1-Mavzu. Jamiyatdagi inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish



Download 49,25 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi49,25 Kb.
#198486
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nazariya



1-Mavzu. Jamiyatdagi inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish

  1. Ijtimoiy himoya ijtimoiy ish shakli sifatida

  2. Ijtimoiy ish tizimining umumiy xususiyati

  3. Ijtimoiy ish darajasi




  1. Aholini ijtimoiy himoya qilish keng ma'noda davlat va jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan eng yaxshi hayot darajasini taqdim etish, ehtiyojlarni qondirish, shaxs va ijtimoiy guruhlarning hayotiy ta'minoti va mavjudligini saqlab turish, fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlarni bartaraf qilish, iqtisodiy o‘zgarishlar davrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamlarini davlat tomonidan miniman darajada kafolatli ta'minlash bo‘yicha amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar yig‘indisidir.

Ijtimoiy himoya – insonni hayotiy boyliklar bilan doimiy va maqsadli ta'minlash bo‘yicha davlat va jamiyatning vazifasi bo‘lib, ijtimoiy huquq- oilaning sog‘ligi va farovonligini saqlash uchun zarur bo‘lgan hayotiy miqdorda ijtimoiy va moddiy ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. U ideologiya va davlatning ijtimoiy siyosati hamda uning amaliy faoliyat sohasi predmeti sifatida belgilanadi.

Har qanday jamiyatning ob'ektiv xususiyati uning ijtimoiy tengsizligi bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega boyliklar, masalan pul, hokimiyat, ta'lim, nufuzga fuqarolarning turlicha imkoniyatlarga egaligidir. Davlat eng yaxshi darajasni topish, tengsizlikni tartibga solish, ijtimoiy mexanizmlarni ishlab chiqish va qo‘llashni amalga oshirishi kerak. Ijtimoiy himoya tizimidagi bunday yo‘l adolatsizlik sifatida baholanadigan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va uning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Mazkur ko‘pgina dastlabki sabablar milliylik, jins, insonning ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog‘liq va ikkinchisi moddiy ahvol, individning oilaviy maqomi va boshqalarga bog‘liq. Ammo bunda ijtimoiy boqimondalikni rivojlantirmaslik muhim ahamiyatga ega.

Ijtimoiy himoya mohiyatini tushunishda fuqarolar erkinligi, faolligini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor beriladi. U mehnatga layoqatli aholi munosabatlarida amalga oshiriladi va davlat shaxsiy mehnat qobiliyati hisobidan hayot darajasini oshirish uchun insonlarga ijtimoiy kafolatlangan teng sharoitlar yaratishi kerak. Bir vaqtning o‘zida u ijtimoiy eksklyuziya, begonalashuv xavfi mavjud ijtimoiy himoya qilinmagan aholi guruhlarini himoya qilish kerak. Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib davlat insonning ijtimoiy rivojlanishi saqlashi, ijtimoiy himoyaga o‘z huquqini amalga oshirish uchun har bir shaxsning imkoniyatini ta'minlashi, ijtimoiy yordam va ko‘mak taqdim qilib, jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarni me'yorlashtirishi kerak.


  1. Ijtimoiy himoyaning universal tamoyillari insonparvarlik va ijtimoiy adolatlilik, ijtimoiy himoya sub'ektlari faoliyatida tizimlilik va majmuaviylik, yordam ko‘rsatishda oldini oluvchanlik, manzillilik, ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, ko‘p sub'ektlilik.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi insonning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasini o‘zida aks ettiradi. Unda davlat va jamiyatning o‘zaro bog‘liq qonun ijodkorligi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy faoliyati namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari ijtimoiy himoya ularning faoliyatini ta'minlaydigan ijtimoiy institutlar va huquqiy normalar tizimidir.

Davlatdan boshqa ijtimoiy himoya sub'ektlariga mahalliy boshqaruv organlari, ish beruvchilar , jamoat birlashmalari, o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshiruvchi va manfaatlarini himoya qiluvchi fuqarolarning o‘zlari kiradilar. O‘z-o‘zidan ijtimoiy himoya tizimiga insonlarning o‘z maqomlari, manfaatlari, huquqlarini himoya qiluvchi, jamiyatda o‘zlarini namoyon qilishning xususiy yo‘llarini ishlab chiqish kiradi.

Ijtimoiy himoya sub'ektlarining samarali faoliyati uchun aholining ijtimoiy himoyasini amalga oshirish imkonini beruvchi va shaxsning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirishni kafolatlovchi me'yoriy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik vositalar bo‘lishi zarur. Davlat ijtimoiy kafolati asosida ijtimoiy adolat tamoyiliga rioya qilish insonning minimal daromad, tibbiy xizmat, ta'lim, iqtisodiy va ma'naviy manfaatlar himoyasini olishini ta'minlashi kerak.

Davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati sifatida aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy sub'ekti sanaladi. Mazkur faoliyat sohasidagi ijro etuvchi organning yagona tizimi ijtimoiy himoya boshqaruv organlarini xarakterlaydi va idoraviy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, aholini ijtimoiy himoya qiluvchi mintaqaviy organlardan iborat. Bu tizimni takomillashtirish sohasidagi muhim vazifa uning ishlashini ta'minlaydigan ijtimoiy infratuzilma muassasalari va barcha darajalarda barqaror aloqalarni o‘rnatishdir. Aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish manbalari davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlari sanaladi: Ijtimoiy sug‘urta fondi, Majburiy tibbiy sug‘urtalash fondi, Pensiya fondi.

Yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish moliyalashtirish manbasi sifatida yaratilgan mustaqil davlat muassasalari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlari bo‘ladi: respublika (federal) va mintaqaviy . Ularning mablag‘lari muhtojlarga moddiy yordam, bepul oziq-ovqat berish, ijtimoiy ish ko‘rsatish, shu jumladan uyda, ixtisoslshatirilgan muassasalarda uysizlarni tungi vaqtlarda kelishini ta'mnlash maqsadlarida qo‘shimcha moliyalashtirishga sarflanadi.

Jamiyatda ijtimoiy himoya tizimi ishlashini baholashning mezoni insonlar manfaatlari ularning hayot faoliyatining barcha sohalarida real kafolatlarga ega ekanligi va himoyalanganligi bilan bog‘liqdir.

Turli mamlakatlardagi ijtimoiy himoyalanganlik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar BMT tomonidan ishlab chiqilgan aholining real xarid qobiliyati, ta'lim tizimi, sog‘liqni saqlashning holati, hayot davomiyligini hisobga oluvchi insoniy rivojlanish koeffitsienti sanaladi.

Ijtimoiy sug‘urtalash– yosh, kasalllik, ishlab chiqarish jarohatlari natijasida ishning vaqtinchalik yoki doimiy qisqarishiga olib keluvchi moddiy yo‘qotishlarni qoplashga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Bu ish beruvchilar, yollanma ishchilar va aholining band qismi badallari va ajratmali hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sug‘urtalash tamoyillariga sug‘urtalash davrida to‘plangan va xarid qilingan narsalarning saqlanishi va himoya qilinishi, insonlarning badal to‘lash huquqlari va sug‘urta kafolatlarini amalga oshirish imkoniyati kiradi.



  1. Ijtimoiy ish darajasi. Ijtimoiy xizmat ijtimoiy faoliyat shakli sifatida ko‘rib chiqilib, u amalga oshiriladigan vazifasi, shakllari, va uslublariga ko‘ra ma'lum darajaga ega bo‘ladi. Ammo bu atamani tushunishda bugungi kungacha yagona shakl mavjud emas.

Shunday qilib, R.Barkera1 ning ijtimoiy ish lug‘atida keng qo‘llangan tushuncha quiydagilarni o‘z ichiga oladi: individual ijtimoiy xizmat, guruhli ijtimoiy xizmat, jamiyatni tashkil qilish, ma'muriy ijtimoiy xizmat, tadqiqot, ijtimoiy siyosat, rejalashtirish, bevosita klinik amaliyot, oila va nikoh amaliyoti, boshqa shakllar, shuningdek ijtimoiy ishning umumiy amaliyoti mikro va makro darajalarni birlashtiradi. 2.

Ijtimoiy xizmatning ko‘lamiga ko‘ra davlat, mintaqaviy, mahalliy, individual darajada o‘tkazilishi mumkin.

Ijtimoiy ishning davlat darajasining mazmuni shuni belgilaydiki, eng avvalo davlatning qonunchilik bazasi va ijtimoiy siyosati, mamlakat miqyosida aholini ijtimoiy himoya qilishni boshqarish kiradi. Aynan shu darajada ijtimoiy xizmat keng ma'noga ega bo‘ladi.


Download 49,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish