1. Mahsuldor qatlamning ochilish



Download 186,46 Kb.
bet7/8
Sana01.01.2022
Hajmi186,46 Kb.
#296733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A

1-rasm. Quduq tubi konstruksiyasi.
Bu usul quduqning har qanday qalinligi bo’yicha mahsuldor qatlam uchastkasini tanlab umumlashtirishga va u orqali qatlam suyuqligi oqimini olish, quduq tubi zonasida kollektorlik xossasini yaxshilash va uning oqimini jadallashtirish imkoniyatini beradi hamda bir vaqtning o’zida kollektorlik xossalari, tarkibi yoki ularni suyuqlik bilan to’yinganlik xossalari bir-biridan farq qilganda qatlamlarning bir nechta uchastkasini alohida ishlatish mumkin.

Bu usulning amalda kamchiliklari ham mavjud.



Birinchidan yuvuvchi suyuqlikning tarkibini va zichligini mustahkamligi, qatlam bosimining anomallik koeffitsiyenti va faqat mahsulor qatlamdan tashqari yuqorida joylashgan qatlam qalinliklarining hammasini va mustahkamlash kolonnasi tushirilmagan qatlamlarni yutilish bosimining indeksi hisobga olinadi. Shuning uchun yuqorida joylashgan qatlamlarning anomallik koeffitsiyenti mahsuldor qatlamnikidan



Agar mahsuldor qatlamni burg’ilash uchun narxi yuqori maxsus suyuqlikdan foydalanilganda, yuqorida ko’rib chiqilgan usullarga nisbatan uning iste‘mol hajmi va narxi katta bo’ladi. Ikkinchidan mahsuldor qatlam amalda tamponaj eritmalari bilan ifloslanishi mumkin chunki, burg’ilash jarayoniga nisbatan sementlash jarayonida ortiqcha bosim yuqori bo’ladi.

Uchinchidan bu usul – sementlanmagan va kuchsiz sementlangan kollektorlarni mustahkamligini va butunligini ta‘minlamaydi;

-oqimni olish uchun hosil qilingan depressiya bosimining ta‘sirida kollektor buziladi va quduqqa qatlam suyuqligi bilan birgalikda parchalangan mahsulotlarni ya‘ni, qumlarni va juda silliq illi zarrachalarni olib chiqadi.

Ba‘zida mahsuldor qatlamlarni tamponaj eritmalari bilan ifloslanishini oldini olish uchun 1-rasm, v – da ko’rsatilgan ochish usullari qo’llaniladi. Oldingi usullardan farqi ishlatish kolonnasining pastki qismiga oldindan frezerlangan yoriqli quvurlar tushiriladi va quduqda mahsuldor qatlamning shipidan yuqori qismi semenlanadi. Bu usulni faqat birinchi ikkita holatlarda qo’llash mumkin. Yuvuvchi suyuqlikning tarkibi va zichligi uchinchi usulda ko’rib chiqqanimiz kabi tanlanadi.

Qatlamlarni birlamchi ochishda 1–rasm, d –da ko’rsatilganini qo’llash. Mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan tog’ jinsining qalinligini burg’ilashni boshlaguncha u mustahkamlash kolonnasi bilan mustahkamlanadi va quvurning orqa halqasi sementlanadi. Qatlam burg’ilangandan keyin quduqqa ichma-ich (yashirin) mustahkalash kolonnasi tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin ikkilamchi ochishning birorta usuli qo’llanilib mustahkamlash quvuri va sement halqasi teshiladi, qatlam va quduq tizimida gidrodinamik aloqa o’rnatiladi hamda qatlam suyuqligi olinadi. Agar yashirish kolonnaning pastki oralig’i quduq tubidan to kesimgacha sementlanganda ya‘ni, mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan

(100 – 300 m. oralig’i) qismi sementlanganda eng oxirgi tamponaj eritmaisning ta‘sirida to’liq ifloslanishining oldi olinadi.
Qatlam suyuqligi filtratsiyalanadigan stvol yuzalarini kattalashtirganimizda quduqning debiti oshadi. Filtratsiyalanish yuzalarini oshirishning bir nechta usullari mavjud. Ulardan biri – asosiy quduqdan mahsuldor qatlamga kiruvchi bir nechta yon stvollarni qirqish yo’li bilan debit oshiriladi. Yon stvolni qirqish qatlam faqat bir suyuqlik bilan to’yinganda va mustag’kam joylashgan tog’ jinslarida amalga oshiriladi.

Xulosa

Neft va gaz qazib olishda shubhasiz qatlam haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish muhim sanaladi. Qatlamning kollektorlik xususiyatiga ega bo’lishi, qatlamdagi darzliklar, g’ovakliklar va qatlamning o’tkazuvchanlik qobilyatini o’rganib chiqish kondagi quduqlarni ishga tushirishda muhim rol o’ynaydi. Ularning to’liq o’rganilishi quduqni ishga tushirishni osonlashtirish bilan birga, quduqdan qazib olinayotgan mahsulotlarning kunlik debitini hisoblash, va uni oshirishga yoki debitning kamayish sabablarini o’rganishga katta yordam beradi. Aynan shuning uchun ham quduqni ishga tushirishda qatlamning kollektorlik xususiyatlarini to’liq o’rganib chiqish zarur.




Download 186,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish