1. Mehnat resurslari haqida tushuncha va uni o‘rganish ob’ekti sifatida


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlariga mexnat resurslarining samarali taqsimotini takomillashtirish



Download 0,77 Mb.
bet6/16
Sana13.07.2022
Hajmi0,77 Mb.
#784920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Меҳнат ресурслари статистик ўрганиш

2. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlariga mexnat resurslarining samarali taqsimotini takomillashtirish
Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham, mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir.6 Mehnat bozorining asosiy unsuri va tarkibiga kiruvchi – bu mehnat resurslari hisoblanadi (Bu ko‘rsatkich haqida 1.3-paragrafda to‘xtalib o‘tildi. Biroq, bu paragrafda bu ko‘rsatkichning viloyat miqyosida tutgan o‘rniga kengroq to‘xtalib o‘tiladi).
Bizga ma’lumki, mehnat bozorini oqilona shakllantirishning asosiy va hal qiluvchi sharti – mehnat resurslarini takomillashtirishva u bilan ish joylari o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni ta’minlashdir.7 Buni Xorazm viloyatida ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda asosiy o‘rinni davlat egallaydi. Demak, Xorazm viloyatida mehnat bozori rivojlanishi va samaradorligi mehnat resurslaridan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir. Mehnat resurslari viloyatning iqtisodiy taraqqiy qilishida muhim o‘rin tutadi va viloyatning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloqda mehnat resurslaridan unumli foydalanish kichik korxonalar tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mintaqada mehnat resurslarining keskin o‘sib borishi, murakkab texnologiyalar sohasida ishlab chiqarish malakalarining etishmasligi va bu esa o‘z navbatida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni murakkab-lashtirilishi bilan xarakterlanadi.8 Shuning uchun ham, mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida, Xorazm viloyatida aholining mehnat qilishga qobiliyatli qismini tashkil qiladi. Ya’ni, mehnat resurslari – bu har bir mamlakatning ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olish imkoniyati, mamlakat iqtisodiy salohiyatining bir qismi hisoblanadi. Mehnat resurslari viloyatning mehnat qilish qobiliyatiga ega, ya’ni iste’mol qiymati ishlab chiqarishda foydalaniladigan jismoniy va ruhiy-ma’naviy layoqat egalari bo‘lgan kishilar to‘plami bo‘lib, har bir mamlakat va viloyatimizning ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olish imkoniyatlari va mehnat jarayonida qatnashish qobiliyati bo‘lgan aholining bir guruhini ifodalaydi. Bizning viloyatimizda bularga mehnat yoshidagi mehnatga yaroqli aholi hamda mehnat yoshidan tashqarida bo‘lgan, lekin ishlayotgan aholi kiradi.
Umuman olganda, har bir hududning aholisi, shu jumladan viloyat aholisi mehnat resurslari bo‘yicha uch guruhga ajratiladi: bo‘lg‘uvchi mehnat resurslari (mehnat yoshiga etgan aholi); amaldagi mehnat resurslari (16-59 yoshdagilar); mehnat resurslari yoshidan chiqqanlar (pensionerlar: 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar).
Mehnat resurslari hudud va mamlakatlarni rivojlanish guruhlari bo‘yicha tavsiflashda ham muhim tutib, buni mamlakat va hududlarda mehnat resurslarining salmog‘iga qarab sanoat yoki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga ixtisoslashishini aniqlash imkonini beradi. Agar aholi tarkibida yoshlar ko‘p bo‘lsa, mehnat resurslari tez o‘sadi. Qishloq xo‘jalik tarmoqlarida band bo‘lganlarning salmog‘i juda yuqori bo‘lsa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti agrar iqtisodiyot hisoblanadi. Bu salmoq uncha yuqori bo‘lmasa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti agrar-industrial iqtisodiyot hisoblanadi. Agar qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lganlar soni sanoatda band bo‘lganlar salmog‘idan past bo‘lsa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti industrial iqtisodiyot hisoblanadi. Sanoatda band bo‘lganlarning salmog‘i qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar salmog‘idan ancha yuqori bo‘lsa, taraqqiy etgan industrial iqtisodiyot hisoblanadi.91 Bizning Xorazm viloyati respublikamizdagi agrar-industrial iqtisodiyotga ega hududlardan biridir. Ushbu iqtisodiyot guruhlari bo‘yicha mehnat resurslarining samaradorligi o‘zgarishda bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida quyidagi omillar mehnat resurslari qisqarishi va kamayishiga olib keladi:10

  • uy va shaxsiy tomorqa xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi kuchi zahiralaridan to‘la foydalanish;

  • yoshlarning ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish jarayonidagi bandligining o‘sishi;

  • noishlab chiqarish sohasi ishchilari sonining aholining turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘sishi bilan bog‘liq ravishda ortishi;

  • mehnatga layoqatli yoshdan nafaqa yoshiga o‘tuvchi kishilar sonining ortishi;

  • qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining soni va tuzilishiga ko‘plab qishloq aholisining shaharga ko‘chib ketib qolishi;

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “... eng muhim ustuvor masala – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat”1.
Mehnat bozorining shakllanishi va uni tartibga solish – bozor munosabatlari sharoitidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biridir. Mehnat bozori iqtisodiyotning turli sektor va tarmoqlarini bog‘lovchi muhim bo‘g‘indir. Unda talab va taklif qonuni amal qiladi, raqobat sharoitida mehnat resurslarining oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Mehnat bozorining bir tomonida ish kuchi egasi tursa, ikkinchi tomonida mehnat resurslariga muhtoj korxona, firma turadi. Ular o‘rtasida ayirboshlash munosabati yuz beradi. Shu tarzda mehnat resurslariga talab va mehnat resurslari taklifi bir-biri bilan bog‘lanadi.
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha muammoni hal qilishning eng samarali qurollaridan biri bo‘lgan “mehnat bozori” tushunchasi, bu bozorning tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini tadqiqot qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularni o‘rganish quyidagi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar inobatga olinishini taqozo etadi:

  • respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60%dan ortig‘i qishloq joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning 40%dan ko‘prog‘ini ishlab chiqaradi;

  • noqishloq xo‘jaligi ishchi joylari etishmasligi sababli ish bilan band bo‘lmagan qishloq mehnat resurslari respublikada ish bilan band bo‘lmagan aholining salmoqli qismini tashkil qiladi va ularning soni o‘smoqda;

  • mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo‘lmagan kishilarning malakasi va safarbarligi pastligi ular yashash joylaridan shaharga va mamlakatdagi mehnat bilan kam ta’minlangan hududlarga hamda xorijiy davlatlar ob’ektlariga qarab harakat qilishlariga asosiy to‘sik bo‘lmokda;

hududlardagi sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda xususiy xo‘jaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yo‘li bilan mehnat resurslari talabi va taklifi o‘rtasidagi rastional nisbatni ta’minlash imkoniyatlari mavjud. 1-diagramma ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda 2006-2018 yillarda doimiy aholi va mehnat resurslarining o’sish sur’atlari nisbati doimiy aholi soni 2006 yil 1 yanvar holatida 26,3 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2018 1 yanvar holatida 31,4 ming kishini tashkil etgan. Mehnat resurslari soni 2006 yil 1 yanvar holatida 14,4 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2018 1 yanvar holatida 18,1 ming kishini tashkil etgan. Respublikaning ortiqcha mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan hududlari, eng avvalo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, O‘zbekiston va Xorazm Respublikalari uchun mehnat resurslariga bo‘lgan talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish mehnat bozorini tartibga solishning eng samarali usullaridir. Bu usullar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
Butun mamlakat va alohida mintaqalar uchun mehnat resurslarining sof o‘sishi ko‘rsatkichi bu resurslar tabiiy ko‘payishi va kamayishi o‘rtasidagi tafovut ko‘rinishida hisoblanadi. Kelishlar soni bilan ketishlar soni o‘rtasidagi tafovut mehnat resurslarining mexanik o‘sishini, ya’ni, migrastiyani belgilaydi.



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish