1 joriy nazorat. Fuqarolik jamiyati g'oyalari evolyutsiyasi



Download 327,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi327,53 Kb.
#74854
1   2   3
Bog'liq
1-joriy nazorat strategiya 16011

Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, 

qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa 

hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi 

jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu 

tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida 

mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, 

mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga 

muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining 

barcha jab-

halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida 

taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning 

konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy 

munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga 

solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot 

muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, 

shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda 

belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini 

bajarishida namoyon boʻladi. 



 

 

Mamlakatda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipining real joriy etilganligi Oʻzbekistonda 



konstitutsiya va qonunlar ustunligini taʼminlashning muhim kafolatidir. Unga koʻra, 

qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boʻgʻinlari oʻzlarining konsti-

tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular 

oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirishda eng oliy hakam qonundir. 

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti 

fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya 

etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-

yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy 

tamoyillarning , qonu

nlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi 

uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi 

Preziden-

tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish 

toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning 

mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand, 

farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy 

madaniyatni oshirishdan iborat 

boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning 

eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va 

idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 

qarorida (1997 yil 9 okt.) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning 

Ko

nstitutsiya va qonunlarga mosligini taʼminlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, 



ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda roʻyxatdan 

oʻtmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi, ularni hayotga 

joriy 

etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlashda 



prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari 

muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat 

birlashmalari, korxonal

ar, muassasa va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, qonun 

buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-

sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf 

etish chora-

tadbirlarini koʻradilar. Qonunni qoʻpol buzish hollari aniqlanganda 

maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi. 

Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlash uchun tashkiliy-

huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning 

samaradorligini oshirib borish lozim. 

5. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini 

ta’minlash , sud hokimiyatining nufuzini 

oshirish , sud tizimini yanada 

demokratlashtirish va takomillashtirish.  

Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil 

demokratlashtirish, sud hokimiyati

ning mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga 

qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. 

 



 

 

O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, 



uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda 

ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha 

salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

 

Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada 



takom

illashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka 

komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga 

oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega. 

 

Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi 



–O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va 

Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona 

sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda. 

 

Harbiy sud sudyalarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, 



adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va 

moliyaviy ta’minlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti. 

 

Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash 



imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish 

va maqbullashtirishni talab etadi. 

 

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining 



ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha 

konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati 

ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda. 

 

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va 



nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va 

tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 

 

1. Sudyalar hamja



miyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud 

hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga 

ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – 

Kengash) tashkil etilsin. 

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya 



etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati 

shtat birligi Kengashga o‘tkazilsin. 

 

3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: 



 

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli 

mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga 

ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish; 

 

sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi 



faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 

 

sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati 



samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus 


 

 

ko‘rsatish; 



 

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga 

qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha jismoniy 

va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish; 

 

sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining 



chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish 

darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; 

 

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka 



tortishga xulosa berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish. 

 

4. Belgilansinki: 



 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais o‘rinbosarlari, 

sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 



shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 

etiladi; 

 

harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman 



(shahar), tumanlararo sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan 

holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini 



demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha 

tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan so

ni 21 nafar bo‘lgan O‘zbekiston 

Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha 

tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirish haqidagi taklifi ma’qullansin. 

 

6. Kengash tarkibini shakllantirishning quyidagi tartibi belgi



lansin, unga ko‘ra: 

 

Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston 



Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayinlanadi; 

 

o‘n bir nafar a’zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 



Prezid

enti tomonidan Kengash a’zosi lavozimidagi davrida sudyalik maqomi saqlangan 

holda sudyalar orasidan tasdiqlanadi; 

 

to‘qqiz nafar a’zo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi 



organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali 

mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi. 

 

7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash a’zolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, 



mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin. 

 

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-




 

 

iyundan: 



 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, 

ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – 

O

‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; 



 

ommaviy-


huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek 

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman 

(shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat 



birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, 



okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi 

harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan 

huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 

tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi 



Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish; 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini 



Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib 

o‘zgartirish; 

 

ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman 



(shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; 

 

amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida 



sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga 

tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10–12 va 8 

razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 

 

Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar 



Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy 

sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar. 

 

9. Yangidan t



ashkil etilayotgan sudlarni to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat 

byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha 560 ta shtat 

birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin. 

 

Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin: 



 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar – 67 ta birlik; 

 

fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 



sudlari uchun 313 ta birlik, shundan sudyalar 

– 108 ta birlik, fuqarolik ishlari bo‘yicha 

tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 654 ta birlik, shundan sudyalar 

– 252 ta birlik; 

 



 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari uchun 128 ta 



birlik, shundan sudyalar 

– 58 ta birlik, tuman (shahar) ma’muriy sudlari uchun 408 ta birlik, 

shundan sudyalar 

– 204 ta birlik; 

 

jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari 



uchun 326 ta birlik, shundan sudyalar 

– 115 ta birlik, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) 

sudlari uchun 898 ta birlik, shundan sudyalar 

– 321 ta birlik; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 28 ta birlik, shundan 



sudyalar 

– 10 ta birlik; 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari uchun 117 ta 



birlik, shundan sudyalar 

– 59 ta birlik, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 

433 ta birlik, shundan sudyalar 

– 181 ta birlik. 

 

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti 



(keyingi o‘rinlarda – Oliy sud huzuridagi Departament): 

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar 



faoliyatini moddiy-

texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sudlar faoliyatini 

moddiy-

texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘linmalarining 51 ta boshqaruv xodimi 

shtat birligini o‘tkazish; 

 

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yo‘qotganligi 



munosabati bilan 

davlat byudjeti mablag‘lari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat 

birligini kiritish yo‘li bilan tashkil etilsin. 

 

Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy 



apparatda 

– 12 ta birlik, hududiy bo‘limlarda – 56 ta birlik miqdorida belgilansin. 

 

11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 



 

sudlar faoliyatini moddiy-

texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishni tashkil etish, 

shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; 

 

sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini 



ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni 

ko‘rish; 

 

sudyalar va sud appara



ti xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini 

yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 

 

12. Quyidagilar: 



 

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek 

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari va ijro apparati xodimlarining 

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lash razryadlari 1–3-ilovalarga muvofiq; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq; 



 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti 




 

 

markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5–6-



ilovalarga muvofiq; 

 

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimining tashkiliy-shtat tuzilmasi, O‘zbekiston 



Respublikasi Harbiy sudining tuzilmasi 7

–8-ilovalarga muvofiq; 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek 



tuman (shahar) ma’muriy sudlarining namunaviy tuzilmalari 9–10-ilovalarga muvofiq; 

 

fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 



sudlari, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining 

namunaviy tuzilmalari 11

–12-ilovalarga muvofiq; 

 

jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, 



shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining namunaviy tuzilmalari 13–14-

ilovalarga muvofiq; 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari, tumanlararo, 



tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining namunaviy tuzilmalari, tumanlararo, tuman (shahar) 

iqtisodiy sudlarining yurisdiksiya hududlari 15

–17-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining 



belgilangan umumiy soni doirasida tegishli sudlarning tuzilmalariga Kengash bilan 

kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin. 

 

13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda: 



 

harbiy sudlar tuzilmalari qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq 

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy 

xizmatdan bo‘shatish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilsin; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, 



okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari, 

transport vositalari, mebellar, komputer texnikalari va boshqa mulklarni O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin. 

 

14. O



‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: 

 

Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 



kengashi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston 

Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi 

Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha 

tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash 

haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy 



tajribani chuqur o‘rganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta 

tayyorlash, malakasini oshirishning 

yagona tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritilishini; 

 

Kengash bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan 



sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi 


 

 

qisqartirilayot



gan sudyalar va sud xodimlari hisobidan to‘ldirilishini; 

 

yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning 



hududiy bo‘limlari joylashtirilishini, mebel, komputer texnikasi va aloqa vositalari bilan 

jihozlanishini; 

 

Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga 



mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan ma’muriy 

sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, yangidan 

tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sudlarning 

apellatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini o‘zgartirgan yoki bekor 

qilgan taqdirda ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish 

bo‘yicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini 

ta’minlasin. 

 

15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 



Kengashi, viloya

tlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan 

birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini 

ta’minlasin. 

 

16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 



 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda 

tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va ro‘yxatdan 

o‘tkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni ta’minlash uchun ajratiladigan pul mablag‘larining 

qisqarishi

ni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar 

smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin; 

 

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda 



yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning 

hududiy bo‘limlari joylashtirilishi, mebel, komputer texnikasi va aloqa vositalari bilan 

jihozlanishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy 

mablag‘larning Jamg‘arma hisobidan ajratilishini ta’minlasin; 

 

ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan 



boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun 

zaru


r bo‘lgan byudjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin. 

 

17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston 



Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini 

ushbu Farmon va

zifalari va talablariga mos keladigan ma’muriy binoga joylashtirish bo‘yicha 

takliflar kiritsin. 

 

18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 



vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy 

texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy o‘rgansin hamda sud tizimi faoliyati 

samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot 

tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini 

tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin. 

 

19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-



tadbirlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida 


 

 

bajarilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–



4947-

sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 

to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq 

tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya 



zimmasiga yuklansin.

 

Download 327,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish