1-mavzu: Ijtimoiy ишда этиканинг аҳамияти (2 soat) Reja



Download 108 Kb.
bet4/14
Sana31.12.2021
Hajmi108 Kb.
#218557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 маъруза ижтимоий иш да этикани ахамияти

Obyektni subyektga, uning predmetli-amaliy faoliyatini bilish deb izohlash mumkin. U obyektiv voqelikka shunchaki o‘xshash emas, balki subyekt bilan o‘zaro aloqa va ta'sir qiluvchi qismdir.

Subyekt - predmetli-amaliy faoliyat va bilishning ifodalovchisi (individ, ijtimoiy guruh) bo‘lib obyektga qaratilgan faollik manbayidir.

Ijtimoiy ishda obyektlar va subyektlarni tushunishda 3 ta muhim bolgan jihatni ta'kidlash lozim: birinchidan, ularning o‘zaro farqlari; ikkinchidan, ularning organik o‘zaro aloqasi va ta’siri; uchinchidan, ularning joy almashish imkoniyatlari.

≪Obyekt≫ hamda ≪subyekt≫ tushunchalari o‘zaro bogliqlikda bo‘lishi mumkinligini hamda nazarda tutish kerak. Obyektlisubyektlimunosabatlar ijtimoiy ishni asosan amaliy faoliyat sifatida tavsiflaydi.

Ijtimoiy ishni fan sifatida o‘rganishimizda obyektli-predmetli munosabatlar bilan ish ko‘ramiz. Agar obyekt ijtimoiy ishning amaliy muayyan bir turi sifatida qabul qilinsa, predmeti esa shu obyektning (mijoz - individ. oila, jamoa, ijtimoiy guruh) tomonlarini tashkil etadi. Ta'bir joiz bo‘lsa buni ijtimoiy ish qonuniyatlari

deb ham hisoblashimiz mumkin.

Ijtimoiy ishni o‘quv fani sifatida (aniqrog‘i o‘quv jarayoni) tahlil qilinganda, tinglovchilar, talabalar obyekt, subyektlar esa -o‘qituvchilar tarbiyachilar hisoblanadi. Shu bilan birga bu yerda obyekt-subyekt munosabatlari haqida gap ketganda, ayniqsa (tinglovchilar) talabalar mustaqil ilmiy tadqiqot va boshqa faoliyati (shu jumladan amaliy) jonli misol bo‘la oladi.

Ijtimoiy ishning obyekti keng ma’noda izohlanganda barcha odamlar hisoblanadi. Bu aholini barcha qatlamlari va guruhlarining hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy sohaning ahvoli, ijtimoiy siyosatning mazmuni, uni amalga oshirish imkoniyatlari bilan aniqlanadigan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Umuman aholini ijtimoiy himoya instituti doirasida ijtimoiy ish obyekti va subyekti masalasi yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy siyosatni yanada oydinlashtiradi. Chunki liar bir inson o‘z hayotining har qanday davrida o‘zning istak, ehtiyojlari, hatto qiziqishlarini tolaroq qondirilishiga intilishini ham nazarda tutish kerak. Shu bilan birga odam hayot faoliyatining har bir sohasida istak-ehtiyoj bir xil qondirilmasligi mumkin. Oddiyqilib aytganda har bir inson u yoki bu darajada jamiyat tomonidan qo‘llab-qo‘vvatlanishga, yordamga, himoyaga muhtojlikni anglatadi. Hatto boy odamning ham qattiq hayojonga soluvchi vaziyatlar bilan bog'liq tashvishlari, tinchroq vaziyatda o‘z sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga muhtoj bo‘ladi. Ba’zan sog'lom odam o‘zining turli niyatlarini amalga oshirishga imkoniyati bo‘lmay, omadsiz, hatto qashshoq boMishi mumkin yoki har qanday oilada er-xotin yoki ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlaming keskinlashishi kabi jarayonlarda ko‘rish mumkin. Aholi turli xil tabaqa, qatlamlarga mansub bo‘lib ularning ba’zilari hayotning qiyin, murakkab vaziyatiga duch kelganda o‘zining ijtimoiy muammolarini hal etolmaydigan darajada bolishi mumkin. Ijtimoiy huquq1 aynan aholining ana shu guruhlari, qatlamlariga alohida e’tiborni qaratishni nazarda tutadi. Umuman tabaqalashtirilgan yondashuv, ya’ni ularni klassifikatsiyalash (tasniflash) guruhlashtirish quyidagi shakllarda namovon etish mumkin:


Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish