1. Korporatsiya tushunchasi. Xalqaro moliya korporatsiyasi


Xalqaro moliya korporatsiyasi



Download 39,57 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi39,57 Kb.
#823219
1   2   3
Bog'liq
davlat budjeti

Xalqaro moliya korporatsiyasi, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956-yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga XTTBning boshqaruvchilari va ijrochi direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar.
XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari XMKda 7 ta vitseprezident boʻlib, ular 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan.rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. XMK huzurida bank ishlari maslahat komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.
1961-yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986-yilda XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida oʻzining moliyaviy va boshqa xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi.
XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004-yilgacha jahonning 140 ta rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablagʻlarini yoʻnaltirgan.
2002-yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshib kelmoqda. 2002-yilda XMK Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi.
21-asr boshidan Oʻzbekistonda XMK ning "Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish boʻyicha loyiha"si amalga oshirilmoqda. 2002 yil oxirlarida XMK Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda "Uzbeklizing Interneshnl" kompaniyasiga 4,5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochdi.

Download 39,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish