- O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida
(2-modda) bojxona ishiga quyidagicha ta’rif beriladi: «Bojxona ishi O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o’tish, boj to’lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvchi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir».
Bojxona ishining Bojxona kodeksida ko’rsatilganlardan tashqari tarkibiy qismlari ro’yxatiga boj tariflari vositasida tartibga solish, valyuta nazorati, bojxona ta’minoti, bojxona statistikasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish, kontrabandaga va bojxona ishi sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurash, bojxona haqidagi qonun xujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni ko’rib chiqish kiritilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |