1-ma'ruza: Arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi O'qib tayyorlanishingiz uchun 1-ma'ruza!



Download 158,4 Kb.
bet2/32
Sana05.01.2022
Hajmi158,4 Kb.
#318659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
ma'ruza

Og‘zaki hisoblashlarda:

Yozma hisoblashlarda:

1.

Hisoblashlar yozuvlarsiz (ya’ni miyada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berishi mumkin.

Bunda yechimlarni:

a)      tushuntirishlarni to‘la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin. Masalan:

34 + 3 = (30 + 4) + 3 = 30 + (4 + 3) = 30 + 7 = 37

8 + 5 = 8 + (2 + 3) = (8 + 2) + 3 = 10 + 3 = 13

b)      berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. Masalan:

34 + 3 = 37                 8 + 5 = 13

d)      hisoblash natijalarini raqamlab yozish mumkin. Masalan:

1) 37     2) 13


Hisoblashlar yozma bajariladi. Yozma hisoblashlarda yechimni yozish ustun qilib bajariladi. Masalan:

2.

Hisoblashlar yuqori xona biriklaridan boshlab bajariladi. Masalan:

240 – 120 = (200 + 40) – (100 + 20) = (200 – 100) + (40 – 20) = 100 + 20 = 120



Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo‘lish bundan mustasno).

 


3.

Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.

Oraliq natijalar darhol yoziladi.

4.

Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. Masalan:

28 + 14 = 28 + (10 + 4) = (28 + 10) + 4 = 38 + 4 = 42

28 + 14 = (20 + 8) + 14 = (20 + 14) + 8 = 34 + 8 = 42

28 + 14 = 28 + (2 + 12) = (28 + 2) + 12 = 30 + 12 = 42

28 + 14 = (20 + 8) + (10 + 4) = (20 + 10) + (8 + 4) = 30 + 12 = 42


Hisoblashlar o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha, shu bilan birga yagona usul bilan bajariladi. Masalan:

 


5.

Amallar 10 ichida, 100 ichida, yengilroq hollarda 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar ustida hisoblashlarning og‘zaki usullaridan foydalanib bajariladi.

 


100 ichida, 1000 ichida, ko‘p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarning yozma usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan:

 

Misollarni og‘zaki ham, yozma ham bajarish mumkin. Imkon qadar shunday misollarni tanlash kerakki, o‘quvchi bu misollarni har ikki xil hisoblash usulida bajarsin. Natija bir xil son hosil bo‘ladi. Bu bilan o‘quvchining ham og‘zaki, ham yozma hisoblash ko‘nikmasi shakllanishiga imkoniyat yaratiladi.

O‘qituvchi og‘zaki va yozma hisob usullarining o‘quvchi matematik nutqi rivojlanishidagi ahamiyatini unutmasligi kerak. O‘quvchi misolni bajarar ekan, u xoh og‘zaki, xoh yozma hisoblash bo‘lsin, albatta, tushuntirib berishga o‘rgatish kerak.

O‘qitish jarayonida o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, turli usul va metodlardan foydalanib, o‘quvchilarda hisoblash malakalarini shakllantirish imkoniyatlarini topib, arifmetik amallarning jadval hollari (jadvalda qo‘shish, ayirish, jadvalda ko‘paytirish, bo‘lish)ni avtomatizm (yod olish)iga e’tibor qaratmog‘i darkor. Chunki barcha hisoblashlar zamirida arifmetik amallarni bajarishning jadval hollari turadi. Aks holda yozma hisoblashlarda amallar bajarishda o‘quvchilar qiynalib qolishadi. 

Birinchi yarim yillikda o‘quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o‘quvchilar matematik belgilarning ba’zi elementlari amal ishoralari (plyus − qo‘shish, minus − ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6 sonlari yig‘indisi), 9 – 2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o‘xshash eng sodda matematik ifodalarni o‘qish va yozishni o‘rganib olishlari kerak. 3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 – 3 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarni ko‘radilar va shu asosda ularning qiymatlari teng yoki teng emasligi, agar teng bo‘lmasa, u holda berilgan ifodalardan qaysinisining qiymati katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar. Chiqarilgan xulosa har doim asoslanishi, so‘ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. Birinchi sinfda matematika o‘qitishda o‘quvchilarda og‘zaki hisoblashlarning puxta ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Shu munosabat bilan dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xulosalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar (yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi, yig‘indining guruhlash xossasi va hokazo) bilan tanishtirish kiritilgan, bular bilan bolalar amaliy asosda tanishadilar.

Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo‘lgan sonlar bilan qo‘shish va ayirish amallarini bajarish o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda qo‘shish va ayirishni o‘rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirishga to‘xtab o‘tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni eslab qolishlari uchun o‘z vaqtida ko‘rsatma beribgina qolmay, balki, uni o‘zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi. 100 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishda oldin sonni yig‘indiga, so‘ngra yig‘indini songa qo‘shishning har xil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan yig‘indini ayirish qaraladi. O‘quvchilar yig‘indi va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu qoidalardan foydalanib, ular og‘zaki hisoblash, undan keyin esa yozma hisoblashning har xil usullarini ongli, tushunib o‘zlashtiradilar, yechishning eng maqbul yo‘llarini izlashni o‘rganadilar.

Hisoblashlarning ravon va tez bo‘lishiga katta e’tibor berilishi kerak. Shu bois qo‘shish va ayirishga doir u yoki bu misolning yechilishini mufassal tushuntirishdan o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo‘lib qolganda foydalanish kerak.

 


Download 158,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish