1. Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyati Korrupsiya tarixi


Xorijiy mamlakatlar tajribasi



Download 42,26 Kb.
bet5/5
Sana14.07.2022
Hajmi42,26 Kb.
#800839
1   2   3   4   5
Bog'liq
mavzu

5.Xorijiy mamlakatlar tajribasi
Poraxo'rlikka qarshi har bir davlat o'z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo'lsa, yana qayerdadir bu illat "gullab-yashnash"da davom etadi. Keling, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi jahon tajribasiga nazar tashlaylik.
Singapur tajribasi
Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko'rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi.
Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo'lib, unga ko'ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to'liq shaffof bo'lishi ta'minlandi. Korrupsion aloqalar ildiz otmasligi uchun majburiy rotatsiya tartibi joriy etildi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o'rnatildi va turli byurokratik to'siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi.
Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta'minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko'rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi.
Singapur yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g'alaba qozonishni istagan inson o'z qarindoshlari va yaqin do'stlarini ham qamashga tayyor bo'lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo'lganidan dalolat beradi.
Xitoy tajribasi
Agar Singapurda korrupsiyachi amaldor ma'lum bir muddatga qamoq jazosini olgan bo'lsa, Xitoyda buning uchun bir umrlik qamoq yoki o'lim jazosi joriy etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2003 yildan beri bu davlatda 10 mingga yaqin mansabdor otuvga hukm qilingan, 120 ming nafari esa uzoq muddatlarga qamalgan. Ayrim holatlarda pora bilan ushlangan amaldorlarning qo'llari chopilgan.
Bundan tashqari, xitoyliklar pora olish illatiga qarshi kurashish bo'yicha maxsus kurslarga qatnashadi. Davlat xizmatchilari ruhiy va jismoniy mashqlar orqali aql va tanalarini sog'lomlashtirishadi. Shuningdek, Xitoyda onlayn-o'yin ishlab chiqilgan bo'lib, bu o'yinda foydalanuvchilar poraxo'r amaldorlarni butun qarindoshlari bilan qirib tashlashlari kerak bo'ladi.
Hongkong tajribasi
Xitoyning shundoqqina yonida joylashgan Hongkong ham korrupsiyaga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi - ilgari mamlakatning deyarli barcha davlat idoralari korrupsiya botqog'iga botgandi. Bu botqoqdan chiqish uchun quyidagi choralar amalga oshirildi: davlat amaldorlari barcha mulklari, avtomobillari va boshqa qimmatbaho buyumlarini halol yo'l bilan topgan mablag'lariga sotib olganini isbotlab berishi lozim. Agarda buni isbotlay olmasa, uni qamoq kutadi va barcha mol-mulki musodara qilinadi.
Ikkinchidan, 1974 yilda bu yerda "Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiya" tashkil etilgan bo'lib, komissiya ofitserlar hamda ziyolilar va biznesmenlardan tashkil topgan. Ular o'ta katta miqdorda maosh olishadi va faqatgina gubernatorga bo'ysunishadi.
Va nihoyat, Hongkong aholisi va OAV vakillariga poraxo'rlikka qarshi kurashish uchun keng imkoniyat berilgan - fuqarolar pora so'ragan amaldor ustidan komissiyaga shikoyat qilishi, jurnalistlar esa har qanday amaldor faoliyati yuzasidan tekshiruv o'tkazishlari mumkin. Natija esa hayratlanarli - 30 yil ichida poraxo'rlik darajasi 90 foizdan 3 foizga tushgan.

Daniya tajribasi


Daniyada qonunga so'zsiz itoat qilish, jamiyatning barcha a'zolari tomonidan axloq tamoyillariga rioya qilish jamiyatni samarali boshqarishning asosiy uslubi hisoblanadi. Ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida hamma birdek javobgar bo'lib, ma'muriy yoki jinoiy harakati uchun mas'uliyatdan hech kim qochib qutula olmaydi. Mashinasida tezlikni oshirgani uchun Daniya qirolichasining o'g'li, shahzoda Yoaxim jarima to'lagan va matbuotning keskin tanqidiga uchragan. Turmush o'rtog'i o'z fermasida xorijlik ishchilarni ro'yxatdan o'tkazmasdan ishlatgani uchun vazirlardan biri iste'foga chiqishga majbur bo'lgan.

Niderlandiya tajribasi


Niderlandiyada ham bu illatga qarshi kurashish uchun qator choralar ishlab chiqilgan. Pora bilan qo'lga tushgan amaldorga keyinchalik davlat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi, u barcha ijtimoiy imtiyoz va kafolatlardan mahrum etiladi.
Ehtimoliy poraxo'r amal kursisini egallamasligi uchun kadrlar tanlashning maxsus tizimi tashkil etilgan. Bundan tashqari, yirik muassasalarda mansabdorlar o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishlarining oldini olish uchun ularni kuzatib turadigan alohida ichki xavfsizlik tizimi mavjud.
Mamlakatda OAVga poraxo'rlik holati bilan bog'liq voqealarni keng yoritishga va surishtiruvlar o'tkazishga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, poraxo'rlik illati hech qachon soya solmagan mansabdorlar va o'z hamkasblarining xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilayotgani haqida xabar berganlar moddiy rag'batlantiriladi.

AQSH tajribasi


Qo'shma Shtatlarda ham korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e'tibor qaratilgan: poraxo'rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Qonunchilikka ko'ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul "sovg'a" qilishlari taqiqlangan bo'lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun ham taalluqli.
Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg'a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to'ldirishga majbur.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan (korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, YAngi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha.
Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.
O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash
O'zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo'shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Yevroosiyo guruhi to'g'risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.
O'zbekistonda 2017 yilning 4 yanvaridan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi.
Qonunga ko'ra, respublikada Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi. Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi.
Shuningdek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan.
Pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi.
Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Samarali kurashish uchun nima qilmoq kerak?
Albatta, bir davlat hududida qo'llanilgan chora va qabul qilingan qonunchilik boshqa davlatda ham xuddi ana shunday samara keltirmasligi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul qilinishi yetarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol ishtirok etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o'rtasida o'zaro hamkorlik kuchaytirilishi, sudlarning mustaqil va xolis bo'lishini ta'minlash, qonunlar parlament a'zolarining emas, balki mamlakat manfaatidan kelib chiqib qabul qilinishi, barcha davlat organlarida shaffoflik ta'minlanishi, ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish uchun xizmatlar imkon boricha elektron tizim orqali ko'rsatilishi, sog'lom raqobat muhiti shakllantirilishi kerak bo'ladi.
Oʻzbekistonda korrupsiya dinamikasi
Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi.
Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani idrok etish indeksi boʻyicha, 2010-yildan beri Oʻzbekiston har yili oʻz mavqeyini yaxshilab kelmoqda. 2019-yilda Oʻzbekiston 25 ball bilan 180 davlat ichida 153-oʻrinni egallagan, 2010-yilda esa u 16 ball bilan 172-oʻrinda turgan edi.
Transparency International xalqaro korrupsiyaga qarshi barometrining 2016-yildagi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi respondentlarning atigi 18 foizi pora bergani haqida xabar bergan va ularning atigi 23 foizi korrupsiyani mamlakatdagi uchta eng jiddiy muammolardan biri sifatida qayd etgan. Aholi soʻrovlariga koʻra, eng korrupsiyalashgan soha vakillari – yoʻl-patrul xodimlari (respondentlarning 17 foizi ularga pora berganligini tan olgan), taʼlim va tibbiyot xodimlari (respondentlarning 16 foizi buni tan olgan). Respondentlarning korrupsiya toʻgʻrisida xabar berishiga nima toʻsqinlik qiladi degan savolga, 39% ular bu savolga javobni bilmasliklarini aytishgan va ikkinchi eng keng tarqalgan javob “Salbiy oqibatlardan qoʻrqish tufayli” boʻlgan (17%).
Jahon banki korxonalar oʻrtasida oʻtkazgan soʻrovida firmalarga oltita turli bitimlar, jumladan soliqlarni toʻlash, ruxsatnomalar yoki litsenziyalar olish va davlat xizmatlariga ulanish boʻyicha pora berish taklif qilingan vaziyatni baholashga urinadi. Ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi vaziyat dunyo va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi oʻrtacha koʻrsatkichlarga qaraganda yaxshiroq. Masalan, Oʻzbekistonda soʻrovda qatnashgan barcha firmalarning atigi 6 foizi oʻz amaliyotida pora talab qilinishi bilan duch kelganligini taʼkidlagan, dunyoda bu koʻrsatkich 17 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida esa 11 foizni tashkil etadi
Jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalariga koʻra, “Ijtimoiy fikr” markazi baʼzi joylarda korrupsiya va poraxoʻrlik darajasi yuqori darajada ekanligini aniqlagan. Masalan, fuqarolar fikriga koʻra, 2018-yilda sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasi korrupsiya va poraxoʻrlikka eng koʻp moyil boʻlgan – buni respondentlarning 43,7 foizi qayd etgan. Keyingi yoʻnalishlar taʼlim (39,4%) va soliq sohasi (12,2%).
Xuddi shu markaz tomonidan oʻtkazilgan “Jamoatchilik fikri koʻzgusida korrupsiyaga qarshi kurashish” soʻrov natijalariga koʻra, 2018-yilda sogʻliqni saqlash tizimi, ishga qabul qilish jarayoni, oliy va xalq taʼlimi tizimi Oʻzbekistondagi eng korrupsiyalashgan sohalar qatoriga kiritildi. Soʻng quyidagi sohalar: sudlar, prokuratura organlari, Ichki ishlar vazirligi, soliq organlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati.
Oʻzbekistonda aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar davlat korxonalari va muassasalari, ichki ishlar organlari va banklar eng korrupsiyalashgan sohalar ekanligidan dalolat beradi. Ushbu joylarning aksariyati aholi tomonidan soʻrov davomida aniqlangan joylarga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, mansabdor shaxslar tomonidan 2013-yildan 2017-yilgacha sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar 43 foizga kamaygan, aynan prokuratura organlari tomonidan 2015-yildan 2017-yilgacha turli korrupsion jinoyatlar uchun 14 171 shaxsga (2015-yil – 6853, 2016-yil – 4524, 2017-yil – 2794) qarshi 8572 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (2015-yil – 3778, 2016-yil – 2860, 2017 – 1934).
Oʻzbekistondagi korrupsiya xavfi boʻlgan sohalar
Davlat xizmatlarini koʻrsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda boʻlgani kabi, Oʻzbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va taʼlim xizmatlarini yetarli darajada sifatli taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun odamlar oʻrtasida raqobat mavjud boʻlib, bu muassasalarda korrupsiya paydo boʻladi.
Tibbiy va taʼlim xizmatlaridan tashqari, Oʻzbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa koʻplab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sugʻorish tizimlari, asfalt yoʻllar, koʻpriklar, parklar va oʻyin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga qaraganda yuqori ekanligini koʻrsatishi mumkin, chunki davlat mablagʻlari boshqa maqsadlarda ishlatilgan boʻlishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi boʻlib pora berganlarga xizmat koʻrsatilish holatlarini jadallashtirishi mumkin.
Iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. Xoʻjalik faoliyati mexanizmlarini litsenziyalash va tartibga solish korxonalarga mansabdor shaxslarning “imtiyozli rejim”dan oʻz maqsadlarida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Natijada, “foyda”ni davlat amaldorlari bilan boʻlishish mumkin, ular oʻz navbatida litsenziya berish yoki savdo-sotiqni himoya qilishni oʻz zimmalariga oladilar. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 355 turdagi faoliyat turlari mavjud boʻlib, ularni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya talab etiladi. Bundan tashqari, faoliyatning 140 turi turli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Shu bilan birga, Davlat xizmatlari markazida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaat etuvchilar atigi 23 ta litsenziya va ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Qolgan 475 litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun ular tegishli davlat tashkilotlariga murojaat qilishlari kerak, bu qoʻshimcha xarajatlar, mablagʻlar va vaqtni talab qiladi. “Buyuk kelajak” ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, soʻrovda qatnashgan tadbirkorlarning 30 foizi litsenziyalar va ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish ular duch kelgan 10 ta asosiy muammolardan biri ekanligini koʻrsatgan.
Davlat sektorida resurslardan foydalanish ustidan nazoratning sustligi. Bugungi kunda davlat ulushi boʻlgan korxonalarning umumiy soni 2819 tani tashkil etadi, shundan 2000 tasida davlat 50% dan ortiq ulushga ega. Qoida tariqasida, davlat korxonalarida, xususiy sektorda boʻlgani kabi, xodimlarning korxona resurslaridan foydalanishi ustidan qattiq nazorat mavjud emas, bu esa korrupsiya va oʻgʻrilik uchun asos yaratadi. Eng koʻp davlat korxonalari kommunal xizmat, qurilish va xizmat koʻrsatish, ijtimoiy sohalar, turizm, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotganini hisobga olib bu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori ekanligini taxmin qilish mumkin.
Iqtisodiyotning koʻp tarmoqlari hukumatning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi. Investitsiyalarning umumiy hajmida davlat investitsiyalarining yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Davlat 37 turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi. Bugungi kunda xususiy sektorda 4 ishchiga davlat sektoridagi 1 ishchiga toʻgʻri keladi. Binobarin, rivojlanayotgan davlatlar sharoitida davlatning nazorat funksiyalarining katta qismi saqlanib qolinishi korrupsiyaning kuchayishi bilan birga keladi. Korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar sonining statistikasi shuni koʻrsatadiki, barcha daʼvolarning 71 foizi davlat muassasalari va korxonalar xodimlariga qarshi qoʻzgʻatilgan.
Korrupsiya haqida shingil faktlar
» Tarixchi Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi VI asrda hukmdorlik qilgan Eron shohi Kambiz Sizam ismli qozini pora olgani uchun terisini shilib olishni va u o'tirgan qozilik kursisini o'sha teri bilan qoplashni buyurgan. Qozilik lavozimiga esa poraxo'rlik nima bilan yakun topishini hamisha yodda tutishi uchun Sizamning o'g'li Otan tayinlangan;
» Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyo bo'yicha olinadigan bir yillik pora miqdori 1 trillion dollardan ortiqroqni tashkil etadi;

» Oligarx Mixail Xodorkovskiy korrupsiyani yadro qurolidan ham jiddiyroq xavf deb atagandi. Uning fikricha, terrorchilar yadro quroliga ega bo'lish uchun kerakli odamlarni pora bilan sotib olishlari kifoya qiladi


Yana o'sha Jahon bankining bildirishicha, poraxo'rlikka qarshi faol kurash olib boriladigan mamlakatning yalpi ichki mahsuloti bir yil ichida 5 baravarga oshar ekan;
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. SHunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda quyidagi masalalarni e’tiborga olish lozim deb hisoblaymiz:
· korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish;
· Korrupsiyaga qarshi tarbiyani oiladan boshlash va ta’limning barcha bosqichlarida uzuluksiz olib borish;
· har bir sohada korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
· har bir davlat organida o‘z xodimlarini korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash;
· har bir sohada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlarga barham berishga erishish;
· jamiyatda korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korrupsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;
· har bir sohada korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish;
· ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriy-byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
-davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash;
· davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nazorat qilishning masofaviy shakllari-ni keng joriy etish asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar berish;

· Har bir sohada o‘zining xususiyatidan kelib chiqib, “Axloq-odob qoidalari”ni tasdiqlash, mazkur qoidalarning alohida bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni belgilab qo‘yish;

· Har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarni tashkil etish xodimlarning bu sohadagi javobgarliklarini ichki lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yishda yuridik xizmat rolini oshirish korrupsiyani oldini olish ishlarini samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish kerak?


Korrupsiyani yoʻq qilish uchun avvalambor davlatning iqtisodiyotga keraksiz aralashuvini kamaytirishga, davlat muassasalarida ishchilar sonini optimallashtirishga yoʻnaltirilgan bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan strategiyani ishlab chiqish kerak, bu esa keyinchalik ushbu tashkilotlarda ish haqining oshishiga olib keladi. Kelgusida quyidagi yoʻnalishlarda korrupsiyaga barham berishda kompleks yondashuv boʻyicha samarali choralar koʻrish maqsadga muvofiqdir.
Bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:
Bosh prokuratura;
Davlat хavfsizlik хizmati;
Ichki ishlar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Qonun bilan yuqorida sanab oʻtilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
Bundan tashqari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etiladi.
Ushbu organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi aхborotni yigʻish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy meхanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaхshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Malakali ishchilarni tanlash. Bilim darajasi va korrupsiya oʻrtasida yaqin bogʻliqlik mavjud. Malakaliroq ishchilarning pora olish ehtimoli kamroq. Bunday sharoitda xodimlarni oʻz bilimlari asosida yollashga yondashuv korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vosita boʻlishi mumkin. Shuning uchun davlat xizmatiga kirishga daʼvogarlarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va ochiq tanlov imtihonlari tizimini joriy etish zarur. Masalan, Janubiy Koreyada hukumat vaqti-vaqti bilan davlat xizmatchilarini tekshiradi. Davlat xizmatchisining 5-darajasini olish uchun imtihon uch bosqichdan iborat. Birinchi qadam nomzodlarning umumiy bilimlarini sinab koʻrishdir. Imtihonning ushbu bosqichining predmetlari huquq, tarix, chet tili va boshqalar. Ikkinchi bosqich nomzodlarning kasbiy bilimlarini sinab koʻrishdir. Har bir professional guruh turli predmetlarni bilishni talab qiladi, ammo iqtisodiyot va huquq umumiy fanlardir. Uchinchi bosqichda nomzodning shaxsiy xususiyatlarini tekshirish uchun suhbat oʻtkaziladi.
Xodimlarning motivatsiyasi (ish haqi). Nafaqat iqtisodiy nazariya, balki amaliyot shuni koʻrsatadiki, ish haqi darajasi korrupsiya sxemalarida ishtirok etishning afzalliklari bilan taqqoslanadigan, qoʻlga tushish xavfini hisobga olmaganda, korrupsiyaning oldini oluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, davlat xizmatchilariga xususiy sektor bilan raqobatdosh ish haqi taklif qilinishi kerak. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini baholash tizimi va yuqori lavozimdagi ishchilarga ularning faoliyati samaradorligiga qarab maosh toʻlash tizimini joriy etish zarur.
Jazo (obroʻ, jarimalar). Korrupsiya sxemalarida ishtirok etish xarajatlarining kamligi sababli, korrupsiya faolligi oʻsmoqda. Korrupsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korrupsiyani yengishda alohida rol oʻynashi mumkin, chunki koʻp hollarda xodim uchun korrupsiya xarajatlari uning asoratlaridan kattaroqdir.
Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati). Koʻpgina davlatlar “pora berish” orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Buxgalterlar va auditorlarning global korrupsiyaga qarshi strategiyaga qoʻshadigan hissasini muhokama qilish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi “Buxgalteriya ishi va korrupsiyaga qarshi kurashish” maʼruzasini eʼlon qildi. Yevropa Kengashining Korrupsiyaga oid Jinoyat huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasi mamlakatlardan har qanday davlatning mansabdor shaxslariga vaʼda berish, taklif qilish yoki biron-bir asossiz ustunlik berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini qoʻllagan holda davlat xizmatchilarining poraxoʻrligi bilan bogʻliq xatti-harakatlar toʻgʻrisida qasddan notoʻgʻri taqdim etilgan deb hisoblanishi kerak.
Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati). “Elektron hukumat”ning toʻlaqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat oʻrtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Masalan, Singapurda koʻplab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tugʻilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni toʻldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy tarz sifatida qabul qilinadi. Shuni taʼkidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima solinadi.
Download 42,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish