1-Ma’ruza: Dasturlash tillari faniga kirish Reja


Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash tushunchasi



Download 436,03 Kb.
bet18/96
Sana14.01.2022
Hajmi436,03 Kb.
#363562
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Bog'liq
Dasturlash ma'ruza

Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash tushunchasi


Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash (object-oriented analysis and design) ning bosh g'oyasi predmetga oid sohani va masalaning mantiqiy yechimini obyektlar (tushunchalar va mohiyatlar) nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida asosiy diqqat-e'tibor obyektlar (yoki tushunchalar)ning predmetga oid soha atamalarida ta'riflash va tavsiflashga qaratiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida obyektga mo'ljallangan dasturlash tili vositalari bilan joriy qilinadigan mantiqiy dasturiy obyektlar aniqlanadi. Bu dasturiy obyektlar atributlar va metodlarni o'z ichiga oladi. Va, nihoyat, konstruksiyalash (construction) yoki obyektga mo'ljallangan dasturlash (object-oriented programming) jarayonida ishlab chiqilgan komponentlar va sinflarning joriy qilinishi ta'minlanadi.

Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning ayrim asosiy tamoyillarini qisqacha ko'rib chiqamiz. Keyinchalik biz barcha ko'rib chiqilgan atamalarning yanada aniqroq ta'rifini va yanada to'liqroq shifr yechimini beramiz.



  • Avval talablar tahlili (requirements analysis) amalga oshiriladi hamda bu paytda modellashtirilayotgan tizimda sodir bo'layotgan asosiy jarayonlar va ularning pretsedentlar ko'rinishidagi ta'rifi ajratiladi. Pretsedent (precedent) — predmetga oid sohada sodir bo'layotgan jarayonlarning matniy tavsifi.

  • Ikkinchi qadam. Predmetga oid sohaning obyektga mo'ljallangan tahlili (object-oriented domain analysis). Bu qadamning vazifasi jarayon ishtirokchilarining faoliyat turlarini aniqlash hamda predmetga oid soha elementlarining turli kategoriyalarini aks ettiruvchi konseptual model (conceptual model) ni tuzishdan iborat.

  • Uchinchi qadam. Bunda kim nima bilan shug'ullanayotganini ko'rib chiqamiz. Aynan shu faoliyat obyektga mo'ljallangan loyihalash (object-oriented design) deb ataladi va bunda asosiy diqqat-e'tibor majburiyatlarni taqsimlashga qaratiladi. Majburiyatlarni taqsimlash (responsibility assignment) da ilovadagi turli dasturiy obyektlarning vazifa va majburiyatlari ajratib ko'rsatiladi.

Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning muhim momenti shundan iboratki, bunda dasturiy tizim komponentlari o'rtasida majburiyatlar taqsimotini malakali o'tkazish ko'zda tutiladi. Gap shundaki, obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashsiz ish ko'rib bo'lmaydi. Buning ustiga u robastlik, masshtablashish, kengayishlik va takroran qo'llash imkoniyatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Obyektlarning majburiyatlari va o'zaro aloqalari sinflar diagrammasi (design class diagram) va o'zaro aloqalar diagrammasi (collaboration diagram) qo'llangan holda ifodalanadi.


Download 436,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish