1-Mavzu: Tarix ilmiy bilim sifatida Mashg’ulot rejasi



Download 112,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana20.08.2021
Hajmi112,92 Kb.
#152198
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix ilmiy bilim sifatida

ustozi”.  Tarixiy idrokning ijtimoiy funksiyasi haqidagi zamonaviy tasavvurning 

mazmuni nimadadir? Tarix saboqlari nima va bu saboqlar qanday olinadi?  Bu 

darslarni hisobga olmaslik mumkinmi va buning oqibati qanday bo’ladi? 

Avvalombor, tarix dars beradi. Ammo bu majburiy harakterga ega emas. 

Saboqlarni olmaslik o’z vaqtiga kelib ma’lum bir muammoli holatlarni yuzaga 

keltiradi. “Burbonlar tarixi haqida shunday deyishadi burbonlar tarixi haqida hech 

narsa o’rganmadilar va shu tufayli ular o’z tojlaridan mahrum bo’ldilar”. Kimki 

o’z tarixini o’rganmasa tarix ularga albatta saboq beradi.  U yoki bu shaxslarning 

faoliyatining miqyosi va harakatlariga bog’liq ravishda bunday tovon to’lash 

turlicha bo’ladi. Tarix saboqlari qanday olinishi  va bu nima uchun olinishini 

tushunish uchun tarixdan bir necha misollar keltiramiz.  

Germaniya uchun Versal tinchlik shartnomasi og’ir shart-sharoitlarni tan olish edi. 

Jumladan, ga’labaga erishgan davlatlarga reparatsiya to’lovi ham. 1929-  yildagi 

iqtisodiy inqirozlarning oqibatlari bilan birgalikda bu mamlakatda fashist rejimini 

o’rnatilishiga bevosita aloqador edi va bu ikkinchi jahon urushining boshlanishi va 

Germaniyaning    mag’lub  bo’lishiga aloqador edi. Ammo bu safar  G’arbiy 

mamlakatlarning  Germaniyaga munosabati o’zgacha edi. Reparatsiyalar emas 

balki G’arbiy Germaniya iqtisodiga dollar quyulmalari ya’ni Marshalning rejasi 

o’tmishning sabog’i shubhasiz olingan edi.   

Yana bir misol, Rossiyada qayta qurish davridagi  alkogolga qarshi kompaniya  - 

uning salbiy oqibatlari juda tez bo’ldi. Ulardan qochib qutulish mumkinmidi? 

Albatta, agarda hokimiyat o’z vaqtida Rossiyada  1913-yilda, AQSHda XX asrning 

30-yillarida, Finlandiya va Shvetsiyada 2-jahon urushidan so’ng  “Quruq qonun”ni 

kiritishga bo’lgan muvaffaqiyatsiz harakatni hisobga olgan edi. O’tmishdan saboq 

olish yoki saboq olmaslik o’tmishga bog’liq emas. Haqiqiy real hayotni ehtiyoj va 

muammolarini hisobga olgan holda, muayyan tarixiy vaziyatga bog’liq. Aynan shu 

vaziyatdan tashabbus kelib chiqadi. Tarix saboqlarini olishning umumiy sharti 

mazkur real vaziyat va saboq olinayotgan o’tmish o’ratsidagi  ma’lum bir obyektiv 

o’xshashlikning mavjudlik  jarayonidir.  



Ijtimoiy xotira funksiyasi –bu tarixning muhim funksiyasi bo’lib, uning tabiati va 

jamiyatdagi mazmunini turli darajada aks ettiradi. Uning mazmunini tarix otasi- 

Geradot shakllantirgan. Bunda u “Galikarnaslik Geradot bu ma’lumotlarni to’pladi 

va yozdiki, o’tmishdagi voqealar unutilmasligi hamda   ellinlarning  va 

varvarlarning buyuk ajablantiriluvchi hatti-harakatlari noma’lum bo’lib qolmasligi, 

ayniqsa ular bir birlari bilan urush qilganlari”. Tarixchi to’plagan ma’lumotlari 

haqiaqatda unikal xarakterga ega. Bu tufayli uning asari hozirda ham o’z ilmiy 

ahamiyatini yo’qotmagan.  

O’sha vaqtning olimlari o’zlarining yashash zanomalaridagi voqealar haqida 

Fugidit, Gay Salustigrid, Tatsit, Prokopiy, Kesariyskiy va boshqa antic muallif 

vakillar bu haqida yozishgan. Bu an’analarni o’rta asr tarixnavisligida Diokon , 

Psel, Komenlarning ijodida davom etdi. Zamonaviy tarixiy fan ijtimoiy xotira 

funksiyasini kengroq talqin qiladi. Tarixning maqsadi insoniyat xotirasida ajdodlar 

va avlodlar tajribasini top’lash va saqlashdir. Jumladan jahon madaniyati yutuqlari, 

o’tmishning ahamiyatli voqealari haqidagi ma’lumotlarni. O’z o’tmishi haqidagi 

masalarda savodsiz bo’lgan jamiyatni tasavvur qilish mumkin emas. Tarixni 

bilmagan xalqlar har safar o’zining mavjudligini madaniy fundamentini yangitdan 

yaratishga majbur bo’lar edilar. Agarda an’ana bilan xaddan ziyod 

murakkablashish xalqning tarixiy xarakatini sekinlashtirsa, o’tmishni unutish 

degradatsiya (yo’q bo’lishga) olib keladi.  Tarix sivilizatsiya va avlodlar o’rtasida 

o’ziga xos vosita vazifasini bajaradi.  Komejer so’zlariga ko’ra”Tarixni 

sivilizatsiyasiz tasavvur qilish naqadar qiyin bo’lsa, sivilizatsiyani tarixsiz tasavvur 

qilish ham shunchalik mushkuldir”. Biroq ijtimoiy xotira sifatidagi tarixnavislik va 

alohida individning xotirasi o’rtasida katta farq mavjud. Bir tomondan Bitsilye 

ta’kidlaganidek, “Tarix -subyekt ega bo’lgan xotiraning surrogatidir, eslash aktida 

inson o’zi yashab o’tgan o’tmishning har qanday lahzasini jonlashtirishga 

qobiliyatlidir. Tarixchi esa, o’tmishning alohida davrlariga navbat-navbat ko’chishi 

mumkin. Boshqa tomondan individual xotira  fantaziya qilishi  mumkin. Tarixiy 

rekonstruksiya esa doimo tashkillashtirilgan va ishonchli  xotira sifatida namoyon 

bo’ladi.  




Insoniyatning jamoa o’tmishi haqidagi ma’lumotlarining tanqidiy baholanishi va 

ularni tizimlashtirishda tarixiy fanning muhim vazifasi mavjuddir. Ijtimoiy xotira 

so’zsiz cheklangan va fragmentaldir. Bu yozma hujjatlarni yetishmovchiligi tufayli 

vujudga keladi. Bu hujjatlarsiz voqealar tarixini rekonstruksiya qilish qiyin. 

Ularning aksariyati harbiy harakatlar, diniy mojaro yoki boshqa sabablarga ko’ra 

yo’q bo’lgan. Bizgacha aksariyat hollarda g’oliblarning tarixi yetib kelgan. 

Mag’lublar haqida hech qanday ma’lumot yetib kelmagan. G.Komejer yozishicha  

”G’olibning eng chiroyli tomonlaridan biri bu dushmanning yutuqlarini yo’q qilish 

va aksariyat hollarda dushman tarixchi olimlarini o’ldirish  va ularni tarixi haqidagi 

ma’lumotlarni yo’q qilishdir”. Yozuvni bilmagan qadimiy xalqlari   tarixini 

rekonstruksiya qilish bu katta muammodir.  

Zamonaviy jamiyatning ehtiyojlari tarixnavislikni o’tmish hodisalarini tizimli va 

har tomonlama o’rganishga yo’naltiradi. Inson jamiyatining barcha qatlam va 

tomonlari o’rganiladi. Jumladan iqtisod, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, din va 

boshqa . Bundan yondashuv tarix haqida inson jamiyatlarining rivojlanishining 

organic  -ichki shartlangan jarayoni haqidagi tizimli tasavvurni yaratish 

imkoniyatini beradi. Tarixni ijtimoiy xotira sifatidagi funksiyasiga nafaqat 

ajdodlarning tajribasini to’plash va saqlash  balki alohida tarixiy  hodisalarni 

baholash ham kiradi. Tarixchining bahosi dunyoqarash va xarakterga ega. Jamiyat 

o’z o’tmishiga befarq indeferent bo’lishi mumkin emas. Unga daxlsiz yoki 

shunchaki qarsh mumkin emas. O’tmishda bo’lgan ko’p narsa zamonaviylik 

manfatiga tegishlidir. Ammo, zamonaviy xalq va davlatlar eski tarixiy mojarolarni 

davom ettirishi, o’tmishdagi o’zaro va milliy to’qnashuvlarga e’tiborni qaratishi, 

haqiqiy chegaralarni izlashi, qachonlardir qilingan adolatsizlik uchun qasos olishi, 

bular foyda keltirarmikan va bularning barchasi yangi fojea va umuminsoniy 

talofatga olib keladi. Buning misollari ko’p.  Shuning uchun “Tarixiy fanning 

vazifasi -yarashtiruvchi xotira” bo’lishdadir. Shu paytning o’zida tarixiy fan u yoki 

bu xalqni jahon madaniyatining xazinasiga hissasini baholashda adolatni tiklashi  

alohida tarixiy arbob va butun xalqlarni reabilitatsiya qilish mumkin. Agarda 

ularning haqiqiy roli o’tmishda noto’g’ri talqin qilingan bo’lsa. Eng yomon 




insondan qahramon niqobini olib tashlanishi Asterning so’zlariga ko’ra 

 

“Zamondoshlarimizda masofa va tarixni yaqinligidan vujudga kelgan istiqbolning 



xatolarini to’g’irlab  tarix o’ziga xos jahon tiribunaliga  tinchlik tribunaliga 

aylanadi”. Bu borada tarix bugungi kunda adolatsiz hukm qilinganlarga kelajakda 

adolatli hukm bo’lishiga yordam beradi.  

Ilmiy idrok etish funksiyasi-  har qanday fanning majburiy atributi ya’ni belgisi 

ilmiy idrok etish yoki evristik funksiyasidir.  

Tarixnavislik oldida mazkur funksiyani amalga oshirishda turgan vazifa jamiyat 

oldida turgan muammolarni to’g’ri hal etish uchun zaruriy bilimlarni taqdim 

etishdir. O’tmishda bu vazifa juda soda tushunilgan. Hayotning barcha holatlariga 

pretsedentlar ya’ni turli  hodisalarning to’plami sifatida. Masalan, qadimgi yunon 

tarixchisi Dionisi Galikarnas kabi  Lord Bolingrop tarixning haqiqiy foydasini 

“Tarix bu misollar yordamida bizni o’qitadigan falsafa deb” tushungan. Tarixiy 

fanni    vazifalarini bunday turdagi tushunishni o’zgartirishga birinchi harakatni 

Germaniya mutaffakir olimi Gerder amalga oshirgan. U insoniyatning global 

falsafasini yaratishga qaror qilgan va bu falsafada tabiat dunyosi va  inson dunyosi 

organic tazrda bog’liq edi. U o’z ijodini jahon tarixi ma’no va mazmun mohiyatini 

aniqlashga bag’ishlagan. Gerder quyidagicha yozgan: ”Makonlar donolikka va 

donishmandlika to’ladir. Zamonlar esa, tartibsizlikkka  hausga  to’ladir  va inson 

balki tartibni izlash uchun yashash davrining qisqa vaqtida aniqlik kiritish  uchun, 

o’tmishga kelajakni kiritish uchun, kelajkda o’tmishni qurish uchun yaratilgandir, 

bo’lmasa insonga xotira nima kerak? Unga eslashlar nimag kerak?”.  

Tarix ma’nosini izlash XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’rganila boshlandi. 

Bu vazifa pozitivistik tarixnavislik uchun bosh vazifaga aylandi. Keyin esa 

markstistik qarash vakillarining ham vazifasiga aylandi. Ijtimoiy rivojlanish 

qonunlarini kashf etilishi faqatgina tarix qonuniyatlaridagina mumkin degan 

pozitivistik qarashdan kelib chiqqan holda  Sovet olimlari marksisitik tarixiy 

fanning muhim ijtimoiy funksiyasi jamiyatni ilmiy jihatdan asoslangan rahbarlikni 

asosini tashkil qiluvchi  ijtimoiy qonunlarni aniqlash degan xulosani keltirdilar. Bu 



hodisalarni ochilishi makstizm asoschilarining asarlarida amalga oshirilgan deb 

qarashadi. Tarix ilmiy idrok funksiyasini bunday keng talqinini qabul qilish qiyin. 

Jamiyatni har tomonlama o’rganish uchun tarixiy bilimlarni chuqur o’rganish 

lozim.  Bular jamiyatni faoliyat yuritish qonunlarini o’rganish uchun  ham 

muhimdir. Tarixnavislik o’z ma’lumotlarini umumlashtiruvchi ijtimoiy fanlarga 

ham taqdim etadi. Shu qatorda alohida madaniy  voqealarni  qiyoslash, tarixiy 

hodisalarni tiplashtirish yo’li bilan o’tmishni nazariy anglash va zamonaviy 

rivojlanishning tendensiyalarini aniqlashga o’z hissasini qo’shadi. Biroq bugungi 

kunda, tarixning idrok imkoniyatlariga bo’lgan bunday yondashuv bahsning 

predmetiga aylandi. Ijtimoiy ongda tarixiy metadologiyaning zamonaviy dunyoni 

tushunish uchun nomuvofiqligi haqidagi qarashlari tarqalmoqda. Chunki, 

zamonaviy dunyo o’tmish dunyoga tamoman o’xshamaydi va shu sababli samarali 

tarixiy tahlilning predmeti bo’la olmaydi. Bunda o’tmishni o’rganishning ma’nosi 

ham bahsli  masala bo’lib qoldi. Maginlitskiy XX asrning oxirgi o’n yilliklarida 

bo’lgan tarixnavislik inqilobi tarixning ijtimoiy renessansiga olib kelmaganligini 

ta’kidlab o’tgan. Shu bilan birga, tarixning idrok etish qobiliyatini baholash uni 

ijtimoiy qonunlarini  ochib berishga qo’shgan hissasi bialn belgilanmaydi. 

Kovalchenko “Ijtimoiy rivojlanish davrini eng qadimiylikdan hozirgi davr 

jarayonigacha  muayyan ilmiy o’rganishni o’zi fundamental ilmiy ahamiyaga ega”. 

Ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarining chuqur tarixiy tahlili jamiyatga ilmiy 

rahbarlik qilishning zaruriy asosi va asoslangan davlat siyosatini amalga 

oshirishning fundamenti sifatida namayon bo’ladi” deb yozadi.  

Agarda shakllangan ijtimoiy siyosiy vaziyatning tarixiy tahlili dastlabki islohotlar 

tajribasini o’rganish, tarixiy an’ana ta’sirini kuchini doimiy hisobga olish oldindan 

namoyon bo’lganda edi ijtimoiy islohotlardagi xatolar bartaraf bo’lar edi.  

Chuqur tarixiy tadqiqoqtlar ijtimoiy prognozlashtirish ya’ni bashorat qilish uchun 

asos bo’ladi. Tarixiy tajribani hisobga olmaslik kelajakka zamonaviy rivojlanish 

ko’rsatkichlarini to’g’ri ekstropalyatsiya o’tkazish kelajakni tahmin qilish 

harakatini yo’qqa chiqargan.  



Bu borada SSSRda XX asrning 80-yillarga kelib kommunistik jamiyatni qurish 

haqidagi  prognoz puchga chiqishi mashhur hodisalardan biridir. Biroq, harbiy 

futurologiyaning boshqa tahmin prognozlari ham asossiz bo’ldi. Prognozlashtirish 

ya’ni bashorat qilish murakkab ish hisoblanadi. Chunki ijtimoiy hayotda alohida 

subyektlarning faoliyati  bilan bog’liq bo’lgan alohida omillarning katta soni 

mavjud. Shuning uchun har qanday ijtimoiy prognoz ehtimol xarakteriga ega. 

Alohida ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar tahlilga oson tortiladi va ularning 

rivojlanishini bashorat qilish keng qo’’laniladi. Bu bilan asosan sotsiolog, psixolog 

va iqtisodchilar shug’ullanishadi.  

Bunda savol tug’iladi ya’ni prognozlashtirish tarixiy fanning ijtimoiy 

funksiyalariga kiradimi? Bunday funksiya XIX asrning  pozitivsitik 

tarixnavisligida tan olingan. Biroq, XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq 

shubha ostiga qo’yildi. Tarixning marstistik metadologiyasida tarixni 

prognozlashtirish funksiyasi ekanligi ta’kidlangan.  

Tarixchi ijtimoiy prognazlashtirish tabiatchi olim tomonidan qilingan bashoratdan 

farqli ekanligini unutmasligi lozim. Tarixnavsilik taxminiy fan emas. Sterenning 

fikricha “Real bo’lgan narsanigina tadqiq etish mumkin. O’tmish bilan holat aynan 

shundaydir. Kelajakning tarixi imkoniyatsizdir.  U tassavvurning mahsuliroman 

qissagina bo’ladi”. Oldindan bashorat qilish taxmin qilish tarixning vazifalariga 

kirmaydi.  Bunda tarix tadqiqotlari alohida holatlarda ijtimoiy prognozlashtirish 

muvaffaqiyatiga ko’maklashadi.  

Tarbiyaviy funksiya – antic va o’rta asrdagi tarixchi olimlarining muhim vazifasini 

fuqarolarda oliy hislatlarni ishlab chiqish va muhtahkamlashda ko’rishgan. Barcha 

qadimiy va qadimdagi tarixchilar u yoki bu darajda ahloqni o’rgatuvchi bo’lganlar. 

Plutarxning qiyosiy hayot biografiyalari eng yaxshi insonlarga taqlid qilishi 

mumkin bo’lgan namuna va misol bo’la olgan. Odamlardagi yomon ahloqiy 

hislatlarni yo’q qilishga xizamt qiluvchi vosita sifatida qaralgan.  

Tarixning tarbiyaviy ahamiyati haqida maorif falsafasi ham so’z yuritgan. Didro va 

Alamber o’zining ensiklopediyasida “Tarixning  maqsadi o’zga mamlakatlarning 



qonun va ahloqlarini o’z qonun va ahloqlari  bilan solishtiradilar”. Bu qiyos 

zamonaviy millatlarni bir-biri bilan musobaqa qilishga undaydi. O’tmishdagi yirik 

xatolar har tomonlama foydalidir. Ma’nosiz kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan 

jinoyat va baxtsizliklar haqida qayta qayta eslatish lozim. So’zsiz  ular haqida 

eslatish ularni takrorlanishiga va qaytarilishiga xalqit beradi” deb ko’rsatib 

o’tishgan. Maorifchilar alohida e’tiborni davlatpanoh va podshoh lavozimidagi 

bosh rahbarning tarixiy ma’lumotiga qaratganlar. Bunda umidlar maorifli hukmdor 

aql idrokli davlat tuzilmasini ta’minlashga va to’g’ri siyosatni amalga oshirishga 

qobiliyatli umidda bo’lganlar. O’tmish tarixchilarining asarlarida tarbiyaviy 

ahamiyati keng ommaga havola etilgan. Tarixiy bilimlar o’sib kelayotgan 

yoshlarni dunyoqarashini shakllantirilishi uchun o’ziga xos o’ringa ega. XIX asrda 

tarix maktab dasturiga kiritilgani bekorga emas. Sharq va G’arbda tarix fanini 

majburiy fanlar qatoridan fakultativ fanlar qatoriga o’tkazish uchun qilingan 

harakatlar besamar ketdi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, tarix fanini o’qitishdagi 

kamchiliklarga qaramay tarix asoslarini bilmasdan to’laqonli tarix ma’lumotlarini 

olish imkoniyatsizdir.  

Siyosiy mafkuraviy funksiya haqidagi savol doim bahslidir. Savol tug’iladiki, 

tarixni siyosiy kurashga jalb etilishi so’zsiz uning obyektivligiga o’z ta’sirini 

ko’rsatadi. Tarixiy tadqiqotlarni siyosiylashtirish tarixiy fanni mafkura 

xizmatchisiga aylantiradi. Biroq, tarixnavislikning ijtimoiy tabiati zamonaviy 

jamiyat hayotining u yoki bu masalalarida javob berishga chorlaydi. Bunda ish 

nafaqat yangi va eng yangi tarix sohasidagi tadqiqotlar bilan cheklanmaydi. 

Aksariyat hollarda qadimgi va o’rta asr tarix muammolari ham dolzarb bo’lib 

qoladi. Bu borada bahslar vujudga keladi va bu bahslarga turli ijtimoiy qatlamlar 

ham jalb etiladi. Masalan, davlatchilik rivojining zamonaviy bosqichida Belarus 

mamlakatining o’zaro qarshi ziddiyatli  kuchlari Litva buyuk knyazligi   va uni 

ichida Belarus unsuri bilan bog’liq bo’lgan masalalarni keskin qo’yishgan. Ilmiy 

va siyosiy dalillar shu darajada uzviy bog’langanki, ularni ajratish qiyin. Shunday 

qilib olimlarning hohish-istaklariga qaramasdan tarixiy fan aslida ma’lum siyosiy 



mafkuraviy funksiyani bajaradi. Bu funksiya tarixiy fanni rivojining barcha 

bosqichlarida kuzatiladi.  

Tarixga bo’lgan pragmatic ya’ni amaliy yondashuv Antik davrda belgilangan. 

Masalan, Fukidit o’tmishdan ma’lum saboqlarni olishga intilishi haqida so’z 

yuritgan. Bu saboqlar xuddi shu yoki o’xshash ko’rinishda voqealarni 

takrorlanishida kelajakda takrorlanishida bo’ladi deb ta’kidlagan.  

O’rta asr jamiyati tarix oldida cherkov dogmatlarini asoslab berish, diniy va 

dunyoviy  knyazlarning mulkiy huquq va imtiyozlarini himoyalash bo’yicha tarix 

oldiga bir qancha vazifalar qo’yilgan edi. Bibliyaning dogmatlari bunga shubhasiz 

qabul qilingan va bu yerda tarix dindorlar cherkov xizmatchisi rolini o’ynashgan.  

Gumanistik tarixnavislikda tarixning bo’linishi (sekorizatsiya) vujudga keldi. Shu 

paytning o’zida  tarixiy tadqiqotlar siyosiyroq tus oldi. Iyaliyaning bir qancha 

shaharlarida ko’plab  mahalliy tarixlar paydo bo’ldi. Aksariyat hollarda, 

buyurtmaga yozilgan bo’lib, ularning maqsadi o’z shahri yoki davlatini madh etish 

edi. Ularni mualliflari o’z davlatining siyosiy va hududiy da’vogarliklarini 

asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga hukmron sulola hattoki, 

uzrpatorlarning hokimiyatini mustahkamlanishiga ko’maklashgan. Masalan, 

mashhur gumanist Lorenso Valla Neopolitan qiroli Alfonsning kotibi bo’lib, uning 

buyurtmasiga ko’ra qirolni madh etuvchi “Aragoniya qiroli Ferdendtning tarixi, 

uchta kitobda” asarini yozgan. Maorifchilar tarix dalillarini ratsionalistik 

dunyoqarashni asoslab berish uchun dalil sifatida qo’llagan. Didro va Alamber 

fikricha, tarix siyosiy fan. Chunki, u ajdodlarning tajribasini anglab yetishga 

undaydi. Davlat rahbarlari va amalaga oshiradigan siyosat uchun qonunchilik 

uchun katta ahamiyatga ega.  

XVIII asrning oxiridan boshlab tarixnavislik turli davlat va siyosiy partiyalarning 

quroliga aylanib qoldi. Tarixning siyosiy funksiyalari uning mujassam ifodasini 

Kichik Germaniya tarixnavisligida topdi. Bu uning nomi   Germaniyani Prussiya 

tasarrufi ostida birlashtirish borasidagi siyosiy kurashda faol ishtiroki uchun 

shunday nomlangan. Uning vakillari siyosiy kurashda nafaqat bevosita ishtirok 



etdi, ular Prussiyaning militaristic kursini yagona imkoniyatli real siyosat sifatida 

madh etdilar. Aynan shu nuqtai nazardan Droyzenning to’rt jildli “Pruss siyosati 

tarixi”, Zibelning yeti jildli “Gilgelm birinchi tomondan Germaniya imperiyasiga 

asos solinishi, Terechkiy tomonidan besh jildli “XIX asr nemis tarixi” kabi kitoblar 

yozilgan.  Tarixnavislik sovet jamiyatida hukmron bo’lgan siyosiy partiyaning 

siyosiy va mafkuraviy ehtiyojlariga xizmat qilishga ochiq bog’langan edi. 

Stalinizm davrida “Bolshevizmning qudratli g’oyaviy quroli”, “Markstizmning 

Leninizmning    haqiqiy  ensiklopediyasi” deb e’lon qilindi va uzoq davrga sovet 

tarixiy fanning yo’nalishini belgilab berdi. Fanda partiyaviylik prinsipi keying 

davrda ham tarixiy tadqiqotlar mualliflarining loyalligi va mafkuraviy yetukligi 

ustidan nazorat vositasi sifatida saqlanib qoldi.  

Ijtimoiy tizimlarning qarama-qarshiligi ziddiyati tarixiy fanni “temir pardoning 

ikkala tomondagi holatida o’z aksini topdi”. Sovuq urush yillarida Amerika 

tarixnavisligi ham siyosiylashdi. Uning yo’nalishi ilmiy va siyosiy vazifalarni 

bevosita bog’lar edi. 1949-yilda Amerika tarixiy assotsiatsiyasi prezidenti Rit 

o’zinig tarixchining ijtimoiy mas’uliyati” deb nomlangan quyidagilarni bildirgan. 

Total urush ya’ni keng miqyosli urush, isssiq yoki sovuq bo’lsin barchani jalb 

etadi. Har  shaxs o’z rolini bajarishi kerakligini talab etadi. Tarixchi bu 

majburiyatni fizik olim kabi kam bo’lmagan darajad bajarishi lozim”. Olimlarning 

aksariyati “Tarix siyosat bilan birgalikda faoliyat yuritsada, u biron bir siyosatning 

tomonini olmasligi lozimligi” degan iboraga ishondilar. Tarix faqatgina haqiqat 

partiyasiga a’zo bo’lishiga ishonildi. Tarixchilar davlat, partiya yoki biron guruh 

tomonidan  majburlanishlari mumkin emas. Bu dav’at 1995-yil avgust, sentyabr 

oylarida Monrealda bo’lib o’tgan Tarixiy fanlarning xalqaro kongressi birinchi 

majlisining asosiy shiori bo’ldi. Bu kongressda boshqa masalalar bilan birga 

tarixchi ijodining erkinligi haqidagi masala ham muhokama qilindi. Tarixning 

siyosiy mafkuraviy funksiyasi haqidagi masala yosh postkommunistik davlatlar 

uchun dolzarb bo’ldi. Chunki ular shakllangan xalqaro munosabatlar tizimida o’z 

o’rni aniqlashga intilayotgan edilar. Mavjud bo’lishga bo’lgan hohish ular 

o’tmishga faol murojaat qiladilar. Bu holatda tarixiy fan muhim ijtimoiy 




buyurtmaga ega bo’ladi. Bu buyurtman tarixning rivojini ham rag’batlantiradi. Shu 

nazarda tutish kerakki, bu buyurtmani fan mustaqil tarzda izlashga yo’naltirilib 

bajarilishi lozim. Bu yerda fan siyosiy konyukturaga bo’ysunmasligi lozim. Aks 

holda tarix ilmiy xaraktetini yo’qotadi va o’z ilmiy darajasiga putur yetkazadi. 

Obyektiv xulosalar va tavsiyalarni jamiyat faqat mustaqil tazrda olishi mumkin.  

 


Download 112,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish