Xalqimiz yangi tarixining muhim voqelaridan biri sifatida Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxt Toshkent shahrining Olmazor tumanida ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “G‘alaba bog‘i”, “Shon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi”, “Mangu jasorat” monumenti barpo etildi. Mazkur ulug‘vor majmuaning barpo etilishi xalqimiz tarixining hamda shonli o‘tmishining yorqin namunasi bo‘ldi. Chunki o‘zbekistonliklar ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan yakunlanishida ulkan hissa qo‘shdilar. Lekin shu paytgacha bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua hali respublikamizda yo‘q edi. Davlatimiz ilmiy-ijodiy jamoatchiligining takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tez orada alohida badiiy-me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya asosida g‘alaba sharafiga ulug‘vor va betakror majmua bunyod etildi.