1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari. (4 soat)


Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi



Download 62,74 Kb.
bet6/13
Sana31.03.2022
Hajmi62,74 Kb.
#520128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy t

Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo- sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta'lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta'lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta'lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:



  • o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‘jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari, byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;

  • o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;

  • ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;

  • o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga

keltirish;

  • ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga erishish.

Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko‘rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o‘stiruvchi iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar va munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta'minlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
Oilaviy hayotning me'yorida bo‘lishi ko‘p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog‘liq. Shu bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag‘larni tejab-tergab, ulardan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o‘rgatish, o‘zining shaxsiy hamda oila a'zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas'uliyatli yondashishga ko‘niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson mehnatiga to‘nadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir (iqtisodiy tarbiya)



Download 62,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish