1-mavzu. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa reja: Fan tushunchasining tahlili. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi



Download 0,52 Mb.
bet7/29
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#568756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
1-ma`ruza mashg`uloti

Fanning siyosiy funksiyasi jamiyatning mafkuraviy ehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Markscha mafkura fanni to‘la va yalpi nazorat qilgani, kibernetika, genetika, matematik mantiq va kvant nazariyasiga qarshi kurash olib borgani XX asr fani tarixidan yaxshi ma’lum. Markscha fan rivojlanishining bu jihatiga baho berar ekan, E.Agatssi shunday xulosa chiqaradi: «Mafkura fanni unga mafkuraviy fikrlashga nisbatan ustunlikni ta’minlagan ob’ektiv bilimdan mahrum etishga harakat qildi... Markschilar fan, ayniqsa ilmiy faoliyat amaliy sohalarda va hokimiyat bilan munosabatlarda (pragmatik daraja) ijtimoiy jabhaga bog‘liq ekanligini qayd etardilar, bundan tashqari, fanni texnologiya bilan tenglashtirishga moyil edilar»6.
Fan jamiyatning asosiy mafkuraviy mo‘ljallarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura o‘zining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy vositalar taqdim etishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan «ruhlanishi», uni o‘zida mujassamlashtirishi lozim. T.Kun ta’biri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni echishni o‘rganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi»7. SHu sababli fanning betarafligi haqidagi xulosa doimo qizg‘in munozaraga sabab bo‘ladi.
Mafkurani o‘zlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi, shu sababli fan, garchi u har qanday mafkuradan butunlay xoli bo‘lishga harakat qilsa-da, mafkura ta’siridan hech qachon to‘la xalos bo‘la olmaydi. Mafkuraning xususiyatlari qatoriga mafkurachilar uning haqiqatni ataylab buzib ko‘rsatishi, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslikni kiritadilar. Fan esa mutlaqo qarama-qarshi tamoyillarga amal qiladi: u borliqni aniq va to‘g‘ri aks ettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan ko‘pincha murosaga keladi, hech qachon erishilgan natija bilan kifoyalanmaydi va falsifikatsiyalanishga moyildir.
Mafkuraning fanga munosabati quyidagi modellarda amal qiladi:
1) qoralash;
2) befarqlik (u yoki bu fan o‘z holicha rivojlanishiga yo‘l qo‘yib beradi);
3) rahnamolik va ekspluatatsiya qilish. Bunda muayyan yo‘nalishlarni rivojlantirish, rivojlanish jarayonini sekinlashtirish yoki to‘xtatishga qaratilgan mexanizmlar ishga solinadi.
Fanning ijtimoiy funksiyasi fan metodlari va uning ma’lumotlaridan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng ko‘lamli rejalarini tuzish uchun foydalanilishida namoyon bo‘ladi. Fan o‘zini ijtimoiy kuch funksiyasida davrimizning olamshumul muammolarini (tabiiy resurslarning kamayishi, atmosferaning ifloslanishi, ekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chog‘ida namoyon etadi. O‘zining bu funksiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘lanadi.
Jamiyat muttasil ta’sirining sezilishi bugungi kunda fan «ijtimoiy buyurtma»ni bajarishga majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qo‘llanish oqibatlari uchun katta axloqiy mas’uliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Aniq fanlarga nisbatan maxfiylik xususiyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, xususan, harbiy sanoat sohasida maxsus buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq. Darhaqiqat, shunday texnologiyalar mavjudki, insoniyat uchun ulardan foydalanish o‘ziga o‘zi ziyon etkazish yoki o‘zini o‘zi qirg‘in qilish bilan barobar.
Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va ijtimoiy ong haqidagi tasavvurlarni, olimning shaxsi va ma’naviy qiyofasi, bilishning kognitiv mexanizmlari va uning faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar haqidagi mulohazalarni kiritishni taqozo etadi. Ular fanni sotsiologik o‘rganish majburiyatini yuklaydi, chunki fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, o‘z rivojlanishining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari bilan ham tavsiflanadi. Faylasuflar fanning qo‘llanilishi o‘zining axloqiy va insoniy mazmunini yo‘qotishidan ehtiyot bo‘lishga chaqiradilar. Bu holda fan qattiq tanqid ob’ektiga aylanadi, olimlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson hayotining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz ilgari ta’kidlaganimizdek, inson qalbi intellektdan olam haqidagi tugallangan bilimni talab qiladi. Intellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida insonga yangi va yangi bilimlarni etkazadi. Zero, insondagi ruhiy holat intellektual holatdan kuchli bo‘lganligi uchun intellekt doimo murakkab vaziyatda qoladi. O‘zini qanoatlantirish doimiy bilish va olam haqidagi bilimlarni yangilash jarayonida bo‘lishdir; ruhiyatni qanoatlantirish mavjud bilimlarni qanday bo‘lmasin asoslashdir.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish