1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja


- MA’RUZA Abraziv toshlar va elborlar bilan ishlaganda texnika havfsizligi qoidalari



Download 3,88 Mb.
bet17/18
Sana31.12.2021
Hajmi3,88 Mb.
#224610
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2. Ma'ruza materiallari

11- MA’RUZA

Abraziv toshlar va elborlar bilan ishlaganda texnika havfsizligi qoidalari
Reja:


  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. Abraziv asboblarda ishlash texnika xavfsizligi

  3. Elborlar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi

Silliqlovchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar:

Abraziv changi.

Abraziv tosh yaroqsizligi.

Ish boshlashdan oldin silliqlovchi quyidagilarga majbur:


  • Ushbu ishni bajarish uchun kerak bo'lgan, tarmoq me'yorlarida ko'zda tuitlgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish (saqlagich ko'zoynaklari), tartibga solish, yeng qaytarmasini to'g'nash yoki bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga olib qo'yish.

  • Oqimli-tortuvchi ventilyatsiya, signalizatsiyalarni, blokirovka va saqlovchi moslamalar, zaminlash, jihozlarning yaroqliligini va jilvir tosh mahkamlanganligini tekshirish.

  • Ish joyini yetarli darajada yoritilganligiga ishonch hosil qilish.

  • Dastlabki materiallar holatini va mavjudligini tekshirish (zagotovka va yarim tayyor mahsulotlar).

  • Bo'shashib qolgan gaykalarni, kontrgaykalarni, boltlarni, ponalarni tortib mahkamlash va stanokning tegishli boltli birikmalari, yordamchi va saqlovchi moslamalari va qurilmalarini qanday shlintlanganligini tekshirish.

Ishlatilayotgan jilvir toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi keltirilgan jadvallar mavjudligini tekshirish (ushbu ma'lumotlar stanokda ko'rsatilgan bo'lishi kerak). Abraziv asboblarning, xamda shpindelning chiqib turgan aylanuvchi uchlari va mahkamlash detallari himoya to'siqlari, tirqish(zazor) mavjudligini tekshirish.

Jilvir charxtosh (ishlatilmagan, yangi) va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi tirqish (zazor) mavjudligi tekshirish, u quyidagi o'lchamlarda bo'lishi kerak:



  • Diametri 100 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 9 mm.

  • Diametri 101-300 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 10 mm.

  • Diametri 301-600 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 15mm.

  • Diametri 751-1400 mm gacha bo'lgan jilvir charxtoshlar uchun ko'pi bilan 20mm.

Ish boshlashdan oldin stanokda o'rnatilgan jilvir tosh ishchi tezlikda qisqa vaqt salt holatda aylantiriladi, bunda 140-400 mm diametrli toshlar 2 min davomida (kamida), diametri 400 mm dan katta bo'lgan toshlar 5min davomida (kamida).

Jilvir tosh o'rnatgandan kiyin quyidagilarni tekshirish lozim:



  • Jilvir tosh tepishi yo'qligini, shpindel tepishi stanokning texnik shartlariga muvofiq bo'lish.

  • Abraziv toshda sezilarli o'yilgan va yorilgan joylarining bor-yo'qligini, toshni osilgan holatida massasi 200-300 gr. Bo'lgan bolg'a bilan urib tekshirish (yoriqlari bo'lmagan asbob tiniq tovush chiqaradi).

  • Jilvir toshda sinov raqami va sanasi ko'rsatilgan belgi yoki yorliq, ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligi ko'rsatilgan tamg'a (markirovka) mavjudligini.

  • Jilvir tosh va siquvchi flaneslar orasida (qalinligi 0,5-1mm bo'lgan) qistirma mavjudligini, flanesni mahkamlayotgan gaykalarning ishonchli mahkamlanganligini, shuningdek jilvir tosh markazlashganini.

  • Asbobni o'rnatish uchun ishlatiladigan moslamalar asbobning stanok shpindeli bilan o'qdoshligini, xamda segmentlar balandligidan kam bo'lmagan xolda uzunligi bo'yicha qisilishini a'minlashini kerak. Jilvir tosh teshigi va o'rnatish joyi orasidagi tirqish (zazor) o'rnatish teshigi diametriga ruxsat etilgan kattalik chegarasida bo'lishini.

Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganida silliqlovchi o'z mulohazalarini smena ustasiga aytishi va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmasligi shart.

O'tkir uchli va qirrali mayda, qiyin ushlanuvchi detallarni mahkamlash uchun texnologik kartada keltirilgan maxsus moslama va qisqichlardan foydalanish lozim.



Ishlov berilayotgan detalni yassi silliqlash stanogiga o'rnatganda va mahkamlaganda quyidagilar lozim:

  • Stolni qo'l bilan siljitib, agarda buning iloji bo'lmasa masshtab chizg'ich yordamida u to'g'ri joylashganligini tekshirish.

  • Detalni faqatgina bir xil masofada joylashtirilgan maxsus tirgak va qisuvchi plankalari (taxtachalar) bilan mahkamlash.

  • Jilvir tosh erkin o'tishi uchun barcha tirgak plankalarni ishlov berilayotgan detaldan pastroq o'rnatish.

  • Mahkamlash boltlarini detalni qisish joyiga yaqinroq, qisish plankalarini esa detalga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'rnatish.

  • Ishlov berilayotgan detallarni taglik va stellajlarda barqaror joylashtirish, bunda shtabel balandligi mayda detallar uchun 0,5m dan, o'rtacha detallar uchun 1m dan, yirik detallar uchun 1,5m dan oshmasligi kerak.

  • Doiraviy silliqlash stanoklarida ishlaganda uzun detallarni lyunetlarda ishonchli mahkamlash.

Detallarni silliqlaganda quyidagilar lozim:

  • Detalni faqatgina qizdirilgan jilvir toshga uzatish, ayniqsa jilvir tosh yangi va bino sovuq bo'lsa, detalni toshga ravon, siltovsiz va keskin bosimsiz uzatish.

  • Jilvir toshni zarb va siltashlardan saqlash.

  • Ishlatilayotgan jilvir toshning ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligiga va shpindelning aylanishlar chastotasiga amal qilish.

  • Maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda yon yuzadagi siquvchi flanes detalga tegmasligini kuzatish.

  • Stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda ikkala jilvir tosh o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart.

  • Jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin.

  • Ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash.

  • Stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga olish.

  • Abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda shpindelning aylanuvchi chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan to'sish.

  • To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish.

  • Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik) lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim:

  • Qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish (zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm dan oshmasligi kerak.

  • Detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi kerak.

  • Shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart.

  • Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  • Odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib qolmasligi uchun xar qanday buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik.

  • Odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab qilishi.

  • Quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish.

Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur:

  • To'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish.

  • Maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar).

  • Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak.

  • Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart:

  • Stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda.

  • Ishni vaqtincha to'xtatganda.

  • Detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda.

  • Stanokni tozalaganda va moylaganda.

  • Jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda.

  • Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

  • Stanok yonida ovqat iste'mol qilish.

  • Stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish.

  • Har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash.

  • Rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish.

  • Nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash.

  • Detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish.

  • To'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish.

  • Jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa.

  • Nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish.

  • Jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh aylanish tekisligida turish.

Ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va himoya kuzoynaklarini kiyish, tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish; stanoklarda sovutish moylari va suyukliklari qullanilgan xollarda, qulga profilaktik malxam(pasta)larni surish;

Ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash; asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini tekshirish; blokirovka (muhofazasi) va saklagichlar, zaminlash konturi yaroqliligini va jihozlar yaroqliligini tekshirish; tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar xamda elektr apparatlari tok o'tkazish qismlari; kirindilardan, sovutish suyuqliklaridan saqlash qurilmalari; asbobni mahkamlash qurilmalari himoya to'siqlarining mavjudligini tekshirish; oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini tekshirish. Stanokni salt yurishda sinab ko'rishi va quyidagilarni tekshirishi lozim: boshqarish organlarini yaroqliligini (bosh harakat mexanizmlari, surish, harakatni ishga tushirish, to'xtatish va boshqalar); moylash va sovutish sistemalari yaroqliligini. Yaqin atrofda joylashgan ish joylarini va o'tish joylarini uchayotgan qirindi va moylash-sovutish suyuqligi (SOJ) sachrashidan saklash uchun ximoya ekranlari va qalqonlari o'rnatish kerak. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti hamma korxonalarda yuqori samarali va xavfsiz texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullarini tadbiq etish va shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab qiladi. Bunga esa ularni sanoat korxonalarida xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini olish, xavfsiz ishlash usullariga o`rgatish orqali erishiladi.

Bugungi kundа ishchilаr xаvfsizligini tа’minlаsh mаqsаdidа judа ko’p qo’llаnmаlаr, qоidа-qоnunlаr vа mе’yoriy hujjаtlаr, yo’riqnоmаlаr bo’lishigа qаrаmаsdаn sаnоаt kоrxоnаlаridа bаxtsiz xоdisаlаrning butunlаy yo’qоtishni tа’minlоvchi shаrоit mаvjud emаs.

Bundаn tаshqаri sаnоаt kоrxоnаlаrining xilmа-xilligi hаttоki mа’lum bir kоrxоnаdа hаm ish tаrtibi bir-birigа o’xshаsh ikkitа tsеxni tоpilishi qiyinligi sаbаbli sаnоаt kоrxоnаlаri xаvfsizligini tа’minlаshni tаrtibgа sоlаdigаn usulni ishlаb chiqаrish mushkul. Shuning uchun hаm hаr bir sаnоаt kоrxоnаsi, kоrxоnа ishchilаri uchun mеhnаtni muhоfаzа qilish vа mеhnаt xаvfsizligini tа’minlаshgа qаrаtilgаn vа bu tаrmоqlаr ishchilаrning xаvfsizligini tа’minlоvchi ish usullаrini o’rgаtish bilаn birgаlikdа ishchining mеhnаt xаvfsizligini sаqlаsh chоrа tаdbirlаrini o’z ichigа оlgаn hоldа yo’l-yo’riq o’tkаzishlаri lоzim.

Kоrxоnаlаrdа o’tkаzilаdigаn yo’l-yo’riqlаr аsоsаn 2 guruhgа bo’linаdi:

1. Kirish yo’l-yo’riqi.

2. Ish o’rnidаgi yo’l-yo’riqi.

Ish o’rnidаgi yo’l-yo’riq o’z nаvbаtidа quyidаgilаrgа bo’linаdi:

а) Ish o’rnidаgi birlаmchi yo’l-yo’riq.

b) Rеjаli yoki tаkrоriy o’tkаzilаdigаn yo’l-yo’riq.

d) Rеjаdаn tаshqаri yo’l-yo’riq.

e) Jоriy yo’l-yo’riq.

Sаnоаt kоrxоnаlаrining hаmmаsidа ishlоvchilаr ish tоifаsi, bаjаrilаdigаn ishi, xаvfsizlik dаrаjаsigа vа egаllаb turgаn lаvоzimidаn qаt’iy nаzаr hаmmа ishchi vа xizmаtchilаr yo’l-yo’riq оlishlаri shаrt.

Kirish yo’l-yo’riqi vа uni o’tkаzish tаrtibi.

Bu yo’l-yo’riqni o’tkаzishning аsоsiy mаqsаdi yangidаn ishgа kirаyotgаn ishchilаr mеhnаtni muhоfаzа qilish, xаvfsizlik tеxnikаsi vа sаnоаt sаnitаriyasi vа yong’in xаvfsizligi to’g’risidа mа’lumоt bеrish, uni kоrxоnа chеgаrаsidа vа bo’limlаridаgi tаrtib qоidаlаrdаn xаbаrdоr qilishdir.

Kirish yo’l-yo’riqini yaxshi jihоzlаngаn vа ko’rgаzmаli qurоllаr bilаn tа’minlаngаn mаhsus, mеhnаtni muhоfаzа qilish xоnаsidа bоsh muhаndis, mеhnаtni muhоfаzа qilish muhаndisi, yoki shu vаzifаni bаjаruvchi kishi tоmоnidаn o’tkаzilаdi.

Kirish yo’l-yo’riqini o’tkаzish vаqtidа ishgа kiruvchi ishchi-xizmаtchilаr quyidаgi tаrtib qоidаlаr bilаn tаnishtirilishi lоzim:

1. Kоrxоnаdа qo’llаnilib kеlаyotgаn mеhnаtni muhоfаzа qilish to’g’risidаgi qоnuniyatlаr аsоslаri;

2. Ishlаb chiqаrish kоrxоnаsidаgi ichki mеhnаt tаrtib qоidаlаri (ishning bоshlаnish vаqti, tаnаffuslаr, kоrxоnаning ish shаrоitlаrini bоshqа kоrxоnаlаrnikidаn fаrqi);

3. Mеhnаt kоdеksidа ishlоvchi yosh bоlаli аyollаr vа o’smirlаr mеhnаtini muhоfаzа qilish to’g’risidаgi tаdbirlаr;

4. Ishgа kеlаyotgаn, ishdаn qаytаyotgаndа, hаmdа ish jаrаyonidа kоrxоnа chеgаrаsidа hаrаkаtlаngаndа xаvfsizlik qоidаlаrigа riоya qilish;

5. Ishlаb chiqаrish hаmdа mаishiy xizmаt ko’rsаtish jоylаridа o’rnаtilgаn elеktr jihоzlаridаn ehtiyotkоrlik bilаn fоydаlаnish;

6. Kоrxоnаdа ishlаb chiqаrish sаnitаriya vа gigiеnаsi, shаxsiy gigiеnа qоidаlаri, ulаrdаn to’g’ri fоydаlаnish usullаri;

7. Ishchilаrgа mаhsus kiyim bоshlаr, shаxsiy himоya vоsitаlаri, mаhsus оziq-оvqаt mаhsulоtlаri vа ulаrni bеrish tаrtibi;

8. Kоrxоnаdа yong’inni оldini оlishgа qаrаtilgаn tаdbirlаr;

9. Ishlаb chiqаrishdа sоdir bo’lgаn jаrоhаtlаnishlаr, ulаrni kеltirib chiqаrgаn sаbаblаri;

10. Kоrxоnаdа sоdir bo’lgаn bаxtsiz xоdisаlаr tufаyli jаrоhаt оlgаnlаrgа birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtish;

11. Xаvfli vа zаrаrli mоddаlаr bilаn ishlаsh tаrtibi;

12. Uskunа vа jihоzlаrdа buzilishlаr sоdir bo’lgаndа to’xtаtish tаrtibi tushuntirilаdi vа o’rgаtilаdi.

Yuqоridаgi qоidа tаlаblаr bаtаfsil tushuntirilgаndаn so’ng kirish yo’l-yo’riqi mаhsus dаftаrdа yoki nаzоrаt vаrаqаsidа qаyd qilinаdi

Kоrxоnа rаhbаrining yangidаn ishgа kirаyotgаn ishchini kirish yo’l-yo’riqini o’tmаsdаn turib ishgа qаbul qilish to’g’risidаgi buyrug’igа imzо chеkishi tа’qiqlаnаdi.

Ishchi, muxаndis tеxnik xоdimlаrni xаvfsiz ishlаsh usullаrigа o’rgаtish bo’yichа o’qitish tаrtibi hоzirgi vаqtdа sаnоаt kоrxоnаlаridа, yangidа yangi chеt el tеxnоlоgiyalаri vа mаshinа-uskunаlаrining kirib kеlishi ishlаb chiqаrishdа ishlаyotgаn hаr bir xоdimdаn yuqоri mаlаkаni egаllаshni, tеxnikа xаvfsizligi qоidаlаrini yaxshi tushunib ungа аmаl qilishni tаlаb qilаdi. SHu sаbаbli hаm kоrxоnаgа ishgа kirgаn kаsbi bo’lmаgаn, yoki kаsbini o’zgаrtirishni istаgаn hаmmа ishchilаr, bаjаrаdigаn ishlаrining xаvfliylik dаrаjаsidаn qаt’iy nаzаr xаvfsiz ishlаsh usullаrigа o’rgаtilishlаri lоzim.

Kоrxоnаdа xаvfsiz ishlаsh usullаrigа o’rgаtishni tаshkil etish, mеhnаtni muhоfаzа qilish qоnunigа ko’rа, shu kоrxоnа rаhbаri zimmаsigа yuklаtilgаn.

Ish davomida tokar quyidagilarga majbur: Topshirilgan ishning texnologik kartasiga rioya kilish. Planshayba yoki patronni o'rnatish va yechishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: ular ostiga patron(planshayba) shakliga mos o'yiqchali yog'och taglikni stanok yunaltiruvchilari ustiga o'rnatish; ularni patronni (planshaybani) qo'lda burash bilan o'rnatish va yechib olish; ularni qo'qisdan shpindelni to'xtatish bilan yechib olmaslik; patronni qo'lda buragan holatdagina kulachoklarni taglikka urish bilan yechishda uzun dastakli (qo'lda tutib turish uchun) tagliklardan foydalanish; ularni shunday o'rnatish kerakki shpindelning ishchi (to'g'ri) xarakatida xam reversiv (teskari) xarakatida xam ular o'z-o'zidan shpindeldan buralib yechilib yoki uzilib ketishi imkoniyati qolmasligi kerak. Ishlov berilayotgan detalni o'rnatish va mahkamlashda quyidagilarga rioya qilish zarur: detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish; ishlov berilayotgan detal pitir(zausenes)laridan ehtiyot bulish; detalni kulachokli patronga mahkamlashda detalni kulachoklar bilan mumkin qadar kattaroq uzunlikda qamrash; patron tashqi diametridan kulachokni chiqib yo'l qo'ymaslik (agar kulachoklar chiqib qolsa patronni kattasiga almashtirish yoki maxsus tusiqlar o'rnatish kerak); kulachokli patronlarga orqa babkaga o'rnatilgan markaz bilan tirgamasdan faqatgina kalta, uzunligi ikki diametrdan oshmagan muvozanatlashgan detallarni mahkamlash; boshqa holatlarda tirgak uchun orqa babkadan foydalanish; ruxsat etilgan maksimal diametrli detallarni patron yoki planshaybalarga o'rnatishda patron yoki planshayba uyalarida kulachoklarni ishonchli mahkamlanganligini tekshirish (ish vaqtida detalni vaqti-vaqti bilan ishonchli mahkamlanganligini tekshirib turish); tirsakli vallar va boshqa eksentrik detallarni porsangi yordamida muvozanatlash; porsangilarni ishonchli mahkamlanganligini tekshirish, mumkin qadar uni to'siq bilan o'rash; (aylanishlar soni kamaytirilgan xolatda ishlash).

Detallarni markazlarda mahkamlash va ishlov berishda quyidagilarga rioya qilish zarur: marazlarni yaroqliligini va ularni markaziy chiziqga mos kelishini tekshirish; markazlar o'lchamini detalning markazlangan teshiklari o'lchamlariga mos kelishini tekshirish; orqa babka va pinolni ishonchli mahkamlash; detalni to'g'ri o'rnatib orqa babka markazini shunday tirgash lozimki detal markazlar orasida erkin aylanishi ta'minlanishi, undan so'ng mahkamlash va markazni moylash kerak; markazlangan teshikning barcha konus yuzasi bilan detalni markazga tayanishini tekshirish; yuqori aylanish tezliklarida ishlashda stanokka birkitilgan aylanuvchi markazlarni ishlatish.

Yeylangan va urilgan konusli markazlardan foydalanish; orqa markazni tarang qilib tortish; markaz uchini detalning markazlangan teshigi tubiga tegishiga yo'l qo'yish. Asboblar, stanok ashyolari va moslamalari bilan ishlashda quyidagi havfsizlik koidalariga rioya qilish zarur: kesish asbobini o'rnatish va yechib olishni stanok batamom tuxtatilgandan sung bajarish; keskichni ishlov berilayotgan detalni markaziga (aylanish o'qiga) mos o'rnatib kamida uchta bolt bilan keskich tutkichga qulochi minimal bulgan xolatda mahkamlash; keskich ostiga maydoni uning tayanch qismiga teng maxsus tagliklar qo'yiladi; keskich tutkichi kaliti chiqib ketishidan ehtiyot bulish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan siltamasdan gaykani tortish; keskich tutkichi kallagi aylanishida kesuvchi asbob kelib urilishidan ehtiyot bulish; keskichni ishlov berilayotgan detalga va faqat aylanayotgan vaqtdagini ehtiyot bilan yaqinlashtirish; zarblarsiz, ravon o'yib kirishini ta'minlash; yon yuzalarni yo'nishda, detallarni kesishda keskich uchini qat'iyan stanokning markazlari chizig'idan o'rnatish; detallarni stanokda markazlash, ularni tozalash, jilvir mato bilan jilvirlash, egovlash, shaberlash, o'lchash operasiyalarni bajarishda keskich tutkich kallagini havfsiz masofaga uzoqlashtirish, shuningdek patronni va detalni almashtirishda orqa markazni (orqa babkani) surib qo'yish.

Asbob sinishidanyoki detalni chiqib ketishidan jaroxatlanishni oldini olish quyidagicha ketma-ketlikdagi xarakatlarni bajarish kerak: oldin shpindel aylanishini so'ngra surish harakatini ishga tushirish, shu bilan birga ishlov berilayotgan detalni keskich bilan tekkunga qadar aylanma xarakatga keltirish; stanokni ishini to'xtatishdan oldin surish harakatini tuxtatib kesuvchi asbobni uzoqlashtirib shundan so'ng shpindel aylanishini to'xtatish; Qo'shimcha tayanchlarni (lyunetlar) qo'yidagi hollarda qo'llash lozim: katta uzunlikdagi detallarni yo'nishda (10-12 diametrdan yuqori); diametrga teng va undan yuqori uzunlikdagi detallarni markazlarga o'rnatib ishlov berishda; sakkiz diametrga teng va undan yuqori uzunlikdagi detallarga katta tezlikda va yuklanishda ishlov berishda. Stanokda ishlov berilayotgan detallarni egovlash, tozalash va jilvirlash quyidagi talablarga rioya qilgan xolda bajarish lozim: support va orqa babkani havfsiz masofaga surib qo'yish, agarda ular band bo'lmasa; patron tomonga yuzlanib, egov dastagini chap qo'lda va uning uchini o'ng qo'lda tutish; ishlov berilayotgan detalga qo'lni yoki kiyimni tekkazmaslik;

Yuqorida keltirilgan operasiyalarni burtiq, chuqurchali xamda ariqchali yuzalarga ega detallarga qo'llamaslik; (chuqurcha va ariqchalarni avvaldan taxta probkalarda to'ldirish lozim). jilvir matolarda detallarni tozalashda tutkich kolodkalardan foydalanish; eylanib ketgan yoki yirtilan jilvir qog'ozlardan foydalanmaslik; tashqi yuzalarga ishlov berishda jilvir qog'oz bilan detallarni qo'lda qamramaslik; jilvir qog'ozni qo'lda tutib ichki yuzalarni tozalamaslik. Metall qirindisidan shikast yetishini oldini olish uchun quyidagilarni bajarish zarur: metall qirindisini ishlov berilayotgan buyum yoki keskichga o'ralishini oldini olish, qirindi sindirgichlardan foydalanish; ish joyini yoki stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini ta'minlash; tasmasimon qirindi xosil qiluvchi qovushqoq metallarga ishlov berishda qoplpma qirindi sindirgichli va qirindi o'ragich o'rnatilgan keskichlardan foydalanish; kesish jarayonida siniq qirindi xosil qiluvchi mo'rt metallarga ishlov berishda ximoya ekranlaridan, parda va qalqonlardan foydalanish; stanokni qirindilardan tozalashda shu ish uchun mo'ljallangan quloqchalarsiz yoki halqasimon aylanalarsiz silliq dastali va qo'lni himoyalovchi aylana shaklli qalqonchaga ega cho'tkalardan, ilgakchalardan va hokazalardan foydalanish; qirindi detalga, shpindel yoki patronga o'ralgan hollarda stanokni to'xtatish, qo'lqoplarni kiyish va qirindini ilmoqcha yordamida olib tashlash. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektrodvigatelni o'chirish lozim: qisqa muddatga stanok oldidan uzoqlashganda (agar ikkita yoki undan ko'p stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa);




Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish