1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#570013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
1-Ma'ruza (1) (1)

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
haqida fikr yuritilganda bu masalaning 
xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan 
holda so’z yuritish o’rinli bo’ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki 
butun jahon hamjamiyati o’z-o’zini anglab yetishga yo’naltirilgan falsafaga 
muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili 
noyabr oyining uchinchi payshanbasida o’tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” 
ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan 
Jahon falsafa kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi 
marta 1900 yilda Fransiyada o’tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda 
bir marta o’tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida 
(AQSh) bo’lib o’tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni 
tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, Turkiyaning Anqara 
shahrida o’tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari 
bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa 
kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo’lmish Koreya respublikasining Seul 
shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida 
bo’lib o’tdi. Kongresslarning mavzularidan ko’rinib turganidek, falsafa real hayot 
bilan uzviy bog’liq va eng muhim muammolarni anglab yetishga xizmat qilib 
keldi. Shunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol 
toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, 


qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo 
etiladi. 
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta’lim va tarbiyani, ya’ni o’z 
qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qodir bo’lgan jismoniy va 
ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazishni «paydeyya» (yunon. pais – 
bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O’sha zamonlarda paydeyya aristokratiyaning 
o’ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta’lim va tarbiya 
muammolarini yana birinchi o’ringa qo’yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini 
aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, 
Boston kongressidagi asosiy ma’ruzalarning mualliflaridan biri fransuz faylasufi 
Pyer Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma’rifatli tabiatga o’tish imkoniyati 
qay darajada mavjud?», degan savolni o’rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning 
yagona tabiati ikki ma’noli bo’lib, faqat ma’rifat (paydeyya) odamzotni so’zning 
to’liq ma’nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon ta’biri bilan aytganda, 
paydeyya uning ko’zini ochadi.
Biroq ma’rifatning vazifasi ko’zga ko’rish qobiliyatini berishdan emas, balki 
unga to’g’ri qarashni o’rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo’sht 
va boshqa mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va 
tarbiya jarayonini zo’rlikka qarshi yo’naltirish va odamzot aql-idrokini kamol 
toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish mumkin. «Paydeyya» 
tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga 
e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni 
farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya’ni o’rganish mumkin bo’lgan narsani 
anglatsa, ikkinchi atama bilim berish manbaini emas, balki to’g’ri fikr manbaini 
anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri bilan aytganda, insonni o’zini o’zi 
kamol toptirishga rag’batlantirishi lozim. Shu bois Protagor, Suqrot va Platon 
aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to’g’ri 
fikr yuritish mahoratini o’rgatishga e’tibor qaratish muhim. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish