1-Ma'ruza: Injenerlik inshootlarining asosiy turlari va ularning shahar qurilishida qo‘llanish sohasi



Download 17,88 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi17,88 Kb.
#83449
Bog'liq
Shaxar injenerlik inshootlari 1-mavzu


1-Ma'ruza: Injenerlik inshootlarining asosiy turlari va ularning shahar qurilishida qo‘llanish sohasi.

Zamonaviy shaharlarni obodonlashtirish va inson faoliyatining me’yoriy ritmini ta’minlashda muxandislik inshootlarining ahamiyati katta. Asrlar osha shaharlar rivojlanishi bilan birga muhandislik inshootlari ham rivojlanib keldi. Zamonaviy shaharlarda keng darajadagi har xil muhandislik inshootlaridan foydalaniladi. Ularni loyihalash uchun hisoblash masalalari va har xil konstruktiv tizimlarni loyihalashni bilish talab qilinadi. Konstruktiv tizimlar metall, beton, temirbeton, yog‘och kabi materiallardan qilinishi mumkin.

Muhandislik inshootlari avtomobil, temir yo‘l, piyoda harakatlarining xavfsizligini ta’minlaydi; shahar yo‘l tarmoqlarini mukammallashtiradi; yer osti bo‘shlig‘idan foydalanishda muxandislik yechimlarini amalga oshirishga imkon beradi, bu esa shahar hududini tejashda juda ahamiyatli hamda daryo va boshqa suv havzalarini obodonlashtirishni ta’minlaydi.

Muhandislik inshootlariga  quyidagilar kiradi:

-   ko‘priklar, estakadalar, viaduklar;

-   qirg‘oqbo‘yilar, ularning tirgak devorlari va tushish joylari;

-   bir qavatli va ko‘p qavatli , yer osti va yarim yer osti garajlari va avtomobil turar joylari;

-   sport inshootlari;

-   minora va machtalar;

-   har xil konstruktiv yechimga ega bo‘lgan piyoda o‘tish joylari (ko‘chadan tashqari).

Shahar muhandislik inshootlarini loyihalash va qurish sohasida ixtisoslashgan muhandis-quruvchi chuqur bilimlar asosida har bir konkret holda konstruksiyaning samarali turini qo‘lay bilishi shart.

Murakkab hollarda loyihalashning variantli usuli qo‘llanib, shu asosda inshootning eng qulay yechimi beriladi. Buning uchun materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi, qurilish materiallari, metall va temirbeton konstruksiyalarini loyihalash sohalarida bilimga ega bo‘lish, loyihalashni avtomatlashtirish tamoyillari va EHM ni qullay bilish kerak. Me’yoriy va texnik hujjatlarni bilishi lozim.

Shaxar aholisining o‘sib borishi yangi shaharlar qurish va eskilarini kengaytirish asoslarining bosh omillaridan biridir. Shahar xududiga nisbatan axolining tezroq ko‘payishi shaharsozlikda odamlarning mehnat qilishi, turmushi va dam olishi uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlovchi ishlab chiqarish xududlarini, turar joylarni, jamoat va madaniy muassasalar, transport, muhandislik qurilmalari va energetikani oqilona tashkil etishni nazarda tutish majburiyatini yuklaydi. Bu masalani hal qilish ko‘p darajada aholini joylashtirish, shaharning bundan keyingi rivojlanishi, axolining mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilashning xususiyatini belgilab beradi.

Jahondagi yirik shaharlar egallagan hududlar ancha katta o‘lchamlarni, xususan, Karachi shahrining maydoni 3530 kmni, Istanbul-1970 kmni, Shanxay-1600 kmni, London-1580 kmni, Dexli-1400 kmni, Pekin-1370 kmni, Nyu-York-1214 kmni, Moskva-1080kmni tashkil etadi. Bu shaharlarning ma’muriy chegaralaridagi, axolining ko‘pchilik qismi shaharlar bilan bog‘liq bo‘lgan shahar atrofi hududlarida yashashini xisobga olmagandagi maydonlardir.

Shaharlarning o‘sishi, aholining shahar atrofi bilan mexnat va madaniy-mayishiy aloqalari, shuningdek shahar atrofi hududlarining dam olish uchun foydalanilishi transport vositalarining keng rivojlanishiga olib keldi. Keyingi yillarda ayniqsa yengil avtomobil transporti juda tez rivojlandi, u uzoq masofalarga borishning, harakatlanish va qulaylik tezligini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagilarning zarurligini shart qilib qo‘yadi:

·          Shaharning, shahar atrofi xududining va shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llarining eng muxim qismlari orasida qulay aloqani tashkil etish, shuningdek piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishlari uchun mos sharoitlar yaratish maqsadida yuk tashish va yo‘lovchilar transportining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash;



·        Turar joy dahalariga va jamoat binolariga olib boradigan qulay kirish yo‘llari va yo‘lakchalarini barpo qilish;

·        Shaxsiy avtomashinalar uchun garaj xo‘jaligini va avtomashinalarning uzoq vaqt va vaqtincha turishi uchun avtomobillar to‘xtash joylarini tashkil etish va boshqa ko‘pgina ishlar.
Download 17,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish