1-mavzu: Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Reja: Xarakat xafsizligi


-Mavzu: Tezyurar poyezdlar xarakati



Download 133,63 Kb.
bet21/21
Sana21.05.2022
Hajmi133,63 Kb.
#605518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-mavzu

18-Mavzu: Tezyurar poyezdlar xarakati.

Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar yo’lovchi poezdlarini qabul qilish va jo’natish stansiya TBA (texnikaviy-boshqaruv akti)da ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.


Stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazishda manyovr ishlari va yo’llardagi olib qo’yiladigan birliklarning boshqa har qanday harakatlari tezyurar yo’lovchi poezdining qo’shni stansiyadan chiqish vaqtiga to’xtalishi, manyovrlar rahbari esa manyovrlar amalga oshirilgan yo’lda qoldirilgan vagonlar ketib qolishdan stansiya TBA da belgilangan normalarga muvofiq mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi va stansiya navbatchisiga bu xaqida xabar berishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazish uchun marshrutlarni tayyorlash bilan bog’liq barcha operasiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining ichkaridan o’tkazish marshrutiga kiruvchi strelkalarni yangi marshrutlarni o’rnatish uchun o’tkazish faqat poezd stansiyadan o’tib ketgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
Majburiyatlariga poezdlarni kutib olish va kuzatish vazifasi kiritilgan stansiya navbatchilari, signalchilar va "O’zbekiston temir yo’llari" AJ korxonalarining boshqa xodimlari tezyurar yo’lovchi poezdlari o’tishidan kamida 5 daqiqa oldin kutib olish uchun belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi yo’lning chekka relsiga 5 m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.
Tushirilgan yoki ortish uchun tayyorlab qo’yilgan bagaj va pochta, pochta-bagaj aravachalari, shuningdek tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkaziladigan yo’l yoqasidagi yo’lovchi platformalarida joylashgan boshqa yuklar va buyumlar, ushbu poezd o’tkazilishidan oldin mazkur yo’l platformasi chekkasidan kamida 2 m masofada joylashtirilishi, aravachalar esa, bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin barcha olib qo’yiladigan birliklar (ta'mir minoralari, yo’l vagonchalari, olib qo’yiladigan defektoskop aravachalari) ushbu poezd harakatlanish marshrutiga kiruvchi yo’llardan, shuningdek mazkur marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.
Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan birliklarning, shuningdek olib qo’yilmaydigan motor-rels transportining peregonga yo’lga chiqishi taqiqlanadi.
Stansiya va to’xtash punktlari yo’lovchi platformalarida, chipta kassalari yonida, yo’ldan o’tish joylarida, temir yo’l kesishmalarida odamlarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tish vaqti xaqida e'lonlar hamda ularni o’tishida alohida ehtiyotkorlik xaqida ogohlantirishlar osib qo’yilishi kerak. Bunda navbatchi xodimlar, shuningdek poezdlarni platformalarda kutayotgan yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).
Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi va odamlarning xavfli xududda bo’lishlarining taqiqlanishi xaqida oldindan xabardor qiladilar. Xabardor qilish yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi orqali tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 15 daqiqa oldin xabarni 5 daqiqalik intervalda uch marta takrorlab amalga oshiriladi. Stansiyada yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi yo’qligida yoki nosozligida yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Stansiyada turgan yo’lovchi poezdlarining kuzatuvchilari qo’shni yo’ldan tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan oldin bu tomondan vagon eshiklarini berkitishi va yo’lovchilarni bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.
Ikki yo’lli peregonlarda tezyurar yo’lovchi poezdlarining yuk poezdlari va boshqa harakat tarkibi bilan, yo’lovchi va shaharlararo poezdlardan tashqari, kesishishiga ruxsat etilmaydi.
Stansiya orqali ichkaridan o’tkazishda tezyurar yo’lovchi poezdlari asosiy yo’llar bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston temir yo’llari" Birlashtirilgan dispetcherlik markazi boshlig’i yoki uning o’rinbosari ruxsat berishi mumkin.
Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda poezd tezligi 120 km/soat dan, noto’g’ri yo’l marshruti bo’yicha joylashgan kesishmalardan o’tishda esa, agar ular avtomat signalizatsiyasi qurilmalari va to’sish jihozlari bilan faqat to’g’ri yo’l bo’yicha jihozlangan bo’lsa, 40 km/soat dan oshmasligi kerak. Tezyurar yo’lovchi poezdining noto’g’ri yo’l bo’yicha yoki jadvaldan og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.
Asosiy va ular bilan qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi masofalar 6850 mm dan kichik bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnik-farmoyish dalolatnomalari bilan belgilanadi.
Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining majburiy o’tkazilish zaruratida poezd dispetcheri oldindan, hali poezd avvalgi stansiyadan o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlashi kerak hamda uning xabari mashinist tomonidan qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.
Tezyurar yo’lovchi poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi. To’xtashdan keyin radio aloqa orqali, agar u ishlamasa - stansiya xodimi orqali lokomotiv mashinistiga uni qo’shni stansiyada yonbosh yo’l orqali o’tkazilishi xaqida xabar yetkazilishi kerak. Xuddi shunday tartibda (poezdning stansiyada to’xtashidan keyin) barcha tezyurar yo’lovchi poezdlarining lokomotivlari mashinistlariga kutilmasdan yuzaga kelgan ogohlantirishlar xaqida xabarlar yetkaziladi. Tezyurar yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan o’tkazish zarurati, u hali stansiyaga tutashuvchi peregondaligida yuzaga kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga qabul qilinishi kerak.
Jadvalda nazarda tutilmagan stansiyada tezyurar yo’lovchi poezdining to’xtashi zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining jadvaldan og’ishlarida uni o’tkazishga faqat ushbu poezd uchun poezd harakatlari grafigida o’rnatilgandan kamaytirilmagan poezdlar aro intervallari bilan ruxsat etiladi.
Lokomotiv ALS qurilmalari ishdan chiqishi holatlarida mashinist bu xaqida radio aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini olgach, ALS qurilmalari ishi tiklangunga qadar, 120 km/soat dan oshmagan tezlikda, yo’l svetoforlari ko’rsatishlariga va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.
Radio aloqa nosozligida mashinist eng yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar yo’lovchi poezdining keyingi harakatlanishi "O’zbekiston temir yo’llari" AJ belgilagan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining peregondagi majburiy to’xtashida lokomotiv va poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" AJ belgilagan tartibda harakat qiladilar.
Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlarining oldingi kabinalarida yurishga, lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinist-yo’riqchisini hisobga olib).
Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar "O’zbekiston temir yo’llari" AJ bilan kelishilgan.
Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi belgilangan tezliklardagi harakatni ta'minlashi hamda me'yor va qoidalarga muvofiq bo’lishi kerak.
Yo’lovchi poezdlarining egrilar bo’yicha 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha eng katta harakat tezliklari so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichi, uning ko’payishi tezligidan oshmaslik shartidan hamda relsshpal panjarasining barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Peregonlar va temir yo’l stansiyalaridagi inshoot va qurilmalar 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklarda me'yor va qoidalarga binoan S250 qurilishlarning yaqinlashish gabaritiga muvofiq bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlarining harakati amalga oshiriladigan temir yo’l liniyasining butun uzunligida blok-uchastka yoki peregon uzunligiga teng pletlardan iborat uloqsiz temir yo’llar yotqiziladi.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan yo’lovchi poezdlari qatnovi amalga oshiriladigan uchastkalarning temir yo’l liniyalari to’silgan bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlari o’tkaziladigan umumiy foydalanish temir yo’llarining yoqasida joylashgan yo’lovchi platformalari, platforma chekkkasidan kamida ikki metr masofadagi muhofaza to’siqlariga ega bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarining platformalarga yaqinlashishi xaqida ma'lumot yo’lovchilarga va unda hozir bo’lgan shaxslarga "O’zbekiston temir yo’llari" AJ belgilagan tartibda yetkazilishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi poezdlarining temir yo’l stansiyalari bo’ylab ichkaridan o’tkazilganda ular asosiy temir yo’llar bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni temir yo’l stansiyasining yonbosh qabul qilish-jo’natish temir yo’lidan yoki peregonning noto’g’ri temir yo’lidan o’tkazilishi "O’zbekiston temir yo’llari" AJ belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishadigan uchastkalari bo’ylab harakatlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Temir yo’l liniyasi bilan turli sathlarda temir yo’llar orqali odamlarning o’tish, chorva mollarini haydab o’tish joylari va yovvoyi hayvonlarning ko’chish yo’llari barpo qilinishi kerak.
Avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi mavjud kesishishlar avtotransportning temir yo’llarga chiqib ketishini bartaraf etuvchi kesishmalarni to’sish moslamalari (keyinchalik - KTM) bilan to’sish shartida vaqtinchalik saqlab qolinishi mumkin.
Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" AJ rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi ko’rsatib o’tilgan harakat tezliklarida poezd radioaloqasini va ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi radio aloqa tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi tashishlariga xizmat ko’rsatuvchi elektr poezdlar "O’zbekiston temir yo’llari" AJ belgilagan talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
Mazkur Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan texnikaviy foydalanishni tashkil etish bo’yicha umumiy talablar "O’zbekiston temir yo’llari" AJ bilan kelishilgan.

1



Download 133,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish