Boshqaruv
|
- faoliyat turi, funksiya;
|
Menejment
|
|
- jarayon;
|
|
|
- tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar;
|
|
|
- boshqaruv apparati yoki organi
|
|
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma).
1-chizma. Yuqori foyda olishning uch sharti.
Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘indisidir. Xarajat tarkibiga:
mahsulot (xizmat) tannarxi;
ma’muriy xarajatlar;
ijara va foiz to‘lovlari;
ish haqi;
soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g‘ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, uning narxi ham shuncha baland bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi:
resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;
ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning narxi shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo‘lganlar shuncha kam bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin.
Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, sodda qilib aytganda:
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qaror qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg‘otishdan iborat. Chunki hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o‘rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo‘ladi.
Bаrchаgа shu nаrsа аyon bo‘lmоqdаki, hаr bir fаоliyat sоhаsidа, dаvlаt bоshqаruvidаn tоrtib, jаmоаni bоshqаrishgаchа prоfеssiоnаl bilim tаlаb qilinаdi. Bоshqаruv murаkkаb fаn bo‘lib, o‘zining fundаmеntаl tоmоnlаri, uslublаri, tеlеfоndаn tоrtib, kоmpyutеrgаchа tеxnik vоsitаlаri bоr. Bоshqаruv sоhаsidа ishlаyotgаn hаr bir mutаxаssis ushbu uslub vа vоsitаlаrdаn fоydаlаnishni bilishi lozim. Bоshqаruv yuqоri mаdаniyat, kеng bilim vа ish tаjribаsini tаlаb qilаdi.
Shundаy qilib, bоshqаruv kеng mа’nоdа sаmаrаli nаtijаlаrgа erishish uchun kаm vаqt vа kuch sаrflаb bоshqаruv obyektigа (shаxs, jаmоа, tеxnоlоgik jаrаyon, kоrxоnа, dаvlаt) uzluksiz tа’sir etish jаrаyonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |