1. Maktabgacha Tarbiya yoshidagi bolalarning mehnat tarbiyasi



Download 85 Kb.
Sana05.06.2023
Hajmi85 Kb.
#949002
Bog'liq
1. Maktabgacha Tarbiya yoshidagi bolalarning mehnat tarbiyasi


Reja:
I.Kirish:

II.Asosiy qism:

1. Maktabgacha Tarbiya yoshidagi bolalarning mehnat tarbiyasi.
2. Bolalarning jamoa bo'lib mehnat qilishi
3. Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi.

III.Xulosa



IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Mehnat tarbiyasi –bolalarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek muayyan ijtimoiy foydali harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.Mehnat tarbiyasining maqsadiBolalarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirish, shuningdek mehnat orqali bolani har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy –axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularda mehnat qilish xohishini singdirish ham alohida ahamiyatga ega.Mehnat tarbiyasining vazifalariYosh avlodda mehnat tarbiyasini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning tirli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlashTarbiyalanuvchilarda mehnat istagini jamiyat manfaatlari yo’lida mehnat qilishga ehtiyojni hosil qilish .MTM da mehnat tarbiyasi ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:1. Bolalarni o’zlarini mehnatga o’rgatish2.Kattalar mehnati bilan tanishtirishKattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:Har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati.Mehnat ahli o’rtasidagi ijobiy munosabatHar qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirishMehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirishMehnatning maqsadi uning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirishMehnat materiallarini tanlashga o’rgatishJihozlash ya’ni mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan asboblarni tayyorlashBolalarning o’zlarini mehnatga o’rgatish esa har bir inson uchun zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi:O’z o’ziga xizmat qilish – Bolalar mehnatining har bir turi bo’lib unda bolalar ilk yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanish, yuvinish , kiyinish, o’yinchoqlarni yig’ishtirib quyishga o’rgatiladi . O’z o’ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi.Tabiatdagi mehnat.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib , o’simlik va hayvonlar , yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnatsevarlikni tabiatga ehtiyotkorona munosabatlarni tarbiyalashda muhim sanaladi. Mehnat qurollari bilan tanishtirish ham tabiatdagi mehnat bilan bog’liq tarzda olib boriladi.
Xo’jalik maishiy mehnat Bolalar bog’chasida va oilada olib boriladi . Uning mazmuni har xil bo’ladi:
Xona va bog’cha maydonchasini yig’ishtirish, choy idishlarni, idish tovoqlarni yig’ishtirish, qo’g’irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotlarga kerakli materialarni tayyorlab quyish, mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib quyish.
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.
Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.
Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bog‘cha yoshidagi bolada mehnat ko‘nikmalarining shakllanishi
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.

Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim.


Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.
Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.
Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi.
Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga eriilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qonoqish hissini sezadilar. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar o‘yin obrazi orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o‘rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikma, malakalari shakllanib boradi.
Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta’siri

Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatlaridir.


Faoliyat turlarining o‘zi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bo‘lagidir. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirayotib bola faollik ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar.
Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi.
Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar.

2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.


Bola jamoada o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning ko‘rsatmasisiz, mustaqil harakat qilishini xohlaydilar. Bolada xulq-atvor sababining paydo bo‘lishi va uni o‘z xohishiga bo‘ysundira olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va mustaqillik kattalar ta’sirida uyg‘otilgan bo‘lsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda bolalar ongliligining roli ortadi, u ba’zan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi.
Bu davrdagi bolaning asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yinda bolalar tarbiyachining rahbarligida har xil harakat usullarini, narsa va buyumlar to‘g‘risidagi bilimlarni, ularning sifat va xususiyatlarini bilib oladilar. Bolalar, shuningdek fazoviy, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlik, tenglik kabi tushunchalarni ham egallab boradilar.
Birgalikda bajariladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar, ularning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati bilan bir qatorda faoliyatning amaliy shakllari ham rivojlana boshlaydi: rasm yopishtirish, narsalar yasash va hokazo. Bular bolalarda xayolni, amaliy tafakkurni, badiiy qobiliyatni, ijodkorlikni rivojlantirishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Muntazam ravishda berib boriladigan mehnat topshiriqlari bolalar faoliyatini ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirishga, ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanishiga, mehnatdan kelgan umumiy natijadan quvonish kabi sifatlarni tarbiyalashga olib keladi.
amoa so‘zi lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, omma, birlashma, yig‘ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan.

Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko‘pchilikning afzalligi haqida payg‘ambarimiz S.s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. Tangri ummatlarini faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi», - deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tushganda albatta xal, qarindosh-urug‘ madadkor bo‘ladi. Buni biz uruf-odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin. M: hasharotlar, to‘yga to‘yona bilan kelish va hakazo.


SHaxsni shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan jamoa to‘g‘risidagi ta’limot ahloq tarbiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so‘ng birgalikda Biron ishni bajarishga tortish kerak. Bunda qo‘yilgan maqsad bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo‘lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o‘rni kattadir.
Bolalar o‘yinlari va mehnatining jamoa tusida bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga xarakat qilishga, o‘z intilishlarini umumiy maqsadga yo‘naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va xarakatiga bo‘y sungan holda boshqarishga o‘rgatadi.
Bola yoshligan boshlab, o‘zida boshqalar bilan bolalar jamoasi bilan muloqotda, birgalikda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. YAshab turgan joydagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o‘z xoxishi bilan bormaydi. SHunga qaramay bola bu jamoaning qonun-qoidalariga bo‘y sunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks xolda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o‘zi yashayotgan ahloq,, odob tadribalarini egallashga majbur bo‘ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan baxramand bo‘lishlarini tavsiya etadi.
Bolalar o‘zaro yashayotgan jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ularni jamoa a’zolari xurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar jamoasining faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi.

Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo‘shiladi, ammo barqaror bo‘lishadi.


Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi, mashg‘ulotlarida ham sust bo‘lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va yordam berish zarur.
Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat e’tiborli bo‘lishi va pedagogik sharoit bilan yondashishi talab etiladi.
Jamoatchilikning tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni takomillashtirish.
Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni shakllantirish.
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan ahloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi ahloq normalari va qoidalari o‘rgatish asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi etishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng muhimi boshqalarga ko‘rsatishgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish.
Kamtarlik, to‘g‘rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash.
Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir.
Ba’zi bolalar o‘zlari to‘qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko‘rgandek qilib ko‘rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to‘qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
SHanday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ahloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg‘ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminal-chilik his-tuyg‘ulari asosini shakllantirishda qardosh jumxuriyat-larda yashaydigan har bir millat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish; maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, diafilmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risidagi xikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi.
9.6 Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar:
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart – sharoitlar zarur.
- Bog‘cha xodmlarining aql jamoasi mavjud bo‘lishi
- Bolalar xayotini to‘g‘ri tashkil etish
- O‘yinchoqlarning bolalar yoshiga qiziqishiga mos kelishi
- Bolalarda o‘zaro axillik, g‘amhurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar
- har hil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish
- Oila bilan mustaxkam aloqa o‘rnatish.

- Bolalarni ahloq norialari va qoidalarga o‘rgatib borish


- Bolalar muassasalarida ijobiy hayrxoxlik muxitini yaratish
har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlariga raxbarlik qilish «Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan dasturda xar bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan.
Bog‘cha yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasi
Maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Bolalarning o‘zlarini mehnatga o‘rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Mehnat qilish muntazam ravishda bo‘lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa, kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni quyidagi mehnat turlariga jalb qilib boriladi:
O‘-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiat kuchog‘idagi mehnat, qo‘l mehnati.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish 0 bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar ilk yoshdan boshlab, mustaqil ovqatlanishga, echinib-kiyinishga, o‘yinchoqlarini yig‘ib qo‘yishga o‘rgatiladi. Bolalar mehnatining bu turi bolalarni tartibli, intizomli, odobli bo‘lishga undaydi. Mustaqillik sifatlari rivojlanadi.
Bolalar xo‘jaligi – maishiy mehnatga bolalar bog‘chasida va oilada o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotdan so‘ng stol ustidagi buyumlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirish va hakazolar misol bo‘la oladi.
Tabiatdagi mehnat – bolaning har tomonlama rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning bu turi orqali bolalar tuproqni ekin ekinshga tayyorlash, ko‘chatni o‘tkazish, hayvonlarni parvarishlash kabi malakalarni egallab oladilar.
Qo‘l mehnati - mashg‘ulot, o‘yin, mehnat faoliyati uchun bolalarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan buyumlari.

Qo‘l mehnati orqali bolalarda ijodkorlik, topog‘onlik, bilimdorlik hislatlari o‘sadi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning mustaqil mehnatini tashkil etishing ikki shaklidan: yakka tartibdagi mehnat va jamoa tartibdagi mehnatdan foydalaniladi. Tarbiyachining vazifasi – bolalarni tarbiyalash maqsadida ularning imkoniyatlarini eng ko‘p darajada ro‘yobga chiqarishdir.
YAkka tartibdagi mehnat. – turli maqsadlar bilan amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda u tarbiyachi tomonidan bolalardan kimdir ta’lim beruvchi mashg‘ulotda qatnasha olmagan yoki o‘z shaxsiy xususiyatlari tufayli biror mehnat jarayonini o‘zlashtira olmagan takdirda tashkil etiladi. Tarbiyachining vazifasi bolaga mehnat jarayonini yaxlit yoki uning eng ogir qismini bajarishini o‘rgatishdan iborat. YAkka tartibdagi mehnat bola mazkur mehnat jarayoniga qiziqish bildirib, uni xatosiz bajarishini o‘rganishga imntilganda uning tashabbuskori bo‘lib, maydonga chiqganda yuz beradi. M: 5 yoshli qizaloq tarbiyachidan o‘zini ertaga navbatchi qilib tayinlashini so‘rab murojat qiladi: «Men qoshiklarni taxlashni o‘rganib olaman. Bugun yanglishib, ularni noto‘g‘ri taxladim. Ertaga albatta ularni to‘g‘ri joylashtiraman». Bu o‘rinda mehnatga raxbarlik qilish hali o‘zlashtirib olinmagan mehnat usullarini shakllantirishga qaratiladi. Ko‘p hollarda tarbiyachi maslaxat berishdan, o‘z - o‘zini nazorat qilish, mehnat usullarini eslatishdan foydalanadi. Katta guruhlardagi yakka tartibdagi mehnat u yoki bu mehnat jarayonlariga qiziqishining shakllanish ko‘rsatgichi bo‘lib qoladi. Bolalar jonvorlarni parvarish qiladilar, o‘yinchoqlar yasaydilar, biror narsa tikadilar. Umuman o‘z tashabbuslari bilan o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mehnat turlari bilan shug‘ullanadilar.
Bolalarni jamoa bo‘lib mehnat qilishini maktabgacha yoshdayoq kuzatish mumkin. Jamoa mehnatiga quyidagi hususiyatlar xosdir: umumiy maqsad, ishlovchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti, mehnatning jamoa natijasi, mehnat ishtirokchilarining umumiy ma’suliyati, ularning bir biriga bog‘liqligi. Jamoa mehnatining eng oddiy turi umumiy mehnat bo‘lib, u bolalarni ikki jihatdan birlashtirish bilan ajralib turadi, u ham bo‘lsa – umumiy maqsad va mehnatning umumiy natijasidir. Mehnat jarayoni xudi yakka tartibdagi kabi kechadi. M: Har bir bola bittadan o‘simlikni artadi, umumiy yakunida esa hamma o‘simliklar toza bo‘ladi. Natijalarni yagona mehnat natijasi qilib umumlashtrish har kimga o‘zi ishlayotgan jamoa a’zosi qilgan ishiga bog‘liqligini tushunish imkonini beradi. Biroq bolalar tegishli mehnat jarayonini o‘rganib olganlaridan keyingi umumiy mehnati joriy qilish mumkin.

Umumiy mehnat tarbiyachining umumiy maqsadini quyishgdan, umumiys ish hajmini belgilashdan, nima uchun mehnat bolalar guruhi tomonidan bajarilishi mumkinligini tushuntirishdan boshlanadi. «Bizning ishimiz ko‘p, qo‘g‘irchoqni hamma idishlarini yuvishlarimiz kerak. Har kim bittadan buyumni yuvsa, hamma idishlar toza bo‘ladi».


So‘ngra bolalar o‘z ish o‘rinlarini mustaqil tashkil etadilar: zarur mehnat jihozlarini tanlab oladilar, ularni qulay qilib joylashtiradilar. SHundan keyin mehnatga kirishi uchun ruxsat so‘raydilar.
Mehnat jarayonida tarbiyachi bolalarning ishini nazorat qiladi, qo‘shni jamoadagilar diqqatini natijaning sifatida qaratadi. Agar kerak bo‘lsa ulardan maslahat so‘raydi. Mehnatni tez uddalagan bolalarga YAna bita buyum yuvishni taklif etish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik qilishi. Navbatchilik kundalik mehnatning bir turi sifatida, bolalar mehnat mashg‘ulotlarida tegishli mehnat jarayonlarini bajarishni bilib olganligidan keyin joriy etiladi. Navbatchilik vaqtida bolalarning mustaqil mehnat faoliyati takomillashadi. Uning ijtimoiy yo‘nalishi va sababi chuqurlashadi, chunki navbatchining ishi kattalarga yordam berishga, bolalar ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Navbatchilik vaqtida bolalarda topshirilgan ish uchun ma’suliyat, odamlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish, mehnat vazifalarini bajara olish odati tarkib topadi. Navbatchilik turlari «Bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida» belgilab berilgan bo‘lib, bularga oshxonada, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda navbatchilik qilish turlari kiradi.
Oshxonada navbatchilik - o‘rta guruhda yil boshidan, mashg‘ulotlarda navbatchilik - o‘rta guruhda yilning ikkinchi yarmidan, tabiat burchagidagi navbatchilik – katta guruhda joriy etiladi.
Mehnat bolalarga quvonch bag‘ishlaydigan qilib rejalashtirilishi, u ma’lum izchillik bilan amalga oshirilib borishi, vaqti bolalar yoshiga qarab to‘g‘ri belgilanishi kerak kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalar uchun 15-20 daqiqa mehnat qilish maqbul hisoblanadi.
10.3 Maktabgacha eshdagi bolalarning uyidagi mehnati mehnatga o‘rgatish
Maktabgacha eshdagi bola serharakat, cepg‘ayrat 6o‘lib, u o‘zini o‘rab olgan dunyoni tezroq bilishga intiladi. Bolaning harakatchanligi, har narsani bilishga qiziqishi, havaskorligi va mustaqil ish qilishga intilishi - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning xarakterli xususiyatlaridandir
Bu xususiyatlar avvalo, bolaning o‘yinlarida aks etadi. Bolaning tashqi dunyoga bo‘lgan munosabati o‘yinlarda o‘z ifodasiii topadi. Uyin bolaning jismoniy rivojlanishi uchun ham zarurdir.
Bolalar o‘z o‘yinlarida atrofdagi hayotni aks ettiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofdagi buyumlarni sezish va idrok qilish vositasi bilan juda ko‘p aniq tasavvurlar paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning fikrlashi juda konkretdir Ular o‘zlarining o‘yinlarida kattalarga taqlid qilishni yaxshi ko‘radi-lar. Masalan, o‘g‘il bolalar ko‘pchilik vaqtda askarlarga taklid qilib, dushman ustidan g‘alaba qozonishni o‘zlariga o‘yin qilib olsalar, qiz bolalar ko‘pincha qo‘g‘irchoq, o‘ynaydilar hamda o‘z o‘yinlarida uy ro‘zgor tutishga tegishli hamma ishni qiladilar: uy yigishtirish, ovqat pishirish, bolalarini uxlatish, ularni kiyintirish, ovqatlantirish, kinoga olib borish va hokazolar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinlarida ba’zan ularning kasblarga bo‘lgan qiziqishlari ham namoyon bo‘ladi. Masalan, oiladagi beshta boladan to‘rttalasi oq xalat kiygan shifokorni ko‘rishi bilan onasining pinjiga kirib, qo‘rqib yig‘lasalar, onasi bergan dorini ichmasalar, beshinchi qiz dorini gapso‘zsiz ichadi, chunki u ko‘pchilik vaqt «doktor opa» bo‘lib o‘ynagan. U o‘z opa-singillariga cho‘pdan yasalgan termometrni qo‘yib, ularning issiqligini o‘lchagan, gugurt bilan «ukol» qilgan. Bolalar maktab – maktab o‘yinini yaxshi ko‘radilar har-hil ro‘znoma, kitoblarni ko‘tarib «Maktabga» keladilar, «O‘qituvchi» ning gaplarini diqqat bilan tinglaydilar.
Ba’zan bolalar stulini erga yotqizib, uni avtomashina qilib haydaganini, mashina yurg‘izishdagi qoidalarni amalga oshirishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Lekin shu narsani esdan chiqarishimiz yaramaydi, bolaning o‘yinida mehnat elementlari bor. Bola o‘yinchoqlarini bir burchakka tartib bilan terib qo‘yadi, qo‘g‘irchoqlarini joy-joyiga o‘tqazadi, mashinasiga yuk yuklaydi yoki yukni tushiradi, qumdan «pechene» pishiradi, «morojenoe» qiladi, uy-joy quradi. Bola mehnat uyini bilan chegaralanib qolmaydi. U o‘ziga sotib olib berilgan o‘yinchoqlardan tashqari qo‘liga tushgan har bir narsani to‘plab boradi. Masalan, konfet etiketkalari, gugurt, charm, papiros qutichalari, daraxt barglari, mix, sim, ip g‘altaklarni to‘playdi va ularni o‘z o‘yinida qullab, o‘zining qurilish ishlarida ishlatadi. Bolalar tup-tup bo‘lishib o‘ynaganlarida rahbar bo‘lishni, hammasi faqat insoniy, «yaxshi» rolni o‘ynash va albatta, g‘alaba qozoniishni istaydilar.
Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish