1-Laboratoriya ishi


Tajriba olib borishda ko`riladigan ehtiyot choralari



Download 17,62 Kb.
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi17,62 Kb.
#98333
1   2   3
Bog'liq
1 tajriba (4)

Tajriba olib borishda ko`riladigan ehtiyot choralari

Kimyoviy laboratoriyalarda olib boriladigan ishlar va qo’llaniladigan reaktivlar kishi organizmi uchun ma’lum darajada zararlidir. Shuning uchun laboratoriyada ishlaganda quyidagi ehtiyot choralari qoidalariga amal qilish kerak:

1. Zararli va qo’lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili shkafda bajaring.

2. Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqindan turib hidlamang. Agar gazni hidlash lozim bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon ohista yelpib, hidlang.

3. Kuchli kislotalarni ayniqsa konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga quymasdan, kislotani suvga idish devori orqali jildiratib ohista quying.

4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qo’lingizga sachramasin.

5. Suyuqlik qizdirilayotganda uning holatini kuzatish uchun idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin.

6. Probirkaga biror modda, ayniqsa, suyuq holdagi modda solib qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratmang.

7. Ko’z va qo’lingizga biror kimyoviy modda sachrasa zararlangan joyni darxol suv bilan yuvib tashlang.

8. Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashmasi portlovchi bo’ladi. Shuning uchun vodorod va shunga o’xshash gazlarni yoqishdan oldin ularning tozaligini sinab ko’rish kerak.

9. Simob va uning bug’i o’ta zararlidir. U bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim.

10. Simob va shunga o’xshash zaharli moddalar bilan ishlagandan so’ng albatta qo’lingizni yuvishni unutmang.

11. Suvli eritmalar va umuman suyuqliklarning mazasini tatib ko’rish qat’iy man etiladi.

12. Oson o’t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda yoki maxsus mo’rili shkafda olib borish lozim.

13. Benzin, spirt, efirlar bilan ihlayotganda o’t chiqib qolsa hech vaqt suv bilan o’chirishga urinmang. Bunday alangani qum sepib yoki maxsus vositalar yordamida o’chirish lozim. Ularni o’tga yaqin keltirish yoki ochiq alangada isitish mumkin emas.

14. Terining biror joyi kuyib qolsa, u yerni kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan ho’llang va tegishli surkama moydan surkang. So’ng albatta vrachga murojaat qiling.

15. Laboratoriya mashg’uloti tugagach, ish stolini tartibga solish, gaz va vodoprovod jumragini berkligini hamda elektr asboblarini o’chirilganligini albatta tekshirishni unutmang.

Pipetkaiar. Suyuqliklarning hajmini juda aniq o'lchab olish uchun pipetkaiar ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida boiib, pastki qismi cho'zilgan boiadi (4, a-rasm). Pipetkaning pastki qismi teshigi diametri - 1 mm. Pipetkaning keng joyidan yuqorirog'ida belgisi bo'ladi, suyuqliklar sbu bel-gigacha olinadi. Ko'pchilik hollarda 5,10 va 20 ml li pipet-kalardan foydalaniladi. Yuqorida tasvirlangandan tashqari, har xil hajmdagi suyuqliklarni o'lchashda nay ko'rinishida dara-jalangan o'lchov pipetkalari ham ishlatiladi (4, a, b, d-rasm).

Byuretkalar. Byuretkalar (5-rasm) har xil hajmli suyuq­liklarni quyib olish uchun mo'ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bo'lib, sirtqi tomoni darajalarga bo'lingan. Odatda, 25—50 ml li va millilitrning o'ndan bir qismigacha darajalangan byuretkalardan foydalaniladi. Byuretkaning pastki qismida suyuqliklarni quyib olish uchun jo'mrak yoki maxsus moslama o'rnatilgan bo'ladi. Byuretkalar asosan titrlashda ishlatiladi.

Laboratoriyada gaz moddalarni olish uchun Kipp appa-ratidan foydalaniladi (7-rasm). Kipp apparati o'rtasi tor sharsimon idish (1) va sharsimon voronka (2) dan iborat. Shar-simon idish (1) ga gaz hosil qiluvchi modda solinadi. Voronka (2) ga suyuqlik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish (1) ning pastki qismiga o'tadi, so'ngra uning o'rta qismiga ko'tariladi.

Qattiq modda bilan suyuqlik bir-biriga tegishi natijasida reaksiya boshlanadi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan gaz appa-ratining jo'mrakli gaz chiqarish nayi orqali yig'gichga o'tadi. Jo'mrak berk turganda, ajralib chiqayotgan gazning bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to'xtaydi. Ishlatilib bo'lgan suyuqlik idishning pastki qismidagi tubusdan chiqarib yuboriladi. Gazlarni saqlash uchun gazometrlar ishlatiladi. Gazometr gaz saqianadigan katta idishva voronka dan iborat. Gazometrga gaz to'Idirishdan oldin va jo'mraklar ochiladi va voronka orqali suv bilan to'ldiriladi. So'ngra jo'mrakni berikitib, tubusdan tiqin olinadi va tubus orqali gaz olinadigan asbobdagi gaz chiqartivchi nay uchi tubusga kiritib qo'yiladi. Suv tubusdan biror idishga quyib olinadi. Gazometr gaz bilan toigandan keyin, tubus teshigitiqin bilan berkitiladi va voronkaga suv quyiladi. Gazometrdan kerakli gaz olish uchun jo'mrak batamom jo'mrak esa sal ochiladi. Suv voronkadan gazometrga tushganda undagi gazni jo'mrak orqali yig'gichga siqib chiqaradi. Kerakli hajmdagi gaz olingandan keyin va jo'mraklar berkitiladi.

Shisha idishlar bilan bir qatorda laboratoriyada chinnidan yasalgan idishlar ham ishlatiladi

Laboratoriyada ishlatiladigan hamma moddalar oz yoki ko'p darajada zaharli ekanligini talabalar esdan chiqar-masliklari lozim.

Ishni bajarishda biror tushunmovchilik Uig'ilsa, ishni to'xtatish va o'qituvchiga yoki laborantga murojaat qilib, keyin davom ettirish lozim.



Simob metali va Lining bug'i kuchli ta'sir qiluvchi za-hardir. Shuning uchun, simobli asboblar, simobli termometrlar singanda to'kilgan simobni yig'ib olish shart. Simob to'kilganligi haqida o'qituvchiga va laborantga albatta xabar berilishi kerak.

Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritma-larini hamda oson bug'lanuvchan suyuqiiklarni pipetkaga og'iz bilan tortib olish mumkin emas.
Download 17,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish