1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Download 1,73 Mb.
bet9/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#818120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

3. Hujjatlarni o`rganish metodi
Hujjatlarni o`rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma`lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Hujjat deganda og’zaki (so`zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar, siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan ma`lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma`naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli sotsial psixologiyada kontent analiz deb ataladi.
Kontent analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma`lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya`ni ma`lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X.Lassuell va B.Berelsonlar bo`lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmunini, g’oyaviy yo`nalishini aniqlash maqsadida qo’llagan edilar. Ular ”Haqiqiy amerikalik” nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent analiz qilib, ularni fashistik yo`nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta`qiqlashga erishgan edilar.
Kontent analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining e`tiqodi va dunyoqarashiga ko’ra har xil bo`lishi mumkin. Masalan, o’sha kontent analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik ramziy birlik yoki simvollar bo`lishi mumkin, deb hisoblashgan bo`lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L.Lovyontal bunday birlik yaxlit mavzu bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa Sotsial g’oya yoki ahamiyatli mavzu bo`lishi kerak, degan fikr tarafdorlari. Aslida, ma`naviy birliklar kontent analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak.
Shuning uchun ham ko`pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo).
b) yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o’xshashlarda ko’tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va hokazo)
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari;
g) Sotsial hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O`zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o`quvchilarning munosabati va shunga o’xshash).
Yaxshi o’tkazilgan kontent analiz – aslida sotsial psixologik tadqiqotlarda juda muhim ahamiyatga ega. Lekin olingan ma’lumotlarning ishonchliligi shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo’llash va ma’lumotlarni solishtirish hamda ayni ob’yektni ayni vaziyatda qayta tahlil qilish yo’llari bilan erishiladi. To’plangan miqdoriy ma’lumotlar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlovdan o’tkazilmog’i lozim. Kontent analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunishning mahorati bo’lishi kerak, ikkinchidan, tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy natijalarni yana qayta sifat shakliga keltirish va tushuntirib berish lozim.



Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish