1. Jinoyat tushunchasi va belgilari



Download 22,6 Kb.
bet2/5
Sana21.09.2021
Hajmi22,6 Kb.
#180924
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 referat jinoyat

Ijtimoiy xavflilik xususiyati - jinoyatning xavflilik (zarar yetakzish) holati bo'lib, tajovuz obyektining tarkibi, ya'ni aniq ijtimoiy munosabatga yetkazilgan (moddiy, jismoniy, ma'naviy, tashkiliy-boshqaruv bilan bog'liq) zararning tarkibi, tajovuz qilish usuli, xususiyatlari (zo'rlik ishlatib yoki ishlatmasdan), aybning shakllari (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida), jinoyatning motiv va maqsadi (shaxsiy, g'arazli niyatlarda) bilan bog'liq bo'ladi.

Ijtimoiy xavflilik darajasi - qilmish xavfliligining siyosiy ifodasi bo'lib, zararning hajmi (moddiy zarar, ko'p miqdorda zarar yetkazish, shaxsning badaniga og'ir va o'rtacha og'ir shikast yetkazish), aybning xususiyatlari (oldindan 20 o'ylab qo'yilgan, to'satdan vujudga kelgan), jinoyat motivi va maqsadining o'zgarishi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, vaziyati bilan bog'liq jinoyatning xavflilik darajasi bilan belgilanadi.

Jinoyatning moddiy belgisi hisoblangan ijtimoiy xavflilik yuqoridagi xususiyatlardan tashqari, «ijtimoiy xavf tug'dir-maydigan, ya'ni shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazmaydi va zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarmaydigan kam ahamiyatli qilmishlar Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga formal jihatdan ega bo'lsa ham, jinoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik), deb hisoblanmaydi», degan qoidani ham o'z ichiga oladi.

Demak, ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisini ifodalaydigan tarkibi hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy belgisi bo'lsa, jinoyatning formal belgisi - uning huquqqa xilofliligi hisoblanadi.

Huquqqa xiloflilik - ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi qonuniylik prinsipining «qonunda ko'rsatilmagan bo'lsa, demak jinoyatning o'zi yo'q», qoidasidan kelib chiqadi («Nullum crimen sine cupla»).

Huquqqa xiloflilik jinoyatning yuridik belgisi bo'lib, keng ma'noda:

birinchidan, jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli va aybli qilmishlarning taqiqlanganligini;

ikkinchidan, jazo qo'llash tahdidini bildiradi.

Bundan tashqari, bu belgi «Jinoyat qonunining analogiya bo'yicha qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi», qoidasini ham o'z ichiga oladi. Demak, jinoiy huquqqa xiloflilik deganda, jinoyatlarning jinoyat huquqiy normalarda ko'rsatilgan jazo qo'llash tahdidi bilan taqiqlanishi tushuniladi.

Huquqqa xiloflilik ma lum bir ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurashish - davlatning mutlaq vakolati ekanligidan darak beradi. Ya'ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan ijtimoiy xavfliligini rasman belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanishi uning ma'lum darajada ijtimoiy xavfli, deb topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat, deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik xususiyatini ko'rsatadi.

Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, g'ayriqonuniy, deb topilgunga qadar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho berilishidan qat'iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida («Maxsus» qismi) belgilangan jinoyat qonunlarini shartli ravshda ikki guruhga bo'lish mumkin:

1) kriminologik jinoyatlar;

2) jinoyat huquqiy jinoyatlar.

Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ayrim moddalarida muayyan qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 109-moddasi), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 130- moddasi), tuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi), haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) va hokazolar.

Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat, deb hisoblanadi.

Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat «Maxsus» qismi normalariga tayanmasdan, «Umumiy» qism institutlari ham e'tiborga olinishi shart. «Umumiy» qism normalari «Maxsus» qism normalarini mustahkamlab, «Maxsus» qism normalarining buzilishi «Umumiy» qism normalarining buzilishiga olib keladi.

Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xHoflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko'rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi o'z navbatida huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya'ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli, deb topilgan qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi.

Jinoiy huquqqa xiloflilik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, aynan shu daraja orqali qilmish «jinoyat» xususiyatiga ega bo'ladi.


Download 22,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish