasturni ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo`yicha turli resurslarga bo`lgan talab, 
ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so`ng dastur bo`yicha uning resurslar bilan 
ta`minlanish manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va 
resurslar o`rtasidagi muvofiqlik ta`minlanadi. 
Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, avvalambor maxalliy resurslar va 
imkoniyatlar hisobga olinadi. 
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy byudjet, tadbirkorlar 
va korxonalar o`z mabla`glari, fermer va dehqon xo`jaliklari, aholi mabla`glarini jalb 
qilinadigan xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mabla`glarini 
hamda bank kreditlarini hududiy dasturni amalga oshirishga jalb qilish chora-tadbirlarini 
amalga oshirishlari lozim bo`ladi. 
Shuningdek, hududiy dasturlarni amalga oshirishda respublika byudjeti va byudjetdan 
tashqari jam`garmalar, O`zbekiston Respublika taraqqiyot va tiklanish jam`garmasi 
mabla`glarini ham jalb etish mumkin. 
Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo`lishi oldindan 
belgilanishi lozim. Dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy 
yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish 
sur`atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur`atlari olinadi. Shuningdek, 
aholi turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlarning o`sishi, 
hudud aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta`minlanishining 
yaxshilanishi, hududning o`zini-o`zi oziq-ovqat, boshqa iste`mol tovarlari bilan 
ta`minlanishining yaxshilanishi ko`rsatkichlari dasturlarning bajarilishi natijalari hisoblanadi. 
Dasturlarning bajarilishini tashkiliy jihatdan ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dasturlarni amalga oshirishda butun mas`uliyat joylardagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dasturni ekspert baholash, umumiy 
nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasining tegishli boshqarma va bo`linmalari amalga 
oshiradilar. 
Bunda respublika hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining maqsadli hududiy 
dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishdagi vakolatlari hamda vazifalari aniq belgilanishi 
lozim bo`ladi. 

Download 124,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish