1-mavzu. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning bozor munosabatlarida tutgan o‘rni mashg‘ulot rejasi


Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida



Download 84,93 Kb.
bet2/6
Sana29.12.2021
Hajmi84,93 Kb.
#77946
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу суғурта

1.2.Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida.

Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.

Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi.

Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Mamlakatimizda «2001 yili 63 mingga yaqin korxonalar xususiy tarmoq vakillari sifatida faoliyat ko‘rsatgan»1 bo‘lsa, «2002 yilda … ularning umumiy soni 240 mingtaga yetdi»2. «2003 yilda tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida... 980 dan ziyod xususiy korxona va mulkchilik shakli davlatga tegishli bo‘lmagan 400 ta boshqa turdagi korxonalar tashkil etildi»3.

«2005-2006 yillarda xususiylashtirish dasturiga muvofiq 627 davlat korxonasi, ob’ektlar, aksiyalar paketlari va ulushlar sotilgan…, joriy yilning 9 oyi mobaynida 729 davlat korxonasi mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, 659 korxona va ob’ektlar xususiy mulkdorlar tomonidan sotib olindi»2.

O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.

Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi»3.«Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»4.

Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.

Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»5ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.

Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat»1deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.

«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»3.

Sug‘urta kompaniyalari investitsiya sohasining muhim unsurlaridan hisoblanadi. Chunki ular bu sohada ikki yo‘nalishda faoliyat olib boradilar, birinchisi investorlarga ular tomonidan investitsiyaga yo‘naltirilgan mablag‘larni sug‘urtaviy himoyalash bo‘lsa, ikkinchidan o‘zlarining investor sifatidagi faoliyatidan iboratdir.

Sug‘urta kompaniyalarining investor sifatidagi faoliyati shundan iboratki, ular ixtiyorida sug‘urta shartnomasining amal qilishi mobaynida qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan, vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo‘lgan ma’lum miqdordagi bo‘sh mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu mablag‘larni qo‘shimcha daromad olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin. Sug‘urta kompaniyalari investitsiya mablag‘larini yuqori daromadli, ishonchli manbalarga joylashtirish orqali o‘z mablag‘larining quvvatliligini oshirib, iqtisodiy salohiyatini kuchaytiradi.

O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirining 2006 yil 8 fevraldagi 10 sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan nizomga ko‘ra sug‘urta kompaniyasi o‘z mablag‘larini quyidagilarga yo‘naltirishi mumkin:

- davlat qimmatli qog‘ozlariga;

- korporativ obligatsiyalarga;

- aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga;

- banklarning depozitlariga;

- ko‘chmas mulklarga;

- sug‘urta polislari bilan ta’minlangan zaymlarga;

- ulushdosh sifatida qatnashishga.

Ushbu sohalardan olingan daromadlar sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta zahiralarini shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash hamda foyda olish manbai bo‘lib xizmat qiladi, shu bilan birga inflyatsiya o‘sishini kamaytirib, iqtisodiyotning barqarorlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sug‘urta kompaniyalarining investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:



  1. Mijozlar soni va sug‘urta mukofoti hajmiga bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lar miqdori.

2. Mablag‘lardan foydalanish mumkin bo‘lgan muddatlar.

Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol investitsiya siyosati yo‘li bilan iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omiliga aylantiradi. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan investitsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘larga quyidagilar kiradi:



  • kompaniyalarning o‘z mablag‘lari;

  • jalb qilingan mablag‘lar;

  • vaqtinchalik bo‘sh bo‘lgan mablag‘lar;

  • sug‘urta zahiralari;

  • boshqa mablag‘lar.

Sug‘urta kompaniyasi investitsiya portfelining tarkibi uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda davlat sug‘urta nazorati me’yorlari bilan belgilanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta kompaniyalari ham o‘z mablag‘larini foyda beradigan sohalarga yo‘naltirib banklar bilan raqobatlashadigan tizim barpo qilganliklari tufayli Respublika moliya bozorining faol ishtirokchilariga aylanib bormoqda.



Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish