1-Mavzu: Sifat va son so’z turkumi



Download 26,06 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2022
Hajmi26,06 Kb.
#707013
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu til t

Tarkibli sanoq sonlar. Eski o‘zbek tilida ham tarkibli sanoq sonlarning hosil bo‘lishida hozirgi o‘zbek tilidagi kabi oldin katta son, keyin kichik son keladi: on besh, yüz ottuz toqquz, miŋ toqquz yiiz olti kabi.
Tarkibli sanoq sonlarning qismlari odatda yordamchi vosita- siz birikadi (yuqoridagi misollarga qarang). Shu bilan birga, ba’zan qismlarning bog‘lovchi orqali birikish hollari ham uchraydi. Qiyoslang: Yigirmi dag‘ı bir (SHN). Yılg‘a miŋ sekkiz yüz-u toqsan edi (Furqat).
Keltirilgan misollarning birinchisida dag‘ı bog‘lovchisi, ikkinchisida -u bog'lovchisi tarkibli sanoq son qismlarini birikti- rish vazifasida kelgan.
Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida tarkibli sanoq sonlarning tuzilishi boshqacha tartibda bo‘lgan. Masalan, 0‘rxun-Enasoy yodgorliklarida tarkibli sanoq sonlar quyidagi ikki usul bilan ifodalangan:

  1. kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi. Masalan, iki yigirmi — “o‘n ikki” (12) ma’nosida, ya’ni “yigirmaga tomon ikki” degan ma’noda. Yana misollar: tѳrt yigirmi (14), alti otuz (26), iki qirq (32), üch elig (43), besh altmish (55), toquzyetmish (69);

  2. katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqi (artuq+i) so‘zi yordamida bog‘lanadi. Masalan, otuz artuqi uch — “o‘ttiz uch” (33) ma’nosida, ya’ni “o'ttizdan uch ortiq, o‘ttizga uch qo‘shildi” degan ma’noda. Yana misollar: otuz artuqi tѳrt (34), otuz artuqi yiti (37), qirq artuqi iki (42), qirq artuqi alti (46).

Qadimgi turkiy (uyg‘ur) tili yodgorliklarida asosan iki yigirmi (12) turidagi shakl qo‘llangan.
Turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida tarkibli sanoq sonlar otuz artuqi üch (33) turidagi ikkinchi usul asosida rivojlangan, ya’ni bunda otuz artuqi üch tarkibidagi artuqi bog'lovchisi tushib otuz üch qolgan (otuz artuqi üch > otuz üch).
Iki yigirmi (12) turidagi shakl hozir ba’zi turkiy tillarda, jumladan, sariq uyg‘urlar tilida saqlangan: per yıg‘ırma (11), peshyig‘ırma (15), per otus (21) kabi.

  1. Eski o‘zbek tilida ham bir soni ko‘p ma’noliligi bilan boshqa sanoq sonlardan farqlanadi. Bir soni o‘z ma’nosida qo‘lla- nishidan tashqari yana bir qancha vazifalarni ham bajaradi. Bu- lardan asosiylari quyidagilar:

  1. Noaniqlik ma’nosini bildiradi: Og‘ul bir ün qildi (QR). Dasht ara Majnunni kѳrdi bir kishi (Navoiy, LT). Bir ajab fikr kѳŋülgä kelädiir (SHN).

  2. Ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi: Bir qiya baqsaŋ zakati husn üchün (Lutfiy). Ahli zamāna xoblanm bir uyaldur (Atoiy). Bir kiyäy men ham (Muqimiy).

  3. Bir so‘zi juft so‘z shaklida takrorlanib qo‘llanganda, ikki tomondan bo‘lgan ish-harakatning o‘zaro munosabati ko‘rsatiladi: Biri-biri birlä xush bolsa erdi (XSH). Bir-biriniŋ sѳzigä eyläb xilāf (Navoiy, LT). Bir-birläri birlä munazara qilurlar (Furqat).

Bir so'zi sanoq son sifatida qo‘llanganda narsa va hodisalar- ning sanog‘ini ko‘rsatadi: Bu sѳzgä bir ay kechmishdin soŋ (QR). Bir avuch diram keltiiriib, iltimas qildilar (Navoiy, MQ). Ichidä bir ordu tüshkiichä yer bolg‘ay (BN). Bir kishiniŋ qolidin bu ish kelmes (Sh.turk).

  1. Noaniq son. Bunday sonlar taxminiy, noaniq miqdorni ko‘rsatib, mazmunan sanoq sonlarga yaqin turadi.

Noaniq son eski o‘zbek tilida asosan kѳp, az so‘zlari bilan ifodalangan. Bunday so'zlar mazmunan ikki guruhga bo'linadi. Masalan, kѳp so'zi shaxs yoki narsaning miqdori ortiqligini, az so‘zi esa kamligini ko‘rsatadi. Masalan: Kѳp māllar xarj qilduq (QR). Kѳp kishi da’vā qilur sham’i jamalin mehrini (Atoiy). Kѳp yillar anda pādshāhliq qildi (Sh.tar). Ul yetmägän yer az bolg‘ay erdi (Navoiy, MN). AH Sultān az kishi bilän kelib (Sh.turk).
Eski o‘zbek tilida noaniq son ma’nosida forscha bisyar (ko‘p) so‘zi ham qo‘llangan: Eshitmish-men ki, Banu kārdāndur // pari paykar dag‘ı bisyār dāndur (Navoiy, FSH). Bilmäs el dahrda bārdur bisyār (SHN). Naraj va turunj va gurunji bisyār bolur (BN).
XIII—XIV asrlarga oid manbalarda noaniq son ma’nosida qadimgi turkiy yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan telim (ko‘p), ѳkiish (ko‘p) so‘zlari ham ancha keng qo‘llangan: Telim kishilär ѳldi, tälim qān tѳkiildi (Tafsir). Tälim gulchehra, nargis kѳzlilär bār (MN). Ul āz cherik ekiish cherikni bastilar (QR). Ѳkiish yillar yaratqan bāqi tutsun (MN). Amŋ soŋida ѳkiish murādlar bolg‘ay (Navoiy, Msh).
Tartib son

  1. Tartib son sanoq songa -nchı/-nchi (undoshdan keyin: -inchi/-inchi, -unchi/-ünchi) affiksini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bu affiksning qanday shaklda ishlatilishi sanoq sonning xususiyatiga bog‘liq. Unli bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi/ -nchi shakllari qo‘shiladi: ikkinchi, altinchi, yettinchi, yigirmänchi. Undosh bilan tugagan sanoq sonlarga -inchi/-inchi shakllari qo‘shiladi: birinchi, beshinchi, sekkizinchi, qirqinchi kabi. Tarkibi- da lab unlisi bolgan, undosh bilan tugagan sanoq sonlarga -unchi/ -iinchi shakllari qo‘shiladi: iichiinchi, tѳrtünchi, tѳqquzunchi, onun- chi, ottuzunchi kabi.

Download 26,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish