1-maruza Mavzu: Yuk ko`tarish tashish mexanizmlarini xavfsiz ishlashini ta`minlash. Reja



Download 33,3 Kb.
bet1/6
Sana20.09.2021
Hajmi33,3 Kb.
#179764
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza Yuk kotarish


1-maruza

Mavzu: Yuk ko`tarish tashish mexanizmlarini xavfsiz ishlashini ta`minlash.

Reja:

1. Yuk tashish, ko’tarish vositalari va ularga bo’lgan talablar.

2. Yuklarni qo’lda tashish.

3. Yuk ko’tarish va tashishda qo’llanadigan mexanizmlar.

4. To’qimachilik korxonalaridagi transport vositalarining xavfsizligi

5. Suyuq moddalarni va xavfli yuklarni tashish.

6. Yuk ko’tarish, tashish moslamalarini tekshirish va rasmiylashtirish



1. Yuk tashish, ko’tarish vositalari va ularga bo’lgan talablar.
Korxonalarda yuk tashish, tushirish, ortish ishlarida qo’llanadigan barcha vositalardan uzluksiz va vaqtincha foydalaniladi. Bu ishlarda mexanizatsiya yaxshi yo’lga qo’yilmagan bo’lsa shikastlanish, kasbiy kasallik ko’proq sodir bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam korxonalarni loyixalashda, qayta qurishda yuk tashish, tushirish transport vositalarini kompleks mexanizatsiyalashga katta e’tibor berilishi talab qilinadi.

Xozirgi vaqtda quvur orqali yuk tashish turlari talabga ko’proq javob beradi. Bo’lakli materiallar, donali yuklar, paketlar, qoplar, bochkalar ballonlar to’xtovsiz xarakatlanuvchi konveyer va transporterlar yordamida tashiladi. To’kiluvchan materiallar, pastalar uchun shneklar, elevatorlar, quvurli transportyorlar keng qo’llanadi.

Materiallarni vaqti-vaqti bilan tashishda osma yo’l vagonlaridan kranlardan, telferlardan, avtokaralardan, izli va boshqa transport vositalaridan foydalaniladi.

Portlash jihatidan xavfli bo’lgan tsexlarda ishlatiladigan barcha yuk tashish moslamalarni portlashdan himoyalangan xolda tayyorlangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Bo’ylama xarakatlanuvchi barcha yuk tashish vositalarini xavfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy tadbir choralar amalga oshiriladi. Masalan, xarakatlanuvchi yul oxiriga yukni avtomatik uzib qo’yadigan moslma o’rnatish, ishga tushirish moslamasi, vaqt relesi, tovushli darakchilar, konveyer va transportyorlar atrofini o’rash, to’xtatish tugmalarini o’rnatish, ish joyi ustidagi transport yo’lini pishiq metall turlar bilan to’siqlash, vagon, telejka, avtokaralar xarakatlanuvchi yuzada tashiladigan yukni xajm va miqdorni normadan oshirmaslik va boshqalar .

Sanoat korxonalarida sanchiqli yuk tashish vositalaridan ko’proq foydalanadi. Kimyoviy moddalarni agregat xolatiga qarab tashish uchun maxsus vagonlar, konteynerlar mavjuddir. Ochiq vagonlarga yuk ortish, tushirish ishlari mexanik belkurak, xarakatlanuvchi transportyor va pnevmatik qurilmalar yordamida olib boriladi.

Yuk ko’taruvchi moslamalardan xavfsiz foydalanishda mavjud bo’lgan «Yuk ko’taruvchi kranlarni xavfsiz ishlatish va o’rnatish», «liftlarni xavfsiz ishlatish va o’rnatish» normalari talablari bajarilishi kerak.

Yuk ko’taruvchi moslamalarni muxim va javobgar qismlari yuqori pishiqlik zaxirasiga ega bo’lishi xisoblab chiqiladi, talabga javob beradigan materiallardan tayyorlanadi. Moslamalarni yuk ko’tarish miqdori, xarakatlanish yo’li va ko’tarish balandligi chegaralab qo’yiladi.

To’xtatish, yurgizish moslamalari ish qobilyati, xavfli joylarni ximoyalanganligi, o’ralganligi vaqti-vaqti bilan ma’sul javobgar xodimlar tomonidan tekshirib turiladi.


Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish