1-laboratoriya mashg‘uloti



Download 0,77 Mb.
Sana11.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#654726
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI



TOKKA TUSHGAN VA JABRLANGAN SHAXSLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH USULLARI


Ishning maqsadi: Talabalarga tokka tushgan va jabrlangan shaxslarga shifokor kelguniga qadar birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rgatish hamda talabalarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirish.


Umumiy ma’lumotlar


Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:

  1. Tok ta’siridan qutqarish;

  2. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;

Tok ta’siridan qutqarish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. Hammadan oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.



1.1-rasm. Elektr uskunasini o’chirish yo’li bilan jabrlanganni tok ta’siridan ozod qilish.

Agar buni iloji bo’lmasa (masalan o’chirgich qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V-dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini dastagi yog’ochli bo’lgan bolg’alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V-dan ortiq bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.


Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo’qotmagan bo’lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo’qotgan ammo nafas olishi va yurak sistemasi ishlayotgan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.




1.2-rasm. Elektr toki ta’siridan jabrlangan odamni kiyimi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish.

1.3-rasm. Elektr toki ta’siridan jabrlangan odamni sun’iy nafas oldirish.


Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.


Klinik ulim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqarib olish bilan, uning holatini aniqlashi bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish "og’izdan-og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam kursatuvchi kishiga o’z upkasini toza havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning upkasiga bu toza havoni yuboriladi. Kishi o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishla­shi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo’lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zi ochib tozalanadi. Havo o’tish yo’lini ochish uchun boshini bir qo’li bilan peshonasi aralash ko’tariladi, ikkinchi qo’l bilan og’zidan tortib, og’zini bo’yni bilan taxminan bir chiziqda keltiriladi. Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitishi kerak.




1.4-rasm. Jabrlangan odamni ko’krak qafasi masaj qilish

Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi kishi boshini ko’tarib yana o’pkasini havoga to’ldiriladi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi massiv ravishda nafas chiqazadi. Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastrumol va trubka orqali ham bajarish mumkin.
Agar jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga moslab bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.


1.5-rasm. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.


Qorin bo’shlig’idan ko’krak qafasiga o’tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo’lni bir-biri ustiga to’g’ri burchak shaklida qo’yib, jarohatlangan kishi ko’krak qafasini tana og’irligi balan ma’lum miqdorda kuchni moslab bosila­di. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo’lishi kerak. Bun­da ko’krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi.


Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko’rsatuvchi bir kishi bo’lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko’krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligini uning pulsini tekshirib bilsa bo’ladi. Buning uchun yuqoridagi muolajalarini 2-3 sek-ga to’xtalib pulsi sanab ko’riladi.
Agar reanimasion chora - tadbirlar samarali o’tkazilsa (to’sh suyagi bosilganda yirik arteriyalarda puls aniqlansa, ko’z qorachig’lari toraysa, teri qatlamlarining va shilliq pardalarning ko’karganligi kamaysa), jabrlanuvchida nafas olish va yurak faoliyati tiklanadi.
Organizm jonlanishining (mustaqil nafas olishi, ko’z qorachig’larining torayishi, jabrlanuvchi qo’l oyoqlarini qimirlatishga harakat qilishi alomatlari paydo bo’lib, uzoq vaqt davomida pulps aniqlanmasa, bu yurak fibrillyasiyasidan dalolat beradi. Bu hollarda tibbiyot xodimlari qaramog’iga topshirilishiga qadar jabrlanuvchiga nafas oldirish va yuragiga massaj qilish muolajalarini davom ettirish zarur.



Nazorat savollari


1. Jabrlanuvchiga yordam ko’rsatish qachondan boshlanishini tushuntiring.


2. Elektr uskunasini o’chirish yo’li bilan tok ta’siridan ozod qilishni aytib bering.
3. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlangan shaxsni tok tapsiridan ozod qilish usullarini ayting.
4. Tutashuv tokini yerga yeyilish zonasida xarakat qilish jarayonida qanday ximoya vositalaridan foydalaniladi va qanday xarakatlanish kerak.
5. Yuqoridagi topshiriq natijalarini xulosa qismiga yozing.
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish