1-mavzu: Kirish. Bolalar folklori fanining maqsad va vazifalari. Bolalar folklori haqida. Bolalar folklorining tarbiyaviy ahamiyati. Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi. Reja



Download 47,33 Kb.
bet1/2
Sana12.02.2022
Hajmi47,33 Kb.
#444961
  1   2
Bog'liq
FM1


1-mavzu: Kirish. Bolalar folklori fanining maqsad va vazifalari. Bolalar folklori haqida. Bolalar folklorining tarbiyaviy ahamiyati. Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi.

Reja:
1. Folklorshunoslikning tarkibiy qismlari va o’ziga xos belgilari.
2. Xalq dostoni haqida ma’lumot
3. Doston sinkretik janr sifatida hamda maktablari haqida


Tayanch atamalar: folklor; an’anаviylik; variantlilik; badihaguylik; anonimlik, doston, baxshi, dostonchilik maktabi, xalq dostoni, badihago’ylik.

4.Xulosa.

MUAMMOLAR:


1. Folklor so`zining lug`aviy va terminologik ma’nolari. Uning tor va keng terminologik ma’nolari: go’zallik qonunlari asosida xalq tomonidan yaratilgan har qanday ijod mahsuli tushunilishi terminining keng ma’nosi, faqat xalq og`zaki poetik ijodinigina anglatishi tor ma’nosi ekanligi.
2. Folklorshunoslik folklorni o`rganuvchi fan sifatida. Uning boshqa fanlar bilan aloqasi: folklorshunoslik va tilshunoslik, adabiyotshunoslik; folklorshunoslik va tarix, arxeologiya, etnografiya; folklorshunoslik va falsafa, san’atshunoslik.
Folklorshunoslikning tarkibiy qismlari:
a) xalq ijodi namunalarini to`plash folklorshunoslikning tarkibiy qismi sifatida. Bu bo`limning vazifalari, folklor to`plash ishqning shakllari to`g`irisida;
b) folklor matnshunosligi. Bu sohaning vazifasi: xalq og`zaki poetik ijodi namunalarining turli variantlarini qiyoslash, badiyot, estetik prinsiplari asosida tanlash va nashrga tayyorlash hamda nashr etish;
v) folklor tadqiqotlari. Bu sohaning o`ziga xosligi, folklorni o`rganishda boshqa fan va mo`taxassisliklar bilan hamkorlik. Folklor xalq og`zaki poetik ijodi, xalq ijodining boshqa turlari - musiqa, raqs, artistlik va boshqalar, bularning o`zaro aloqasi. Folklor va yozma adabiyot, ular o`rtasidagi umumiy jihatlar: har ikkisining ham so`z san’ati ekanligi, har ikkisida ham hayot lavhalarining tasvirlanishi, voqelikning ma’lum bir estetik prinsiplarga asoslangan holda badiiy obrazlar orqali ko`rsatilishi , shuningdek, vazifadagi ta’limiylik va tarbiyaviylik, tasviriy vositalar mushtaraqligi.
3. Folklorning o`ziga xos belgilari: a) folklor - og`zaki ijod, og`zakilik folklorga xos yetakchi belgi ekanligi; uning og`zaki ijod namunalarining tarqalishi va ommalashuvida muhim faktor sanalishi. Badihago`ylik (improvizatsiya) haqida ma’lumot. Folklorning o`zgarishlarga uchrashida, badiiy jihatdan takomillashuvida Badihago`ylikning ro`li; ijrochining g`oyaviy niyati va badiha(go`ylik);
b) folklor - kollektiv ijodi. Folklorda ijodkor (dastlabki) individ-shaxsning asta-sekin umumjamoaga sig`inib ketishi (anonimlik vujudga kelishi ), kollektiv ijodi ustivorligining kelib chiqishi va kollektivlik folklorning muhim belgilaridan biriga aylanishi;
v) an’anaviylik. Mazmun va shaklda an’anaviylikning namoyon bo`lishi ;
g) variantlilik. Variantlilikning: a) etnografiya bilan bog`lanishi- turli urug` va qabilalar dunyoqarashi, yashash va fikrlash tarzi hamda ruhiy dunyosi variantlar kelib chiqishqning omili sifatida; b) iqtisodiyot bilan bog`lanishi - ko`plab chiqarish va iste’mol variantlilik omili sifatida; v) ijrochi bilan bog`lanishi - ijrochilarning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy qarashlaridagi o`zgachaliklar variantlilik omili sifatida;
d) o`zgaruvchanlik - folklorning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligi. O`zgaruvchanlikning folklorga xos boshqa xususiyatlar - og`zakilik, kollektivlik. Badihago`ylik kabilar bilan, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti bilan bog`lanishi.
e) anonimlik - folklor asarining dastlabki yaratuvchisi noma’lum ekanligi.
"Folklor" inglizcha so`z bo`lib, uning lug`aviy ma'nosi quyidagicha: folk-xalq, lore-donishmandlik. Fanda bu so`zning tor va keng terminalogik ma'nolari mavjud. Go`zallik qonunlari asosida xalq tomonidan yaratilgan har qanday ijod mahsuli tushunilishi -terminning keng ma'nosidir. Bunda xalq san'ati, amaliy san'at, musiqa san'ati, raqs san'ati, kashtachilik kabi go`zallik qonunlari asosida yaratilgan barcha ijod mahsuli tushuniladi. Atamaning tor ma'nosida esa faqat xalq og`zaki poetik ijodi, ya’ni xalq tomonidan yaratilgan og`zaki badiiy so`z san'ati tushuniladi.
Bu atama birinchi marta 1846 yili ingliz olimi Uilyam Toms tomonidan ilmiy olamga olib kirilgan. O`zbek folklorshunoslik ilmida esa, dastlab, atoqli olim Xodi Zarif tomonidan XX asrning 30-yillarida iste'molga kiritilgan. Folklorni, ya’ni og`zaki badiiy so`z san'atini o`rganuvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi.
Xalq tomonidan yaratilgan so`z san'ati asarlari boshqa fanlar tomonidan ham o`rganiladi. Masalan, tilshunoslik folklorni til nuqtai nazaridan o`rganadi, bu bilan shevalarga xos bo`lgan muhim xususiyatlarni belgilaydi. Ayrim mintaqalarga xos bo`lgan lug`aviy birliklarni aniqlaydi. Tilning tarixiy taraqqiyotini belgilashda ham folklor qimmatli manbadir.
Ma’lumki, folklorda shu folklorni yaratgan xalqning urf-odati, turli an'analari,
ruhiyati, fikrlash tarzi, falsafasi aks etadi. Shunga muvofiq folklorni etnografiya, psixologiya, falsafa kabi qator fanlar ham o`rganadi. Bunda har bir fan o`z mundarija maydonidan kelib chiqib ish ko`radi. Folklorshunoslikni folklorga so`z san'ati sifatda qaraydi. Folklorshunoslik so`z san'atini o`rganuvchi fan sifatida, birinchi navbatda, adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan zich bog`lanadi. Shuningdek, folklorshunoslik, tarix, etnografiya, falsafa, psixologiya, san'atshunoslik kabilar bilan ham aloqadordir.
Folklorshunoslik fan sifatida uch tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.
1. Folklorshunoslik fan sifatida, dastlab, faoliyatini o`zini o`rganish obekti bo`lgan og`zaki ijod manbalarini to`plashdan boshlaydi. Bu bo`limning vazifasi og`zaki ijod namunalarini qanday bo`lsa, o`shandayligicha yig`ishdan iboratdir.
2. Folklorshunoslikning ikkinchi tarkibiy qismi folklor matnshunosligi deb yuritladi. Bu bo`limning vazifasi to`plangan namunalarni nashr etishdir. Buning uchun esa nashrga tayyorlash zarur. Mana shu jarayonda to`plangan namunalarning turli variantlari qiyoslanadi. Badiiy-estetik prinsiplariga xos holda tanlanadi va nao`r etiladi.
3. Folklorshunoslikning uchinchi tarkibiy qismi folklor tadqiqoti deb yuritiladi.
Bu bo`limning vazifasi tadqiqotidir. Akademik yo`nalishdagi tadqiqotda
folklorshkunoslik boshqa fanlar bilan hamrohlik qiladi. Masalan, tadqiqotning uslubiy asoslari, folklorga san'at asarlari sifatida qaralishi va shu asosda baholanishi falsafa hamda san'atshunoslik estetik prinsiplaridan kelib chiqishni taqozo etadi. Badiiy qahramon va u yetishgan muhit ruhiyatini bilishga bo`lgan extiyoj folklorshkunoslikni psixologiya bilan hamkorlik qilishga olib keladi. Xullas, folklor tadqiqoti analitik ish sifatida folklorshunoslikni tarix va etnografiya bilan bolaydi.
Folklor ham, ma’lumki, adabiyot, og`zaki adabiyot, ya’ni so`z san'ati. Uning adabiyotning boshqa ko`rinishi-yozma adabiyot bilan umumiy bo`lgan tomonlarini ham yodda tutmoq lozim. Mana shu jihatdan qaraganda ular orasida quyidagi umumiylikni kuzatish mumkin:
- Har ikkisida ham so`z san'ati, tasvir vositasi so`zdir;
- Har ikkisida ham hayot va undagi voqea-hodisalar tasvirlanadi;
- Voqealar ma’lum bir estetik prinsiplarga asoslangan holda tasvirlanadi;
- Hayot va uning lavhalari badiiy obrazlar orqali tasvirlanadi;
- Obraz va obrazlilik umumiyligi mavjud;
- Tasvir vositalari umumiyligi mavjud;
- Adabiy tur umumiyligi mavjud;
- Vazifa mushtarakligi mavjud-ta'limiy, tarbiyaviy, estetik vazifalar umumiydir;
Ayni bir paytda folklorning o`ziga xos tomonlari ham bor bo`lib, bu belgilar quyidagilardan iboratdir:
1. Og`zakilik. Folklor og`zaki ijoddir. Bu uning yetakchi belgisi sanaladi. Xuddi shu og`zakilik folklor namunalarining keng tarqalishi va ommalashuvida muhim faktor sifatida xizmat qiladi.
Folklor namunalari paydo bo`lish nuqtai nazaridan qaraganda ham og`zakidir, u og`zaki vujudga keladi, badiiy sayqal topishi, qayta-qayta qo`lanishi ham og`zaki kechadi: og`izdan og`izga o`tib borish jarayonida har bir ijod namunasi tobora badiiylashadi, polsemantik ma'no kasb eta boradi. Bu esa badiiy so`z san'atining asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
Og`zakilik natijasida asar matni va g`oyasida turli o`zgarishlar bo`lishi ham mumkin. Bu esa, o`z navbatida, folklor tur va janrlari xususiyatlarida ham aks etadi. Masalan, har qanday zamonda folklor matndagi eng muhim , davr va to`zum qonun-qoidalariga oson sig`inib keta oladigan motivlar saqlanadi, ana shu davr uchun ahamiyatini yo`qotgan motivlar tushib qoladi. Ana shu jarayonda davr extiyojiga mos bo`lgan davrni ifodalovchi epizodlar folklor namunalari matnidan o`rin oladi.
Natijada folklor asarlari turli o`zgarishlarga uchraydi. Bu o`zigarishlar tufayli u yoki bu janrga mansub asar boshqa bir janr sirasiga o`tib qoladi, asar hajmi ham yo yiriklashadi yoki kichrayadi. Yiriklashish tufayli kichik asar, ya’ni ertak dostoiga aylanishi mumkin va, aksincha, doston ertakka aylanishi mumkin.
Turli o`zigarishlar kelib chiqishqning yana bir omili baxshilarning badihago`yligidir.
Badiha (improvizatsiya) tayyorgarliksiz badiiy asar yaratish. Baxshi tayyor, o`zi o`zlashtirgan folklor asarini hikoya qilish - kuylash jarayonida uning matniga o`zigartirishlar kiritish mumkin. Bunga sabab tomoshabinlar auditoriyasi. Agar mana shu auditoriya baxshiga ilhom bahsh etib tursa, ilhomlangan baxshi bor ovozda kuylash natijasida o`zidan ham qo`shib yuboradi va natijada asar matnida o`zigarish voyaga keladi. O`zgaruvchanlikning yana bir omili ijodkorning g`oyaviy niyati. Ijrochi - baxshi o`z niyati va g`oyasiga moslab, folklor asari matnining ayrim o`rinlarini o`zigartirishi mumkin. Umuman olganda, barcha o`zgarishlarning asosida og`zakilik yotadi.
2.Folklorning yana bir o`ziga xos belgisi uning kollektiv ijod mahsuli ekanligidir.
Folklorda dastlabki ijodkor individ shaxs asta-sekin umumjamoaga sig`inib ketadi va unutiladi. Bunda ham folklorning og`zakilik tabiati yetakchi ro`l o`ynaydi. Yana bir jihati shundaki, birinchi ijodkor shaxs tomonidan aytilgan gap sayqal topishga, badiiy qo`lanishga muxtoj bo`ladi. Ana shu qo`lanish-tufayli folklor asari o`zining dastlabki yaratuvchisidan uzoqlashadi. Mana shu omillar tufayli -kollektivlik folklorning muhim belgisiga aylanadi.
3.Folklorning navbatdagi o`ziga xos belgisi uning an'anaviyligida ko`rinadi.
An'aviylik vujudga kelishining omili ham og`zakilikdir. An'anaviylik tufayli badiiy ijod namunalari matnida nisbatan barqaror ifoda yo`llari qat’iylashadi. Bu narsa tasvirning poetik vositalarida ham doimiylik kasb etadi. An'anaviylik folklor asarlarining mazmun va shakli, kompozitsion tuzilishda namoyon bo`ladi.
4. Variantlilik folklorning o`ziga xos belgilaridan biridir. Variantlilikning kelib chiqishi etnografiya bilan bog`lanadi. Turli urug`- qabilalar o`zlarining dunyoqarashi, yashash va fikrlash tarzi, hamda ruhiy dunyosi bilan o`zaro farqlanadi. Mana shu farqlar turli variantlar kelib chiqishqga olib keladi. Variantlilikning yana bir omili iqtisodiyot bilan bog`lanadi. Ko`plab chiqarish, iste’mol turlichaligi hamda variantlar har xilligini vujudga keltiradi. Ijrochilarning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlaridagi o`zgachaliklar variantlilik vujudga kelishining navbatdagi omilidir.
5. Folklorga xos belgi sifatida o`zgaruvchanlik folklorga xos boshqa belgilarning, xususan, og`zakilik, kollektivlik, badihago`ylik kabi xususiyatlarning mahsuli sifatida vujudga keladi. Shuningdek, bunda jamiyat rivojining ham o`rni bor.
6. Anonimlik folklorning o`ziga xos belgilaridan biridir.
Xullas, 1846 yili ingliz folklorshunosi tomonidan fanga atama sifatida olib kirilgan "folklor" so`zi lug`aviy jihatdan xalq va donishmandlik ma'nolarini anglatib, fanda xalq tomonidan yaratilgan san'at asarlarini ifodalaydi. Bu haqda-
gi ilm esa folklorshunoslik deb yuritiladi. Yozma adabiyot bilan umumiy tomonlari mavjud bo`lganidek, o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir.
“Doston” so’zi fors tilidan olingan bo’lib, “qissa”, “hikoya”, “tarix” ma’nolarini ifodalaydi. O’zbek badiiy adabiyotida dostonlar yaratish ikki xil bo’ladi. Birinchi turi yozma adabiyot vakillari tomonidan har bir bandi masnaviy-ikki misradan iborat, faqat she’riy shaklda yaratiladi.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Navoiyning “Xamsa” asaridagi beshta doston va hokazolar. Yozma adabiyotdagi dostonlar aruz vanida yoziladi. Ikkinchi tur dostonlar og’zaki ijod tur mahsuli sifatida folklor an’analariga bo’ysungan holda yaratiladi. Filologiya fanlari doktori professor M.saidov ta’rificha, og’zaki ijoddagi dostonlarda she’riy va nasriy parchalardan iborat badiiy manbaa – matn bo’lishi kerak. Ikkinchidan, dostonnong muzikasi bo’lishi lozim. (bu o’rinda shuni aniqlab olish lozimki, har bir aohida olingan doston uchun alohida yiik doston muzikasi bo’lishi shart emas.)Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do’mbira cherta bilishi, qo’biz chala bilishi zarur. To’rtinchidan, dostonni kuylayotgan baxshi yaxshi ovozga ega bo’lishi va qo’shiq aytish mahoratini bilishi zarur .
Xalq og’zaki ijodidagi doston folklorshunos olimlarning diqqatini alohida o’ziga jalb qilgan, o’zbek xalq o’g’zaki ijodi tarkibida eng ko’p organilgan, katta munozaralarga sabab bo’lgan, qolaversa, o’zbek xalq og’zaki ijodi merosini butun dunyoga ma’lum va mashhur qilgan jandir.
Dostonni olimlar sinkretik janr deb biladilar. “Sinkretik” so’zi yunoncha birlashgan, qism, bo’laklarga ajratilgan degan ma’noni beradi. Dostonlar haqida gap ketganda, sinkretik so’zi bu janrdagi asarlarda so’z , musuqa, honandalik, hofizlik,babiiy o’qish, notiqlik, aktyorlik san’atlarining turg’un namoyon bo’lishidir. Haqiqatdan ham, Bola baxshi(Qurbonnazar Abdullayev), Chori baxshi Xo’jamberdiyev,Shomurod baxshi Tog’ayev, Qahhor baxshi Qodir baxshi o’g’li Rahimov ijrolarini bevosita ko’rish va eshitish jarayonida yuqorida qayd etilgan san’atlarning to’liq go’zallikda uyg’unlashuvi, qo’shimcha ravishda bu ijrochi va ijodkorlarda badiha san’ati mahorati to’liq namoyon bo’lganini ko’rganmiz. Ustoz Muhammadnodir Saidovning yuqorida qo’ygan to’rt talabiga doston haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun baxshining bevosita tinglovchilar doirasida tabiiy vaziyatda ijro mahoratidan bahramand bo’lish shartini ham qo’shimcha ravishda qayd qilmoqchimiz. Bu shartning zarur ekanligi televideniye, radio, fonogrammalar orqali doston ijrosi bilan tanishish natijasida aniq seziladi. Baxshi texnik vositalar (kamera, mikrofon) guvohligidan ko’ra bevosita tinglovchilar uchun tabiiysharoitda doston ijro etganda o’zini erkin his qiladi, badihago’ylik qobiliyatini yaxshiroq ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Baxshi diston kuylayotganida o’zining ijrisidan o’zi zavqlanadigan payt bo’ladi. Tinglovchilar baxshi mahoratidan baxra olib, ehtirosli ovozlar chiqarishadi. Ana shunday holatda baxshining qaynashi kuzatiladi. Tabiiy sharoitda qaynash tezroq amalga oshadi. Undan tashqari do’mbira to’ntarish odati ham bor. Ijrochi biroz dam olish bahonasi bilan do’mbira to’ntaradi va xonadanhavo olish uchun tashqariga chiqadi. Bu vaqtda tinglovchilar o’zi atagan tangalarini to’plab do’mbira yoniga qiyiqchaga solib qo’yishadi. Bu odat ham ijro vaqtida oson bajariladi. Xullas, baxshi uchun ham,tinglovchi uchun ham oddiy samimiy, tabiiy sharoitda doston aytish ma’qul hisoblanadi.
“Doston” so’zining yana bir ma’nosini ham bilib olish kerak. Bu-el orasida gapirilmoq, kuylamoq, og’izga tushmoq demakdir. Demak, dostonlarda ishtirok etgan qahramonlar, bir tomondan, asardagi obraz sifatida qayt etilsa, ikkinchi tomondan, el og’ziga tushuvchi, shuhrat topuvchi inson tushunchasini ham o’ziga singdirgan bo’ladi. Natijada, ayniqsa, ijobiy qahramonlarning og’izga tushushi yoki muhabbat topishi xalq pedagogikasi talablariga ham javob beradigan inson bo’lib tanilishi bilan bog’landi.
Shunday qilib, “Alpomish”, Go’rog’li turkumidagi “Go’rog’lining tug’ilishi”, “Malika ayyor”, “Ranvshan” kabi o’nlab asarlar, “Kuntug’mish”, “Rustamxon”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” kabi xalq og’zaki ijodidagi doston janriga mansub namunalar bo’lib, asarlar davomida el qalbidan samimiy hurmatga sazovor, shuhratga erishgan durdonalardir.
Dostonni baxshilar kuylaydilar.Baxshilar esa o’z ustozlaridan maxsus dostonchilik sirlarini o’rgangan san’atkorlardir.Agar maqollarni topishmoqlarni millatimizning istagan vakili aytishi,qo’shiqlarni har bir oshiq yoki ma’shuqa ijro etishi mumkin bo’lsa,doston ijrosi alohida shogirdlik faoliyatini boshdan kechirgan,maxsus ta’lim ko’rgan va muayyan iqtidorga ega shaxsgagina nasib qiladi.
“Baxshi”so’zi “O’zbek tilining izohli lug’ati”da to’rt xil ma’no berishi ko’rsatilgan:1-donishmand, 2-dostonlarni kuylovchi, 3-dam solib davolovchi tabib,4-Buxoro xonligidagi qurilish mablag’ini nazorat qiluvchi.Yuqoridagi to’rt ma’nodan uchtasi bevosita doston aytuvchi baxshilarga tegishli,desak xato bo’lmaydi.Chunki xalq orasida baxshi bo’lishi uchun inson donishmand, aqlli bo’lishi kerak, degan fikr qayta-qayta ta’kidlanadi.Ikkinchidan,”baxshi” lug’atda izoh berilishicha ,xalq dostonlarini ijro etadi.uchinchidanqadim zamonlardan xalq tasavvuridagi baxshilar so’zining mo’jizaviy fazilatidan foydalanib kishilarni turli xastaliklardan forig’ qiluvchi odamlar hisoblangan.Hozir va o’tgan asarlarda baxshi davrasida ishtirok etgan odamlar doston eshitish bilan birga dardlaridan ham qutilganlar, turmush tashvishlaridan ozod bo’lganlar, o’zlarini yengil sezganlar. O’zbek folklorshunosligi asoschisi H.T.Zarifovning ma’lumot, berishicha, baxsgi mog’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “usyod”, “ma’rifatchi” ma’nolarida qo’llangan. Ma’lum bo’ladiki, baxshi xalq tomonidan cheksiz hurmatiga ega, e’zoz topgan hunar egalari ekan.
Folklorshunoslikda baxshilarning turli nomlar bilan atalganligi ma’lum. Jumladan, yuzboshi, soqi, jirov, jirchi, oqin shular jumlasidandir. Ba’zan usta so’zi ham qo’llangan. Baxshilarnig ustoz izidan chiqib, o’ziga xos uslubda, badihago’ylikdan keng foydalanuvchilarni, ko’pincha shior db ham ataganlar. Shuningdek, Xorazmda doston aytuvchi ayollar xalfa nomi bilan mashhurdir.
Dostonchilik maktablari. O’zbek dostonchiligida doston kuylash an’anasi qadimda uch yo’nalishda shakllangan. Birinchidan, Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy tojikistonda yashvchi o’zbek-laqay dostonchilik maktablarida do’mbira chertib yakka holda, bo’g’iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g’ijjak, garmon, bulamoy, qo’shnay, doira jo’rligida ba’zan yakka, ba’zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchidan, Farg’ona vodiysida dutor jo’rligida ochiq ovozda aytilgan.
Shubhasiz, o’zbek dostonchilgida keng tarqalgan ijro usuli do’mbira ichdan kuch bilan ovoz chiqarishi juda qadim zamonlarda shimol xalqlari afsungarlari – shamanlarda mavjud edi. Demak, o’zbek baxshilari uzoq o’tmish zamonlar bilan qandaydir janr yoki san’at bog’laydi. Ehtimol, keyinchalik bu ijro usuli baxshilar uchun an’anaga aylanib ulgurgan. O’zbek dostonchiligi mif-afsona-rivoyat-ertak-naql-doston bosqichlaridan iborat diffuziya harakatining so’nggi bosqichida vujudga kelgan deb taxmin qilamiz. Mana shu jaratonning muayyan bosqichida ijro usuli hozirgi baxshilarimizning doston aytishlarini eslatishi mumkin. Har holda bunday baxshichilik san’ati bir necha asrlik tajribaga ega ekanligi bilan boshqa ijrilardan ajralib turadi.
Filologiya fanlari doktori, professor To’ra mirzayev ma’lumotiga ko’ra bulung’ur dostonchiligida qahramonlikdostonlarini ijro etish ko’proq amalga oshgan. Bu mktabning so’nggi vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li(1872-1955) hisoblanadi. Fozil Yo’ldosh o’g’li ijrosidagi “Alpomish”, “Yodgor”,” “Yusuf bilan Ahmad”, “Malikai ayyor” kabi dostonlar yozib olingan. Fozil Yo’ldosh o’g’li Yo’ldosh, Qo’ldosh, Suyarlarning tarbiyasini olgan. Ayniqsa, u ijro etgan “Alpomish” dostono xalq ijodidagi eng mu kammal asar sifatida butun dunyo folklorshunos olimlari tomonodan tan olingan.
Ergash Jumanbulbul o’g’lining nomi hamisha Fozil shoir qatorida juft keladi. Ergash shoir(1868-1937) qo’rg’on maktabi vakili edi. Bu yerda “Alpomish”, “Yakka Ahmad”, “Kuntug’mish”, “Ravshan” dostonlarini ijro qilish an’anasi kengtarqalgan. Folklorshunoslikda ayol baxshilar: Sulton kampir, Tilla kampir ham, shuningdek, Yodgor, Jumanbulbul, Josoq baxshilar ijodi o’rganilgan.
Shahrisabz dostonchiligida Abdulla Nurali o’g’li(1874-1957), Napay dostonchiligida Islom shoir Nazar o’g’li(1874-1953) ijodi alohida qayd etilgan. “Orzigul”, “Sohibqiron”, “Erali va Sherali” kabi dostonlar ijrosini bu maktab vakillari yuqori sa’nat darajasiga yetkazib kuylaganlar.
Bir baxshining ijodi butun tuman baxshichilik an’anasiga sezilarli ta’sir o’tkazishi hayot tajribasida tasdiqlangan holdir. Masalan,bir paytlar baxshilar sulolasi bilan g’ururlangan maktablar bugungi kunda inqirozga yuz tutgan bo’lishi mumkin.Xususan hozirgi paytda Bulung’ur, Nurota tumanlaridagi mashhur baxshilar o’z faoliyatlarni to’xtatganlar. Shu bilan birga Qashqadaryo viloyati Dexqonobod
tumanidagi Qodir baxshi Rahimov an’anasi to’la quvvat bilan farzandlari Qahhor, Abdumurod, Bahrom timsolida davom etmoqda.
Doston ijrosida Xorazm usuli Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi an’anadan tamomila farq qiladi.Bu yerda doston ijrosi professional xonandalik yo’lida amalga oshiriladi. Baxshi doston matinini yoddan ijro etadi,shu bilan birga do’mbira chertuvchi b axshilardan farqli ravishda dostonga yo’l-yo’lakay o’zgartirish kiritishdan o’zlarini saqlaydilar.Chuki Xorazm dostonchiligida doston matn, ko’pincha,xalq kitoblari turkumidagi XIX asrda chop etilgan kitoblarga asoslanadi. Matinga o’zgartirish kiritish bu an’ana qoidalari bo’yicha ma’qullamaydi. Tabiiy savol tug’iladi: u holda Xorazim baxshilarining doston aytish mahoratini qaysi mezon belgilashi mumkin? Xorazm baxshilari o’z maxoratlarini dostonni aytishda mumtoz musiqaga, dostondagi she’riy parchalarni alohida qahramonning ariyasi darajasida kuylash bilan ko’rsatilgan. Xorazm baxshilarining ovozi mumtoz ashula aytuvchilar ovozidan deyarli farq qilmaydilar.Doston musiqasi ham mumtoz san’at usuliga asoslangan. Ahmatd baxshi, Bola baxshi, Qodir sozchi, Boltavoy baxshi kabi san’atkorlar ijodi Xorazmda shuhrat topgan.
XX asr Xorazm dostonchiligining rivoji, shubhasiz, Bola baxshi –Qurbonnazar Abdullayev ijodi bilan bog’liqdir. Xorazmda ayollarnini ham doston aytoshi tus olgan. Bibi Shoira, Xonimjon xalfa,Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova Xorazm dostonlarini kuylashda yetuk baxshilar qatoridan munosib o’ringa ega bo’lganlar. Bu an’anabugungi kunda hamto’liq davom etmoqda. Qalandar baxshi Normatov, Norbek Abdulayev, Zulfiya Ortiqova, Nodira Bekova, Rohat xo’janiyozovalar ustoz baxshilar va xaffalar san’atini davom ettirmoqdalar. Ayniqsa, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Oshiq oydin”, “Bozirgon” kabi dostonlar mahorat bilan ijro etilmoqda. Xalfalar esa dostondan parchalar, to’y qo’shiqlari, lapar, yallalarni kuylashda xqlqqa rohat bag’ishlamoqdalar.
Xorazm dostonlarini ijro etishda mahalliy sharoitda tajribadan o’tgan tarixiy odatlar haqida baxshilardan ma’lumot olganmiz. Unga ko’ra XIX-XX asrlarda xorazmda to’y bergan odam marosimga uch-to’rt guruh baxshilarni chaqirgan. Gurhlar bir-birlariga xalaqit bermaydigan masofada davra qurishgan. Tinglovchi bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tib yurgan. Qaysi baxshi ma’qul bo’lsa, o’sha davrani ma’qul ko’rgan. Natijada mohir va no’noq baxshi atrofidagilar soniga ko’ra ajralib qolgan. E’lon qilingan musobaqada mag’lubiyatga uchragan baxshi o’z ustida ishlashga majbur bo’lgan. Shuningdek Bola baxshining eslashicha, Muhammad Rahimxon Feruz xonlik paytida har yili hofiz, sozanda, baxshilarning ko’rigini o’tkazar ekan. Ko’rikdan o’ta olmagan san’atkor tinglovchilar oldida soz chalish, ashula aytish, doston kuylash huquqidan mahrum qilingan. Bu san’atkor keyingi tanlovgacha o’z ustida mashq qilgan, ishlagan. Darvoqe, 1909-yilda 9-10 yashar Qurbonnazarni xon huzurida doston aytishga chaqirishadi. Feruz yosh baxshidan uning ismini so’raydi. Bola ismi Qurbonnazar ekanligini aytganda, xon tabassum bilan:-Sening isming Qurbonnazar emas, Bola baxshi,-deb unga oq fotiha bergan ekan. Shu-shu Qurbonnazar Abdullayev Xorazmda va Turkmanda “Bola baxshi” nomi bilan mashhur bo’lgan.
Xorazm dostonchiligini chuqur ilmiy asosda o’rgangan filologiya fanlari doktori, professor Safarboy Ro’zimboyev Xorazm dostonchiligi, o’z navbatida, Shimoliy va Janubiy ananalarga bo’lingan, ulaning o’zaro farqlari vabaxshilar, sozchi(garmon bilan kuylovchilar)lar haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilingan.
O’zbek dostonchilik an’anasining yana bir turi Farg’ona vodiysida shakllangan. Namangan viloyatining shimoli Uychi, Yangiqo’rg’on, Chortoq atroflarida Dehqoboy Bahomov, Ikrom Rizayev, Omon baxshi Razzoqovlar ijod qilihgan. Mahalliy xalq og’zaki ijodini o’ragngan olim Abdushukur Olimov taniqli Folklorshunos olim Tojiboy G’oziboyev bilan hamkorlikda doston an’anasini o’rganib, Qo’lbuqon, Sayram, Ariqbo’yi maktablai mavjudligini qayd etadi.
Ahmadjon Meliboyev “Safed bulin hikoyalari” kitobida peshqo’rg’on qishlog’ida yashab istiqomat qilgan olim baxshidan “Yozi bilan Zebo”dostononi o’n ikki varaqli o’quv daftaridan o’ntasiga yozib, Muzayana Alaviyaga yuborganini ma’lum qilgan. Ammo bugungi kunda Farg’ona vodiysidagi dostonchilik an’anasida doston ijro etadigan baxshilar ijod faoliyatini to’xtatganlar.
Hamma o’zbek dostonchiligi an’analarida hajman cheklanish kuzatilmaydi. Madaniy merosimiz xazinasi sifatida “Bozirgon”, “Sohibqironning tug’ilishi” kabi kichik asarlar va ayni paytda “Alpomish”, “Malika ayyor”dek yirik dostonlar bor. Dostonlar hajmidagi nisbiy o’lchov inobatga olinsa do’mbira chertib ijro etiladigan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryoda aytiladigan dostonlar hajmi Xorazm dostnlaridan ham kengligi bilan ajralib turadi. Hajman Farg’ona vodiysidagilar ancha kichik hisoblanadi.
Doston matni she’riy va nasriy parchalardan iborat bo’ladi. Fozil Yo’ldosh o’g’li Bulung’ur tumanidan bo’lganligi uchun do’mbira chertib ijro etiladigan dostonlarni shartli ravishda samarqand dostonchiligi deb ataymiz. Bu asarlar an’anasida she’riy va nasriy parchalar badiiy jihatdan, voqealar bayonini ifodalash, qahramonlar ruhiy holatini tasvirlash jihatdan teng hisoblanadi. Fikrimizni dalillash uchun Ergash Jumanbulbul kuylagan “Ravshan” dostonidan nasriy parcha keltiramiz: “Oqqiz shunday qiz edi: oti oqqiz, Zulxumorga naq qiz, o’zi to’lgan sog’ qiz, o’rta bo’yli sog’ qiz, o’ynagani bog’ qiz, uyquchi emas, sog’ qiz, eri yo’q-o’zi sog’ qiz, o’zi semiz, turishi yog’ qiz, yaxshi, chiroyli bolani ko’rsa esi yo’q- ahmoq qiz, qora ko’z, bodomqovoq qiz, tanasi to’sh qo’ygan keng qiz, sarg’isi do’ng qiz urushqoq emas, a’zosi bari teng qiz....”
Bu dostondagi she’riy qismlardan biriga diqqat qiling:
Chu deb otin uradi,
Oyog’ini tiradi.
Suvsiz cho’lda G’irko’k ot,
Irg’ib, sakrab boradi.

Suvsiz cho’lda mardhasan,
Qattiq qistab boradi.
Obro’ ber deb yo’llarda,
Hasan ketib boradi.
Ba’zi o’rinda dombira chertib aytiladigan dostonlarda lirik mazmundagi she’rlar ham uchraydi:
Paydo bo’ldi ikki gavhar donadan,
Parvoz qilib uchdim manzilxonadan.
O’lim uchun g’am yemayman, bo’yingdan,
Bir armonim, yo’lgiz edim enamdan.
Yuqorida keltirilgan parchadan bitta maqsadni nazarda tutamiz. Mazkur an’anasidagi asarlarda she’riy a nasriy parchalar badiiy jihatdan bir-biriga mutanosib turadi. Nasriy parchada qofiyalangan nasr-ilmiy adabiyotda sa’j deb atladigan usuldan foydalanilgan. Badiiy mukammallik har ikki shaklga xos fazilat sifatida belgilanaveradi.
Bu fikrni Xorazm dostonlariga nisbatan ayta olmaymiz. Chunki “Oshq G’arib”, “Oshiq Alband”, “Bozirgon” dostonlaridagi voqealar rivoji faqat nasriy parchalar zimmasiga yuklatilgan. Agar o’quvchi dostonning mazmuni bilangina tanishish maqsadini o’z oldiga qo’ysa, dostondagi nasriy parchalarni o’qishi kifoyadir. She’rda asar qahramonlarining ruhiy holati, ichki kechinmalari o’z ifodasini topadi. “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostonida Shohsanam kanizlaridan uyalib, o’z holini shunday bildiradi:
To dunyodan ko’z yummayin,
Qayg’udan judo bo’lurmi?
Go’zal yorning firog’ida
O’lmakka ravo bo’lurmi?
Nasrda quyidagilarni o’qiymiz: “Andin so’ng Shohsanamning ahvolini eshitib, aqcha sadoqatli bo’lib, mahram libosini kiyib Shirvon, Shemoha ketti. Necha kunlar yurib Shirvon, Shemoha yetti”. Bu an’ana hamma Xorazm dostonlariga xos an’ana hisoblanadi. She’riy parchada lirik ehtiros aks etadi. Nasr esa dostondagi voqeani bayon etish uchun xizmat qiladi. Shunig uchun nasr badiiy mukammallik bilan ajralmaydi. Agar xorazm dostonlaridagi she’riy parchalar alohida jo’rlik yordamida aytilishini nazarda tutsak, bi doston o’ziga xos qo’shiq konsertidan iborat bo’lib qoladi. Baxshining doston voqeasi haqidagi hikoya esa konsertning o’ziga xosligini ta’minlovchi bir belgi, xolos.
Endi Namangan dostonchilik an’anasiga oid “Zamonbek”dan olingan parchaga diqqat qiling: “Go’ro’g’li yigitlarining g’ayrati kelib, o’tday tutashib, Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quvib turgan joyi ekan:
Ko’ring Shodmon polvon ishini,
Uni-buni deganiga qo’ymaydi.

Ko’p yigiti bir aylanib kelganda,
Mamaniyoz bir ag’darib tashlaydi.
Nasr va she’rdan iborat parcha mazmunifan ko’rinib turibdiki, Farg’ona vodiysidagi Namangan dostonchiligida nasr va nazmning badiit vazifasida farq yo’q ekan. Har ikkala shaklda ham voqea rivoji, doston mazmuidagi lavhalar tasviri ifodasini topaveradi.
Yuqoridagi misollar bilan ko’rsatilgan uch an’ana haqida tasavvur paydo bo’lgandan so’ng o’zbekdostonchiligi, uning xalq og’zaki ijodining merosida tutgan o’rni yuzasidan to’liq tushunchaga ega bo’lamiz. Eng muhimi, do’mbira ijro etiladigan va Xorazm, Far’g’ona vodiysidagi an’analarni birlashtirib atadigan bo’lsak, dostonchilkda she’riy va nasriy parchalar birikuvidan epik asarlar paydo bo’lishi bilan izohlanada.
Xorazm dostinlarini o’rganish tajribasi har bir baxshi ijodiga alohida-alohida yondashish lozimligini ta’kidlamoqda. Doston ijrosi qaysi an’ana, qaysi matabga taalluqligidan qat’iy nazar, doston ijrosiga bo’lgan munisabatni baxshining mahorati, sozandalik darajasi, aktyorligi, ovozi belgilaydi. 1970-yilda Xorazm televideniyasi taklifi bilan Bola baxshi ijodiga bag’ishlangan ko’rsatuv tashkil etdik. Ssenariy loyihasi bo’yicha Qurbonnazar ota Abdullayev yoshligidan doston aytib xalq orasida mashhur bo’lgan. Biz Bola baxshining o’rniga uning farzandlarini “yosh Bola baxshi”deb ekranda ko’rsatdik. Avvalo, tor ovozi jarangdor edi. Baxshining yuzi to’liq harakatda edi, ko’zlari o’ynardi, qoshlari bir balandda, bir pastda qoqilardi. Burun, mo\ylov, lab shunchalik ko’rinish kasb etgandiki, butun studiya shu tomoshani ko’rgani yig’ilardi. Ustiga-ustak, bir payt baxshi qo’lidagi soz tepaga uchib ketdi. Soz usuli buzilmagan holda yana qo’liga qaytdi. 70 yoshgdan oshgan Qurbonnazar ota: “Mening yorim og’ saylina galarmish”-deganda, studiyaning barchasi o’zini Oshiq G’aribdek his qildi. Dekabr oyining ixirgi kunlari bo’lishiga qaramay, shu zahoti tashqariga chiqib gul terish havasida yondilar. Baxshilar bilan bnday muloqot bir umr esda turishi tabiiydir.
2009-yil yanvar oyida O’zbekiston Milliy unversitetining jurnalistika, O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari O’zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov bilan, 2010-yilda O’zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Tog’ayev bilan amaliy mashg’ulot- uchrashuv o’tkazdi. Baxshilarning sahnadagi chiqihlari barchani lol qoldirdi. Soz,ovoz, badiha, mahorat baxshining o’zi doston degan mo’jizaviy san’atning sehri ekaniga hamma ishonch hosil qildi.

Download 47,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish