1-Mаvzu. Sosial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha (4 soat) Reja


Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari



Download 292,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana19.01.2022
Hajmi292,12 Kb.
#392354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-Mаvzu. SOSIAL-PSIXOLOGIK TRENING HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

3.Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari.  


Psixologik  treningning  tub  ma'nosi    –    insoniy  munosabatlarga  o’rgatishdan  iboratdir.  

Psixologiya sohasi keyingi yillar mobaynida anchagina rivojlandi.  

Shuningdek,  psixologiya  sohasining  alohida  yo‘nalishlari  sifatida  trening  tarmog‘i  ham 

rivojlandi.  Fan  sifatida  rivojlanayotgan  psoxologik  trening  va  uni  o  ‘tkazish  uslubiyoti  mazmun 

jihatdan  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  treninglarning  qanday  tartibda  tashkil  etilishi  va  o‘tkazilishi 

borasidagi  masalalami yoritishga ham bag‘ishlanadi. 

Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi 

bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi  va  shaxs individual 

psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik 

treninglar deb ataladi.  

Hozirgi  davrda  odamlar  orasida  ruhiy  zo’riqish  hollari  avvalgi  paytlardagiga  nisbatan  ancha 

ko’p  uchrayotganligi  va  buning  natijasida  ko’pgina  hayotiy  muammolar  vujudga  kelayotganligi 

ko’pchilikni,  ayniqsa  keng  jamoatchilikni,  shuningdek,  aynan  psixolog  mutaxassislarni  ham 

tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki,  bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar 

natijasida vujudga kelmoqda. 

IPT(ijtimoiy psixologik trening )-  bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan 

iborat bo‘lib. Bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot yoki kommunikativ faoliyati 

sohasidagi bilimdonlik darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir.  

IPT aniq talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, shaxsning kommunikativ bilimdonligi darajasining 

qisqa fursatlarda maqsadga qaratilgan tarzda shakillanishga imkon beradi.  

Treningning    tabiiy    va  maxsus  tarzda  uyushtirilgan  turlari    haqida  fikr  yuritish  mumkin. 

Maxsus  tarzda  uyushtirilgan  treningda  alohida  vaziyatlar  va  o‘yin  ishtirokchilarining  shaxsiy 

ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur bo‘lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u 

yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga o‘zgalar tomonidan yo’naltiriladi. 

Trening  mashg‘ulotlari  uchun  maxsus  vaziyat,  aniq  maqsad,  shaxsiy  extiyojlar  hamda 

mashg‘ulotlarni  o‘tkazuvchi  shaxs  yoki  boshlovchi  zarur.Mashg’ulotlarning  muvaffaqiyati  ayrim 

tamoyillarga aniq bo’ysunishni taqozo etadi.  

Birinchidan, mashg‘ulotga yozilgan shaxslardan ijtimoiy faollik  

talab etiladi.  

Ikkinchidan,  1-guruh  a’zolaridan  doimiy  izlanuvchanlik,  muayyan  joyda  vaziyat  hamda 

rollarini tahlil qilgan holda uning mohiyatni tushunish u yoki bu rolga kirishga to‘g‘ri keladi, trening 

tafakkur va qarashlarning egiluvchan, vaziyatlarga mos bo‘lishini talab etadi.  

Uchinchidan, guruh a’zolarining munosabati va rolining talablaridan kelib chiqqan holda har 

bir ishtirokchi aynan shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlash va boshqalar ta’sirida uni 

ongli ravishda qabul qilishi zarur.  

To’rtinchidan,  har  bir  mashg‘ulot  va  muloqot  sheriklarining  maksimal  tarzda  hurmat 

qilishlariga asoslanmog’i kerak. 

Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxslararo samarali muomalaning   muhim  

omilidir. Shaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro bir-birlarini tushunishga 

olib kelsa, bunday o‘zaro munosabatlar samarali hisoblanadi. 

Kishilarni muloqot jarayonida bilimdonlikka o‘rgatishda ijtimoiy psixologik trening (IPT) dan 

foydalanish  samaralidir.  Ijtimoiy  psixologik  trening  muloqot  jarayoniga  odamlarni  psixologik 

jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 

shakllantirishdir.  Eng  muhimi  ijtimoiy  psixologik  trening  mobaynida  odamlarning  muloqot 

borasidagi bilimdonligi ortadi.  

Demak,  shaxsni  eskicha  streotiplardan,  ya’ni  fikrlarni  tanqidsiz  qabul  qilish,  tinglash  va 

takrorlash  bilan  bog‘liq  turg‘un  qarashlardan  holi  bo‘lish,  erkin  fikr  yuritish  va  o‘z    fikr  

mulohazalarini  bayon etishga, o‘z erkini his qilishga, shaxslararo vaziyatlada muloqot kompetentlik 

darajasini shakllantira olsak, shaxs psixologiyasi va munosabatlarida yangicha holat yuzaga keladi.  

Bunda  ijtimoiy  psixologik  treninglar,  ya’ni  samarali  muloqot  va  muomala  usullari  hamda 

maromlarini keng qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 

4.Treningga berilgan ta’sniflaning mazmuni.   




Trening  insonlarda  mavjud  bo’lgan  xulq-atvori  va  faoliyatini  boshqaruv  modelini  qayta 

dasturlash  vositasi  hisoblanib,  kishilarning  muayyan  faoliyat  turida  o’zini-o’zi  barkamollashtirish 

imkoniyatini  yaratadi.  Jumladan,  shaxslararo  munosabatlarda  namoyon  bo’ladigan  xulq-atvoridagi 

kamchiliklarni, tashgi muhitdagi salbiy stimullarga nisbatan emotsional sferasida yuzaga keladigan 

reaksiya  tezligini  barqarorlashtirish,  ichki  va  tashqi  “Men”  o’rtasidagi  qarashlarni  sayqallash, 

shuningdek, o’zida mavjud bo’lgan, lekin tashqariga chiqara olmagan ichki imkoniyatlarni ro’yobga 

chiqarishga yo’naltiriladi.  

Psixologiya tarixida trening o’qitishning   eng keng tarqalgan shakli faol  ijtimoiy-psixologik 

treninglardir.  L.A.Petrovskaya  ijtimoiy  psixologik  treningga  ta’rif  berar  ekan,  uni  quyidagicha 

izohlaydi:  “Trening    -    shaxslararo  munosabatlardagi  bilimlar,  ijtimoiy  ustanovkalar,  ko’nikma  va 

tajribalarni  rivojlantirishga  qaratilgandir”,  shuningdek,  “Muloqotda  kompetentlikni  rivojlantirish 

vositasi hamdir” 

G.A.Kovalev ijtimoiy-psixologik treningni ijtimoiy-didaktik faol yo’nalishdir deb hisoblaydi. 

B.D.Parigin esa guruhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsul’tatsiya 

metodlarini faol o’qitish uchun foydalaniladi. Hayotiy ko’nikmalarni,  muloqotchanlik sohasida bilim 

berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollarni,  ‘Men’ 

konseptsiyasini  korreksiya qilishni, o’z-o’ziga baho berish tizimini kuchayishini ta’minlaydi. 

P.O. Gorboshina, “Trening  –  bu shaxsni o’zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo’lgan 

mashg’ulot turidir” deb ta’kidlab, trener faoliyatini huddi olmosni qayta ishlab unga  jilo berish bilan 

bog’liq o’ta nozik zargarning ma’suliyatli faoliyat turiga taqqoslaydi. 

XX asrning 30-yillaridan birinchi ilmiy psixologik xulosalarni qilgan shvetsariyalik psixolog 

Jan Piaje tadqiqotlarida bolaning ijtimoiylashuv jarayonini bahs va munozara usuli orqali o’rganar 

ekan,  bolalarda  egoistlik  mavqeini  susayishi,  o’zini  xatti  –  harakati  va  o’zgalar  mavqeini  anglash 

bilan bir qatorda o’zini o’zgalar o’rniga qo’ya olish qobiliyatini rivojlantirishini aniqlagan.  

Nemis  psixologi  Kurt  Levinning    fikricha,  guruhdagi  munozara  har  bir  shaxsning  ijtimoiy 

ustanovkalari, qarashlarini, har bir shaxsning guruhiy faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, o’z 

mavqei va o’zgalarni tushinish, his qilish ehtiyojining oshishini ta’kidlaydi.  

S.  I.  Makshanovning  psixologik  trening  nazariyasiga  kelsak,  shaxsga  nisbatan  qaratilgan 

“rivojlanish”  tushunchasidan  farqli  o'laroq,  treningga  shaxs  xususiyatlarini  “ataylab  o'zgartirish” 

atamasini kiritgan. Ushbu tushuncha “rivojlanish” tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noni anglatib, 

unda o'zgarishlarning maqsadi, jarayoni va natijalarini etarlicha aks ettiruvchi ongli xususiyatlarini 

ta'kidlaydi. “Ataylab o'zgarish” tushunchasi rivojlanish bilan bog'liq bo'lmagan holatlarga nisbatan 

qo'llash imkonini beradi,  masalan, ataylab  o'zgarish natijasida insonning biror narsaga munosabati 

o'zgarganda, bu, albatta, o'zgarish, lekin rivojlanish hisoblanmasligini keltirib o’tadi. 

Ataylab  o'zgartirish  rivojlanishni  ham,  korreksiyani  ham  o'z  ichiga  oladi.  Boshqa  mualliflar 

trening  bilan birgalikda tajriba ham almashinish konsepsiyasini ta'kidlashadi. K’ell Rudestam trening 

shaklini “o'rganish tajribasining asosiy markazi, ba'zi hollarda  -  odamni o'qitish va o'zgartirishning 

yagona muvaffaqiyatli usuli” deb ataydi. Uning ta'kidlashicha, “ har bir ishtirokchi guruhdagi o'zaro 

munosabatlarni kuzatib, o'zini boshqalar bilan tanishtirishi va ular o’rtasida o’rnatilgan o’zaro hissiy 

aloqa  orqali  shaxs  o’z  his  -tuyg'ulari  va  xatti-harakatlarini  to’gri  baholaydi.  Shuningdek, 

ishtirokchilar  trening  davomida  hayotda  uchraydigan  oddiy  ko’nikmadan  tortib,  murakkab 

ko’nikmalarga taqlid qilishi va amalda qo’llab sinovdan o’tkazishi mumkinligini ta’kidlab otadi” 

Viktor  Kagan  treningni  bilim  va  konikma  berishga  asoslangan  ta'limning  maxsus  shakli  va  

psixologik treningni tushunish uchun umumiy va asosiy bo'lgan “tajriba” tushunchasi bilan bog’liq 

ekanligini ta’kidlaydi. Aytishimiz mumkinki, guruhiy psixologik trening-  bu guruhdagi o'zaro ta'sir 

o'tkazish jarayonida o’z hayotiy tajribasini o'rganish, t ahlil qilish va qayta baholash orqali shaxsni 

shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan  ataylab o'zgartirish usulining  o’ziga xos xususiyatlarini 

keltirib o’tadi. 

J.  Cliffordning  trening  haqidagi  pozitsiyasi  quyidagicha:  ‘Trening  buyangi  mahoratni  

o'rganadigan majburiy bo’lmagan bilim jihati bo’lib, rasmiy (masalan, o'quv kurslari) va norasmiy 

(masalan, ish joyida o'qitish) tashkil etilgan va talabaning xulq-atvorida barqaror o’zgarishlarni hosil 

qiluvchi  




jarayon.” deb, ta’kidlaydi. 

Yuqorida  keltirilgan  trening  haqidagi  ta’riflardan  xulosa  chaqarish  mumkinki,  trening 

mashg’uloti maqsadli tashkil etilgan jarayon, organish tajribasi orqali ishtirokchilarning bilim yoki 

xatti -harakatlarida muayyan faoliyatning bajarish ko’nikmalarini hosil qilish va shaxsning kelajak 

ehtiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan sun’iy va tabiiy ravishda tashkil  etilgan har xil toifali 

kishilar yig’inidir desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunigdek, trening tushunchasi amaliy sohani qamrab 

olib, psixoterapiya, psixokorreksiya va shaxsning rivojlantirish imkoniyatlarini ham ta’minlab beradi.  


Download 292,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish