1-mavzu. Globallashuv tushunchasi, mohiyati, jamiyat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari



Download 240,87 Kb.
bet1/20
Sana18.07.2022
Hajmi240,87 Kb.
#820150
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5199588413283505760


1-mavzu. Globallashuv tushunchasi, mohiyati, jamiyat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari.

  1. Globallashuv tushunchasi. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

  2. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari. Globallashuv yuz berishida internet, badiiy adabiyot, OAV, ta’lim, hamkorlik va boshqalar.

  3. Dunyoning hozirgi mafkuraviy manzarasi.

O‘z davrida fransuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma’nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma’noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma’nosini izohlashga harakat qilamiz. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes revyu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo‘llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan1. Mazkur ta’rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e’tibor berilgan. Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta’kidlashicha, “...eng umumiy ma’noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”2. V.I.Danilov-Danilyan esa “Globallashuv ko‘proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so‘zdir. Globallashuv jihatlarining o‘zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”3, - deb yozgan edi. Ya’ni yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, globallashuv jarayoni o‘zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyoning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo‘lmoqda”4.


Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning ma’naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, Ya’ni bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. Shu bois yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Download 240,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish