1-Mavzu: Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi. Reja: Radio chastotalarning tasniflanishi


-Mavzu: Radioaloqani tashkil etish prinsiplari



Download 0,91 Mb.
bet6/7
Sana18.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#559684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Simsiz MI 4.2 4.3-5

3-Mavzu: Radioaloqani tashkil etish prinsiplari.
Reja:
1. Radio aloqa sxemasi.
2. Ikki tomonlama radio aloqa.
3. Retranslyator.
Radioaloqaning eng oddiysxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.



Buyerda:
1– ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.)manbai;


2–xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektrsignalga o‘zgartiruvchi qurilma;
3–uzatkichli modulyator.
4– radio qabul qilish qurilmasi.
5– Detektor.
6–Qaytatiklash qurilmasi.
Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, past chastotali signal yomon nurlanadi.
Radio signal deyiladigan modulyatsiyalangan yuqori chastota tebranishlar uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga yetib boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi – harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabul qilish trubkasi va boshqalarga beriladi, so‘ngra qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi.

Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radio liniyani hosil qiladi.1.2-rasmdn ko‘rinib turibdiki, radio liniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi.


Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radio liniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2-rasm).
Turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi.



1.2-rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya.

Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radio aloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalari joylashtiriladi.


Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish-uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita antennalar o‘rniga bitta umumiy qabul qilish-uzatish antennasi ishlatiladi.
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin:
1. Har ikkala uzatkichlar bitta chastotada ishlaydi, ya’ni qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa simpleks aloqa deyiladi.
2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-navbat yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa dupleks aloqa deyiladi.
3. Radioaloqa qabul qilish va uzatish chastotalaridan foydalanish orqali, lekin dupleks radioaloqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi.
Vaqtning bir momentida abonent“ qabul qilish” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa yarimdupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi.
Yarim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (judakatta) aloqaning uzoq masofaliligini ta’minlash hisoblanadi.Lekin uzoq masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq tekislik joydagi aloqa 5km atrofidagi masofalarda bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish