1-Mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni Reja


Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari



Download 204,27 Kb.
bet9/12
Sana11.09.2021
Hajmi204,27 Kb.
#171359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ped.konflikt. 1-amaliy mashg`ulot

Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari: Konflikt yechimida tana zabonini to‘g‘ri anglash juda katta ahamiyat kasb etadi. Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari sizni kiyin ahvolga solib qo‘yishi va noto‘g‘ri xulosalarning qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kuyida hikoya qilib beriladigan voqeada tana zaboni bo‘yicha ma’lumotlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida ro‘y bergan holat ko‘rsatiladi.

Tarix darsida hamma o‘z vazifasini bajarib sinfda o‘tiribdi. Akrom ham shu sinfda o‘qiydi. Kechqurunlari u oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida bozorga qatnaydi. Akrom kechqurunlari ishlab, bir ikki so‘m topma-sa, onasi qiynalib qoladi. Kunduzi maktabda o‘qish, kechqurunlari bozorda ishlash Akromni ancha toliqtirib qo‘ygan. Akromga hayot qo‘ygan talablar katta, ammo sog‘liq va vaqt kam. Shu bois Akrom tez-tez charchaydigan, darslarni qilishga ulgurmaydigan bo‘lib qolgan.

Dars boshlangandan 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng birdaniga eshik ochilib, Akrom sudralib sinfga kirib keladi. Akrom juda charchagan, bir navi kiyingan. Kechasi bilan yuk tashigan. Yuvilmagan, g‘ijim ko‘ylak, dazmollanmagan, chang tekkan shim, iflos oyoq kiyim. U o‘qituvchiga bir nimani uzr so‘raganday ming‘irlab, oyog‘ini arang sudrab, joyiga, ya’ni partasiga shalpayib o‘tirdi. Akrom atrofdagilarga bee’tibor, atrofida nimalar bo‘layotganligini uncha anglamaydi, chunki u – charchagan va uxlamagan. Oyog‘ini parta ostidan cho‘zib, o‘rindiqqa qulayroq o‘tirib olib, u ko‘zlarini yumadi. Ammo Akromning o‘zini bunday tutishi o‘qituvchiga yoqmaydi. O‘qituvchi Akromni o‘ziga nisbatan buhurmatlilik va inkor etishda (ignorirovanie) ayblashga moyilroq.

«Kim savolga javob beradi?», - deb so‘radi o‘qituvchi. «Balki bizga Akrom yordam berar? Bu savolga javobni bilasanmi? Akrom?!», - deb so‘radi o‘qituvchi.

«Nima, e-e, ux, bu…, iltimos, savolni qaytarib yuboring», - dedi ko‘zi uyquga ketib qolgan Akrom.

«O‘zim ham shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Sen yana dars qilib kelmabsan?» - dedi o‘qituvchi Akromning partasi oldiga kelib. «Senga nima bo‘lgan o‘zi. Hech vazifalarni qilmaysan. O‘zingni xudodek tutasan. Tuzukroq na salom bor, na alik. Faqat oyog‘ingni cho‘zib, mudrashni bilasan. Nimaga kelasan o‘zi maktabga? O‘zingni ko‘rsatganimi? Seni direktor oldiga jo‘natish kerak», - dedi o‘qituvchi.

«Men nima qildim sizga? Hech narsa qilmadim-ku? Jimgina o‘tiribman-ku?!» - deya hayron bo‘ldi Akrom.

«Nima qildim?!» - deb o‘z navbatida hayron bo‘ldi o‘qituvchi. «Nima qildim? Qilganlaring kammi?! Eng avvalo sen sinfga kirganda sinfdoshlarga nisbatan, menga nisbatan behurmatlik ko‘rsatding. Ikkinchidan, darsga kelar ekansan, darsni bajarib kelishing kerak. Darsga tayyor bo‘lmasang kelganingdan nima foyda?! Uchinchidan, darsda esankirab o‘tirasan. Umuman befarqsan! Bor direktor oldiga!»

«Ustoz, bu adolatdan emasku, men sal charchagan edim. Shu xolos, men…» - dedi Akrom, ammo uning so‘zlarini o‘qituvchi keskin bo‘lib tashladi.

«Hechnimani bilishni istamayman! Charchasang, kechqurunlari sandiraqlab yurma, uyda o‘tir, dars qil! Bor direktorga aytasan dardingni» - buyruq berdi o‘qituvchi.

«Bo‘ldi, baqiravermang», - deb javob qaytardida, Akrom sinfdan chiqib ketdi.

Mana shu vaziyatni tahlil qilsangiz, kim haq yoki nohaqligini anglashga urinsangiz, tana zaboni bo‘yicha bilimlar naqadar zarur ekanligini, tana zabonini to‘g‘ri anglash, to‘g‘ri tarjima qilish zarurligini ham anglagan bo‘lasiz. Shu bois, tana zabonini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g‘ri anglash qonuniyatlarini bilgan yaxshi. Tana zabonini qanday qo‘llash zarur? Shu masalani oydinlashtiramiz(3-ilova).




Download 204,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish