1-mavzu Savol va topshiriqlar



Download 21,99 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi21,99 Kb.
#675871
Bog'liq
Ilhom


1-mavzu
Savol va topshiriqlar
1. Hofiz qaysi davrda yashab ijod qilgan?
2. Shoir devoni haqida ma’lumot bering.
3. Hofiz she’riyatining yetakchi mavzui nima?
4. Shoir badiiy mahoratini ta’riflang.
5. Shoir g’azallaridan namunalar tahlil qiling.

1. Hofiz qaysi davrda yashab ijod qilgan?



Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy XIV asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan. Lekin butun umri davomida ona shahridan chetga chiqmagan bu «isonafaslik rindi Sheroz» (Navoiy) o’zining yoniq she’rlari bilan yarim dunyoni egalladi va o’zidan keyingi Sharqu G’arb adabiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Buyuk nemis shoiri Hyote Hofizni «noyob uslub dahosi», «muqaddas Hofiz» deb ulug’lab, uning ta’sirida «G’arbu Sharq devoni»ni yaratgan bo’lsa, V. Jukovskiy, A. Pushkin, YU. Lermontov, A. Fet, S. Yesenin kabi rus shoirlari Hofizdan ilhomlanib, «hofizona» ohanglarda she’rlar yozganlar, uning ijodini yuksak baholaganlar.

2. Shoir devoni haqida ma’lumot bering.

Shoir o’zi devon tuzgan emas, uning "Devon"nini sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14-asr oxiri — 15-asr boshlari) tuzgan. Shoir dеvonida ilohiy ishqqa oid g’azallar salmoqli o’rinni egallaydi. Uning uchun ishq yagona, ammo u goh ilohiy-haqiqiy, goh dunyoviy-majoziy ishq sifatida namoyon bo’ladi:
Ishqning asli bir, valе o’zin,
Gah haqiqat, gahе majoz aylar

3. Hofiz she’riyatining yetakchi mavzui nima?

Shoir shе'riyati mavzu jihatdan ham rang-barangdir. U hayotiy va ilohiy ishqni, tasavvuf g’oyalarini, islom qarashlarini, inson muhabbati bilan bog’liq turli kеchinmalarni, so’fiylik mafkurasini, turli falsafiy qarashlarni, odob - axloq, ilm - ma'rifat va boshqa mavzularni asos qilib oladi.

4. Shoir badiiy mahoratini ta’riflang.


Hofiz.Xorazmiy ham oʻz zamonasining insonparvar, maʼrifatparvar vakili sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Navoiylar singari diniy-tasavvufiy dunyoqarash vakilidir. Sheʼrlarida Mansur Hallojni chuqur hurmat bilan tilga olgan. HX. turkiy tilda boy adabiy meros qoldirgan. Sheʼrlari mazmun-mundarijasining kengligi, falsafiy teranligi, inson-parvarlik ruhi, yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Tili sodda, ravon, xalq tiliga yaqin, Xorazm shevasiga xos unsurlar koʻp uchraydi.


5. Shoir g’azallaridan namunalar tahlil qiling.
Gum bo’lib ketgan Yusuf Kan’onga kelgay, g’am yema,
G’am uyi bir kun munavvar onga kelgay, g’am yema.
Shod bo’lg’ay bu ko’ngil bir kun, ko’ngilni buzmagil,
Yuksalib boshing yana osmonga kelgay, g’am yema.
Gar bu gardun ikki-uch kun biz uchun evrulmadi,
Bir kuni bu dardu g’am yaksonga kelgay, g’am yema.
Kelgay ul umring bahori, gul yopingaysan yana,
Bulbulo, bog’u chaman tug’yonga kelgay, g’am yema.
Parda ichra bir nihon nayranglar asrar g’aybkim,
Sengamu yo mengamu – qay jonga kelgay, g’am yema.
Qasri bunyodingni, ey dil, gar fano seli yiqar,
Nuh panohing bo’lsa gar – to’fonga kelgay, g’am yema.
Ka’ba shavqi birla gar kechsang biyobonlarni zor,
Qanchalar xoru tikan isyonga kelgay, g’am yema.
Qismat o’lmish bizga yor jabriyu ag’yor minnati,
Bu xabarlar baribir Yazdonga kelgay, g’am yema.
Kimki sarson bo’ldiyu olamda bir do’st topmadi,
Ul yetishgay do’stgayu javlonga kelgay, g’am yema.
Garchi maqsad noayonu yo’l – xatar, manzil yiroq,
Barcha yo’llar oxiri poyonga kelgay, g’am yema.
Hofizo, bu faqru xilvat kechalarning qo’ynida
To tiling aytar, diling Qur’onga kelgay, g’am yema.
Bu g’azal tasavufiy yo’nalishda yozilgan bo’lib, unda insonning ollohga bo’lgan ishqi, bu dunyoda nafsga yo’l qo’ymasdan, komillikka erishishga harakat qilish kk.
G’azalning qofiyalanishi: a-a. b-a, c-a, d-a.
G’am yema so’zi radif, y tovushi raviy va muqayyad qofiya.

Download 21,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish