1-Mavzu: Ta’lim tizimini rivojlantirish omillari


Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар] [ТСЗ



Download 35,57 Kb.
bet2/5
Sana01.02.2022
Hajmi35,57 Kb.
#421531
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]

Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O’zbekiston zaminida keng rivojlanib, O’rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo’lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni etishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo’shdi.


Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O’zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo’lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo’nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o’rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo’shdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovastiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, sohada echimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga etarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o’quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;
ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o’rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;
uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o’tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik etakchi mutaxassis, olim va o’qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda;
to’rtinchidan, fizika fani bo’yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo’lga qo’yilmagan, o’quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini etarli qamrab olmagan, masalalar to’plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha qo’llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan;
beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo’yicha o’quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda;
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo’yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog’ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo’lmoqda;
ettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovastiyalar ko’lami etarli darajada natijadorlikka yo’naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovastion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko’rsatkichlari talabga javob bermaydi.
Fizika fani bo’yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. 2021 — 2023 yillarda fizika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o’rinlarda — Kompleks dastur tasdiqlansin.
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:
umumta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini takomillashtirish;
fizika fani bo’yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikastiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
pedagog kadrlar va o’quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o’rinlar egallashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o’qitishning integrativ prinstiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar echimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko’lamini kengaytirish;
ilmiy tadqiqotlarning va innovastiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.
2. Quyidagilar:
2021-2022 yillarda bosqichma-bosqich respublika hududlarida tashkil etiladigan fizika faniga ixtisoslashtirilgan 28 ta tayanch maktabi va ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedralari ro’yxati 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023 yillarda fizika fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar tashkil etiladigan 175 ta maktab va ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedralari ro’yxati 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023 yillarda fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani bo’yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o’quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 4-ilovada ko’rsatilgan maktablarning fizika fani bo’yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o’quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash 2021 yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi mablag’lari, 2022-2023 yillarda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa fanlar bo’yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini (fizika fanidan tashqari) mebel, o’quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash maqsadida qo’shimcha mablag’larni ajratib borsin.
3. Quyidagilarga:
Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati zimmasiga — fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar (keyingi o’rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) uchun metodik ko’mak ko’rsatish, fizika fani bo’yicha malaka oshirish kurslari uchun ta’lim dasturlari va multimedia materiallarini ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalari zimmasiga — o’ziga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o’quv jarayoni sifatini oshirish, professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, mahorat darslari, to’garaklar va yozgi maktablarni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
4. Xalq ta’limi vazirligi:
a) 2021/2022 o’quv yilidan boshlab:
umumiy o’rta ta’lim muassasalarida fizika fani kengroq o’qitiladigan variativ o’quv rejasini joriy qilsin;
ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fani tayanch o’quv rejada belgilangan o’quv soatlar doirasida haftasiga 3 soatdan o’qitilishini ta’minlasin;
b) 2021 yil 1 oktyabrga qadar fizika fani o’qituvchilarining malakasini oshirish bo’yicha o’quv modullarini ishlab chiqsin, ular bo’yicha videodarslarni tayyorlasin va foydalanish uchun «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasiga joylashtirsin;
v) ixtisoslashgan maktablarning o’quv laboratoriyalaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu maktablarda maktabdan tashqari «Amaliy fizika» to’garaklarini tashkil qilsin hamda ularning faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish choralarini ko’rsin;
g) 2022 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan «Barkamol avlod» bolalar maktablarida «STEM» fizika klublarini tashkil etsin, klub a’zolari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari o’quvchilari o’rtasida har yili «Milliy fizika» musobaqasini o’tkazib borsin.
5. Xalq ta’limi vazirligi Innovastion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:
fizika fanini o’qitish usullarini takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o’quv yilidan boshlab, tajriba-sinov tariqasida 20 ta umumta’lim muassasasida «virtual laboratoriya» loyihasini ta’lim jarayoniga tatbiq etish choralarini ko’rsin;
tajriba natijalaridan kelib chiqib, 2022 yil 1 iyunga qadar «virtual laboratoriya»larni boshqa umumta’lim muassasalarning ta’lim jarayoniga joriy qilish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
6. Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil 1 yanvarga qadar fizika fanidan bilimlarni baholash bo’yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qilsin.
Belgilansinki, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani bo’yicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini to’plagan fizika fani o’qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida to’lanadi.
7. Bosh vazir o’rinbosari B. Musaev Farg’ona viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil noyabr oyida Farg’ona viloyatida buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy nomidagi fizika fanidan xalqaro olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish choralarini ko’rsin.
8. Belgilansinki, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
a) oliy ta’lim muassasalarining «Fizika», «Biotibbiyot fizikasi», «Fizika va astronomiya» kabi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari o’rtasida o’tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g’oliblari va fizika bo’yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo’yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o’qishga qabul qilinadi;
b) oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan:
fizika fanlari bo’yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g’oliblarini tayyorlagan professor-o’qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;
fizika fanlari bo’yicha talabalar uchun to’garaklar olib borayotgan professor-o’qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to’lanadi.
9. Quyidagilar:
Vazirlik, xo’jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalariga fizika yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarini biriktirish ro’yxati 5-ilovaga muvofiq;
fizika fanlari bo’yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida hududlarda tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o’quv markazlari ro’yxati 6-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024 yillarda fizika fani bo’yicha o’quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalari ro’yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Belgilab qo’yilsinki:
oliy ta’lim muassasalarida fizika fani bo’yicha o’quv laboratoriyasi jihozlarini xarid qilish hamda hududlarda oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o’quv markazlarini tashkil etish bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish foydalanuvchi oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari, xorijiy grantlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
hududlardagi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o’quv markazlarining laboratoriya jihozlaridan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatastiya qilish, butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish buyurtmachi oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi;
xo’jalik birlashmalari va ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga o’ziga biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida fizika yo’nalishida o’quv jarayonini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integrastiyasiga erishish, soha mutaxassislari rahbarligida amaliyotlarni o’tash, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko’maklashish va tijoratlashtirish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkaga yuborishni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
11. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi:
2021/2022 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida fizika fanlarini sohalarga moslashtirilgan holda o’qitishni yo’lga qo’ysin;
Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar yoshlar o’rtasida fizika fanlariga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularning fizika, elektronika sohasidagi iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan «Yosh fiziklar portali»ni ishga tushirsin;
2022 yil 1 iyunga qadar oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik listeylarning fizika fani chuqurlashtirib o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlari uchun takomillashtirilgan dasturlar asosida yangi darslik va muqobil adabiyotlar yaratish, moddiy-texnik, laboratoriya va o’quv-metodik ta’minotini, shu jumladan byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan yangilash bo’yicha zarur choralarni ko’rsin;
etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fizika sohalari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’ysin;
Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari bo’yicha kadrlar tayyorlovchi «Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti»ni tashkil etish choralarini ko’rsin.
12. O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etilsin.
13. Innovastion rivojlanish vazirligi:
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq fizika yo’nalishi bo’yicha doktoranturaga qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
2021 yilda «Bo’lajak olim» tanlovi doirasida soddalashtirilgan mexanizm orqali kosmonavtika va aerodinamika sohalarini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko’rsin.
14. Fanlar akademiyasining:
Fanlar akademiyasi huzuridagi Fizika-texnika instituti tuzilmasida elektrotexnika sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini o’rganish va mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan saqlanadigan tajriba ishlab chiqarish va konstruktorlik byurosini tashkil etish;
Fanlar akademiyasi tizimiga kiruvchi fizika yo’nalishidagi ilmiy tashkilotlarda ularning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan marketing va tijoratlashtirish bo’limlarini tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsin.
15. Quyidagilar:
2021 — 2023 yillarda fizika yo’nalishidagi ilmiy tashkilotlarni ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash dasturi (keyingi o’rinlarda — Jihozlash dasturi) 8-ilovaga muvofiq;
2021-2022 yillarda fizika yo’nalishida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan amaliy va innovastion loyihalar bo’yicha yangi ilmiy ishlanmalar (texnologiyalar, mahsulotlar) yaratish dasturi 9-ilovaga muvofiq;
Fizika yo’nalishidagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish bo’yicha «Yo’l xarita»si 10-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023 yillarda fizika yo’nalishida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarni etakchi xorijiy ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalariga doktorantura va stajirovkaga yuborish reja-grafigi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Belgilansinki:
Jihozlash dasturi doirasida ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarini xarid qilish Innovastion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
mazkur qarorga 11-ilovaga muvofiq fizika yo’nalishidagi ilmiy xodimlarni doktorantura va stajirovkaga yuborish qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda «El-yurt umidi» jamg’armasi, Innovastion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hamda ishtirokchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
17. Fizika yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim va ilmiy tashkilotlar, olimlar, o’qituvchilar va fizika ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning O’zbekiston fiziklar kengashini (keyingi o’rinlarda — Kengash) tashkil etish to’g’risidagi tashabbusi qo’llab-quvvatlansin va quyidagilar Kengashning asosiy faoliyat yo’nalishlari etib belgilansin:
fizika sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va ilmiy echimi bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
fizika yo’nalishidagi ta’lim va ilmiy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish, Kengash a’zolarining ijodiy faolligini oshirish va qo’llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
fizika fani bo’yicha ta’lim sifatini oshirish, o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo’yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro mustahkam integrastiyasini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Kengash a’zolariga fizika yo’nalishidagi tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko’maklashish;
mas’ul vazirlik va idoralarning fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo’yicha faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o’rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
fizika fanini rivojlantirishga qaratilgan elektron platformalar yaratish, konferenstiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, fizika fani namoyandalari nomidagi stipendiyalarni ta’sis etish, o’quvchi va talabalar o’rtasida olimpiadalar hamda eng yaxshi ilmiy ishlar tanlovlarini o’tkazish;
fizika yo’nalishida faoliyat olib borayotgan xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy jamiyat va tashkilotlar bilan aloqa o’rnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sohaga chet el investistiyalarini jalb qilishga ko’maklashish.


O’zbekiston respublikasi prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizastiya qilish, unga o’qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ixtisoslik yo’nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.
Shu bilan birga, o’zbekiston respublikasi prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o’rganish natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o’quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o’quv jarayoniga ilg’or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.
Qabul qilingan qarorga ko’ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:
Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo’lga qo’yish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o’quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish;
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo’nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo’yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
Yangi avlod o’quv qo’llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
Pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o’tishini yo’lga qo’yish, oliy ta’limmuassasalari bitiruvchilarini phd dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o’qitish;
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integrastiyasini kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish;
Oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo’lgan g’oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;
Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o’quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstrukstiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha o’quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg’orta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.
Qarorda belgilangan vazifalarning samarali echimini to’liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’limmuassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizastiya qilish, ularni zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikastiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o’quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstrukstiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o’quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o’zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Qarorning muhim ahamiyatini ko’rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo’yicha quyidagi konkret parametr va ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi:
Oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim ixtisoslik yo’nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko’rsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan parametr va ko’rsatkichlari;
O’quv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstrukstiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan yangi o’quv o’rinlarini tashkil etish, yangi o’quv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash;
Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi.
Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan aqsh, buyuk britaniya, franstiya, italiya, niderlandiya, rossiya, yaponiya, janubiy koreya, xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlariga o’quv

Bakalaviriat — mutaxassislar yo'nalishi bo'yicha funda­mental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Talabalar uni muvaffaqiyat bilan tugallaganlaridan so'ng ularga «bakalavr» darajasi beriladi va kasb-hunar faoliyati bilan



Download 35,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish