1. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion omillarning samaradorligi?



Download 59 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi59 Kb.
#832829
Bog'liq
bilimlar iqt 5


Nazorat uchun savollar
1. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion omillarning samaradorligi?
Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy- huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish;


insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, iste’mol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish;


monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o‘z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;


iste’mol tovarlari narxlari monitoringini o‘tkazish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, ichki bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish. Davlat tomonidan tartibga solish tizimini shakllantirishning asosiy tamoyilini o‘zgartirish - bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi. O‘tish bosqichida mazkur tizim ikkita hal qiluvchi tendensiya bilan tavsiflanadi. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bu yerda keng qamrovli xususiyatni yo‘qotadi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi darajasi pasayadi. Ikkinchi tomondan, davlat tomonidan tartibga solish shakllari va


usullarining o‘zgarishi yuz beradi.


Bozorga o‘tish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xo‘jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, o‘tish bosqichida bozor shakllanish bosqichida bo‘ladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xo‘jalikdan bozorga o‘tish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat o`tish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag‘batlantirishga, uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan.

Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatning o‘tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o‘z tartibga soluvchilarini ta’sirini to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish.


Birinchi guruhga bozor xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining huquqiy bazasini ta’minlash funksiyasi hamda bozor muhitida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida raqobatni rag‘batlantirish va himoyalash funksiyasi kiradi.


Ikkinchi guruhga esa daromadlarni qayta taqsimlash, resurslarni taqsimlashga tuzatishlar kiritish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish funksiyalari kiradi.


2. Iqtisodiyotda marketing innovatsiyasining ahamiyati qanday?

Xizmatlar bozoridagi raqobat muhiti jadal kechayotgan bugungi kunda iqtisodiyotning turli sohalariga samarali marketing faoliyatini joriy etish va axborot tizimlariga asoslanib marketingning zamonaviy ko’rinishlaridan foydalanish xizmatlar sohasini samarali boshqarishning zamonaviy usullaridan biri bo’lib hisoblanadi.


Marketing — ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyati turi bo’lib, bozor­dagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishga xizmat qiladi. Marketing bu tovar va xizmatlar harakatlari­ning barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab va taklifni o’rganish, xizmat ko’rsatish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli (kompleks — tizimli) yondashishdir. Marketing mazkur sohadagi biznesning maqsad va vazifalari hamda aniq ixtisoslashuvi, bozor turi va uning o’ziga xos xususiyatlari, foydala­nuvchilar guruhini ajratish va ekspansiyalar kattaligi, raqobat, resurslardan foydalanish, reklama orqali namoyon bo’ladi. An’anaviy marke­ting interfaol sotuv tizimini va iste’molchilarning baholay oladigan aks ta’sirlanishi(reaksiyasi)ni nazarda tutgan bo’lsa, Internetdagi marketing bu ma’noda to’g’ridan-to’g’ri marketingni namoyon qiladi.


Hozirda internet manbalaridan olingan ma’lumot biznesning mohiyatini, uning maqsad va vazifalarini aniqlashtirishni tezlashtirmoqda, uni ma’lum bir soha faoliyati turiga kiritishga, soha va biznes­ning rivojlanishini baholashga, kelajakda qo’shni bozorlarga ixtisoslashuv istiqbollarini joriy qilishni kengaytirish yoki ixtisoslikni almashtirish imkoniyatlarini aniqlashga imkon bermoqda. Saytga tashrif buyuruvchilardan so’rov o’tkazish nafaqat talabning tuzilmasini, balki uning dinamikasini ham kuzatish imkonini beradi. Bunda kishilarning bergan javoblari asosida so’rov maqsadiga bog’liq holda, savollarni o’zgartirish qiyin bo’lmaydi. Veb-saytga tashrif buyurganlardan ham­da xaridorlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, real internet-do’kon­larda bozor segmenti — maqsadli guruhlar belgilanadi. Korxonaning sotish siyosati aynan mana shu guruhlarga mo’ljallanadi. Har bir maqsadli guruh uchun tovarlarni sotish usullari, shuningdek, iste’molchilar xaridini o’rganish va tahlil etish asosida guruhning qiziqishi va eh­tiyojlariga korxona marketing strategiyasining mosligi aniqlanadi.


Marketingning asosiy tamoyili shundan iboratki, axborot iste’molchi va uning afzalliklari haqida mavjud (yoki maxsus to’plangan) ma’lumotlar asosida tanlab olinishi va iste’molchiga aniq yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun tovarlarni sotishni tashkil etish jarayonini bozor subyektlari haqida ma’lumotga ega bo’lgan elektron katalog orqali, ya’ni aniq imkoniyatli mijozga yuborilishi kerak bo’lgan axborotni ma’lumotlar bazasidan olib, tanlov amalga oshirilsa, ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi. Axborotning tovar sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, undan foydalanish mumkin, ammo uni boshqa resurslar singari sarf qilib bo’lmaydi. Mutlaqo boshqa mahsulot va unga mos ravishda o’zga qiymatni yaratib, axborot resursidan istalgancha takroran foydalanish mumkin. Biroq vaqt o’tishi bilan axborot ham iste’molchilik, ham tijoriy qiymati va ahamiyatini yo’qotadi. Shu­ning uchun axborot resurs sifatida iste’mol tufayli yo’qolib ketmaydi, balki ko’p marta foydalanilganda o’z qiymatini yo’qotadi.


Internet-biznesda teskari aloqali marketing (yoki yakka tartibdagi marketing) tushunchasidan har bir alohida mijoz bilan shaxsiy aloqani yaratish va ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Birinchi qarashda, marketing maqsadlarini bu juda ham tor doirada tushu­nishdir. Ammo Internet-muhitda interfaol rejimda u marketing maqsadlariga to’liq javob beradi va bir vaqtning o’zida uning samarali vositasi bo’lib hisoblanadi. Internetdagi reklama ko’p hollarda foydalanuvchilarni g’ashiga tegishi mumkin. Muammo shundaki, foydalanuvchi reklamalarni ko’rishni har doim ham istamaydi, chunki u boshqa maqsadda Internet sahifalariga tashrif buyuradi. Maqsadsiz reklama foydalanuvchining bajarmoqchi bo’lgan hara­katini sekinlashtiradi, uni kerakli operatsiyani amalga oshirishdan chalg’itadi, sahifaning yuklanishini sekinlashtirib, kerakli ma’lumot olishiga to’sqinlik qiladi va oxir-oqibatda, foydalanuvchi buning uchun yana haq to’lashi ham kerak bo’ladi.


Internetda kompaniyaning saytiga tashrif buyurgan foydalanuv­chining qisqa vaqt ichida saytning asosiy sahifasiga e’tiborini tortish, unda kerakli taassurot qoldirish juda ham muhimdir. U yerda taqdim qilinayotgan ma’lumotlar foydalanuvchida keraklicha qiziqish uyg’otmasa yoki materiallarning taqdim qilish shakli unga yoq­masa, ikkinchi marta uning bu saytga kirish ehtimoli kamayadi yoki umuman yo’qoladi. Saytning sekin yuklanishi, reklamalarning ko’pligi, yangiliklarning kamligi va eski ma’lumotlar, yo’l qo’yilgan turli xatoliklar, didsiz berilgan ranglar ham foydalanuvchining qaytib saytga kirmasligiga olib keladi. Reklama taqdim etuvchilar uchun reklamaning samarasiz bo’lishi ularga qilingan xarajatlar qoplanmasligiga olib keladi. Bundan tashqari, saytga tashrif buyu­rishlar soni tovarlarni sotish hajmi bilan juda kuchsiz bog’langan bo’lib, hatto tashriflari ko’p bo’lgan saytlar ham yetarlicha samara bermasligi mumkin. Bunda foydalanuvchilar reklamalarni o’chirib qo’yishlari, ularga e’tibor bermasliklari, hatto reklamaning qaysi mavzuda ekanligiga ham befarq qarashlari mumkin.


Internet-magazin(do’kon)larning paydo bo’lganiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, ammo ularning ham kamchiliklari ko’zga tashlanmoqda. Internet-marketlarning qidiruv tizimi shunchalik kengki, o’zini yo’qotib qo’ygan foydalanuvchi ko’plab sahifalarni ochganidan, unga bo’lgan qiziqishi yo’qolishi tabiiy hol. Qachonlardir biror sahifani yuklatishga imkoni boricha kam vaqt sarfla­nishi kerak bo’lgan bo’lsa, hozirda qidiruv jarayoniga imkon qadar kam vaqt sarflanishi talab etilmoqda. Aks holda, foydalanuvchi­ning sabri chidamaydi va boshqa saytga o’tib ketadi. Internet-do’konlarga tashriflarning tahlili shuni ko’rsatadiki, foydalanuv­chi bir nechta sahifani ochib, izlagan narsasiga yetib bormasdan turib, bu saytni tark etmoqda. Foydalanuvchi saytni yaratgan dasturchining savollariga javob berib, anketalarni to’ldirib buyurtma be­rishga vaqtini sarflashni istamaydi, chunki foydalanuvchi aslida, bu xizmatdan o’zining vaqtini tejash uchun foydalanadi. Band bo’lmaganlar, ishsizlar, nafaqaga chiqqanlar yoki o’smirlar, ya’ni bu kabi tovar va xizmatlarga qiziqishi yoki imkoniyati bo’lmagan foydalanuvchilar, bu kabi xizmatlarning va marketing dasturlarining savollariga javob berishlari mumkin.


Vaqti cheklangan Internet foydalanuvchilariga Internet savdo brokerlari (store front brokers) yordamga kelishlari mumkin. Umuman olganda, dastavval Internet keng tarqalgan va ommaviy kom­pyuterlashtirish sharoitida brokerlar o’z muammolarini o’zlari hal qila oladigan mijozlardan mahrum bo’ladilar, deb taxmin qilingan edi. Biroq tadbirkorlik faoliyati tufayli operatsiyalar umumiy soni­ning oshishi, biznes-qaror va hamkorlarni mustaqil ravishda qidirish, shartnoma shartlarini ko’rib chiqish va tranzaksiyalarni tashkillashtirish qiyin, ko’p vaqt talab qilinishi hisobga olinmagan edi. Bunday holatda muammolarni samarali va muhimi, tez yechimini topa oladigan vositachilar yordamga kelishi mumkin. Ba’zi vosi­tachilar ko’p tashrif buyuriladigan, maqsadli tijorat olib boradigan mavzuli sayt egalari uchun hamkorlarni topib berishlari mumkin. Bu kabi hamkorlar to’g’ri yo’naltirilgan tijorat muhitida o’z tovarini sotishni istaydigan sotuvchilar bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, savdo-sotiq bilan shug’ullanadigan firmalar, ularning tovariga qiziqish bildirgan iste’molchilar ko’p bo’lgan saytlarda mahsulotlarini sotishlari mumkin bo’ladi.


Sotuvchilar Internet-brokerlarga o’zlarining mahsulotlari haqidagi ma’lumot va sotish shartlarini qoldirib, ular uchun mos ke­ladigan saytni tanlab beradilar, tomonlarning kelishuvidan keyin ular o’rtasida Internet-vitrina rasmiylashtiradilar. Saytdan foydalanganlik haqi sotilgan tovarlar miqdori ulushi yoki saytga tashrif buyurishlar soni orqali aniqlanadi. Odatda bu kabi saytlarnig ham­korlari yirik Internet-magazinlar va savdo bo’g’inlari hisoblanadi. Sayt va vositachi — Internet-brokerlar sotish protsedurasi uchun javobgar hisoblanmaydi, ular faqatgina markazlashtirilgan marke­tingni tashkil etadilar. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va tijorat tuzilmalari Internet-brokerlar tomonidan yaratilgan saytlardan, o’zlarining tovar va xizmatlarini yaxshiroq sotilishini ta’minlash maqsadida foydalanadilar.


Bozor, ma’lum bir guruhdagi o’xshash tovarlarning bozorda sotilishi, imkoniyatli xaridorlarning tanlovi va talabning o’zgarishi haqida kerakli ma’lumot yig’ish juda ham muhimdir. Xususan, ko’pgina firma va korxonalarning marketing (sotuv bo’yicha) bo’linmalari aynan mana shunday yo’l tutadi. Biroq bu kabi ma’lu­motlarga ishlov berishda ba’zi muammolarga duch kelinadi. Albatta, har xil kanallardan kelayotgan ko’p qirrali va juda keng ma’lumotlarga ishlov berishda, ularni tahlil va sintez qilishda axborot texnologiyalarining o’rni beqiyosdir. Bu kabi ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun maxsus dasturlardan foydalanish mumkin, misol uchun, Data Warehouse — ma’lumotlarni alohida belgilariga qarab tuzilmaviylashtirishga, to’plashga, ma’lumotlarni chizma, grafik va diagramma ko’rinishida taqdim qilishga imkon beruvchi texnologiyalar qatoriga kiradi.


Eng murakkab jarayon — bu axborotga ishlov berish muammosidir, bu jarayon, amalga oshirilayotgan innovatsion tadqiqotga nisbatan savollarni ma’noli qilib ifodalaganda va marketing xizmati uchun vazifalar yuqori darajada aniqlashtirilganda osonlashadi, ammo amaliyotda axborotlashgan marketing tadqiqotlarida masalani ta’riflash murakkab hisoblanadi. Korxonaning imijini yara­tishda Internetning o’rni beqiyos. Keng jamoatchilik nazarida firmaning qiyofasi turli vositalar: reklama, firma faoliyati to’g’risidagi axborot materiallari, ommaviy axborot vositalarida hisobotni chop etish, xayriya aksiyalari, homiylik, buyurtma maqolalar, press-konferensiya va konferensiyalar o’tkazish orqali namoyon bo’lishi mumkin. Shuni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, biror-bir firma faoliyatining iqtisodiy natijasi qanchalik darajada ommaning fikriga bog’liq bo’lsa, u shunchalik o’zining imijini ko’tarishga harakat qiladi. Internet veb-saytlarida illyustrativ materiallarni taqdim qilish tirajlar soniga ketadigan xarajatlarni, reklama hamda shunga o’xshash boshqa tadbirlar o’tkazishni tashkillashtiruvchi xodimlar ish vaqtini tejashga olib keladi.


Xulosa qilib aytganda, hozirda internet manbalaridan olingan ma’lumot biznesning rivojlanishiga, bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermoqda. Ta’kidlash joizki, internetda kompaniyaning saytiga tashrif buyurgan foydalanuvchining qisqa vaqt ichida saytning asosiy sahifasiga e’tiborini tortish, unda kerakli taassurot qoldirish juda ham muhim masalalardan bo’lib hisoblanadi.


3. “Zanjir reaksining mazmun mohiyati nimadan iborat?


4. Iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalarning o’rni?
Innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, milliy innovatsiya tizimini rivojlantirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, ilm-fan hamda texnikaning ustuvor yo'nalishlarini jadal rivojlantirish mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarning muhim yo'nalishlaridandir. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq o'tkazib kelinayotgan Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi davlat, ilm-fan, ishlab chiqarish va biznesning bu boradagi sa'y-harakatlarini samarali birlashtirish, innovatsiya jarayoni ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash hamda ularning barcha darajadagi o'zaro hamkorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Anjumanda vazirlik va idoralar, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan davlat hamda xususiy korxonalar, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy va innovatsiya markazlari, shuningdek, olim va ixtirochilar ishtirok etdi. Tadbirda ishlab chiqarishni optimallashtirish, resurslarni tejash, mahalliy xomashyodan foydalanish, import o'rnini bosish va eksport ko'lamini kengaytirishga qaratilgan 650 dan ziyod yangi texnologiya, ishlanma hamda g'oyalar taqdim etildi. Yarmarkaning o'tkazilishi samarasida bu yangiliklarning aksariyati yaqin vaqt ichida sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, ilm-fan va ta'lim sohalarida keng qo'llaniladi.


Avvalgi yarmarkalardan farqli ravishda, bu galgi tadbirda tashkil etilgan «Ekotexnologiya» bo'limida mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilgan va joriy etishga tayyor 40 istiqbolli ishlanma namoyish etildi. Jumladan, yosh olim Ilyos Xudoynazarovning «Biosalvent» ishlanmasi sho'rlangan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suvni tejash va tuproq unumdorligini oshirishga mo'ljallangan.


Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilot va kompaniyalar bilan qiymati 300 million so'mlikdan ortiq qator shartnomalar tuzdi. Masalan, «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan gidrogeologik quduqlarda erosti suv sathi va haroratini avtomatik o'lchash qurilmasini o'rnatish uchun kelishuvga erishildi.


Yarmarka oliy o'quv yurtlarining ilm-fan sohasidagi innovatsion salohiyati ham yil sayin yuksalib borayotganini ko'rsatdi. Mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida o'tkazilayotgan tadqiqotlar tarmoq va korxonalarning muayyan ehtiyojlariga xizmat qiladigan va ahamiyatga molik ko'plab vazifalarni hal etishga qaratilgani bilan g'oyat muhimdir. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Xususan, yarmarkada faol ishtirok etgan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti bunday hamkorlik samarasida yangiliklarni hayotga tatbiq etish bo'yicha qariyb 300 million so'mlik shartnoma tuzdi. Oliy o'quv yurtining o'qituvchi-professorlari va talabalari birgalikda ishlab chiqqan elektron namlikni o'lchash asbobi va pereferik ko'ktomirlarni ko'rish uchun mo'ljallangan moslama katta taassurot qoldirdi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo'jaliklarini rivojlantirishga xizmat qiladigan texnologiyalar mamlakatimizning barcha hududlaridan yarmarkaga kelgan ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Yarmarkada namoyish etilgan istiqbolli «Farovon» sabzi navi farg'onalik fermer Muhiddin Saydalievning e'tiborini tortdi. Bu nav gektaridan 50-60 tonna hosil olish, sabzi urug'ini chetdan keltirishni kamaytirish imkonini beradi.


Shuningdek, yarmarka davomida ishtirokchilar mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalarni muhokama etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan ikkinchi Toshkent xalqaro innovatsiya forumida innovatsion faoliyatning me'yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, oliy ta'lim sohasida innovatsiyalarning o'rni, innovatsion iqtisodiyot uchun axborot oqimini tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi. Yarmarka doirasida yosh dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilindi, yosh olim va talabalar «Robot-shou» tashkil etdi.


Yakunlangan IX Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish mexanizmini yanada mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ilmiy hamda innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash o'z samarasini berayotganini yana bir bor tasdiqladi. Olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilg'or texnologiya va ishlanmalarning joriy etilishi natijasida import o'rnini bosadigan hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish kengaymoqda, yangi ish o'rinlari tashkil etilmoqda. Bularning barchasi innovatsion faoliyat mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim omil bo'layotgani ifodasidir.


5. Innovatsiyalar yuzasidan iqtisodchi olimlarning qarashlari?


Oxirgi yillarda innovatsion soha - ilm-fan, yangi texnoiogiyalar, ilmtaiabtarmoqlaming rivojlanish darajasi va dinamikasi barqaror iqtisodiy o‘sish asosinitashkil etmoqda. Fan-texnika taraqqiyoti ishiab chiqarish ko *1 ami va tuzilmasinio‘zgartirishga, jahon iqtisodiyoti holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatayotir.Ma’lumki, barqaror o‘sish —-bir me’yorda va muvozanatlashgan rivojlanish bo‘iib,ushbu jarayon tabiiy resursiardan oqiiona foydaianish , investitsiyalar maqbulyo‘nalishi, ilmiy-texnik jadal rivojlanish, shaxs ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashmasalalari bilan hamohangdir. Barqaror rivojlanishda asosiy e’tibor insonehtiyojlarini kam xarajatlar bilan qondirishga qaraliladi.Har qanday mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini taminlashga unda mavjudresursiardan samarali va oqiiona foydaianish , investitsiyalami yangi ustuvorsohalarga jalb etish muhim sanaladi. Investitsiyalarni fan sig‘imli innovatsionloyihalargayo‘naltirish uning miiliy innovatsion tizimi tuzilishi va yo‘nalishlarigauzviy bog‘l:iqdir. Miiliy innovatsion tizim (MIT) - bu davlat, xususiy va ja moattashldlotlari va utarning o‘zaro aloqalari mexanizmlari majmui bo'lib, ular yangibilim, texnologiyalami yaratish, saqlash va rivojlantirish kabi faoliyatni qamrab oladi.Aynan miliiy innovatsion tizim davlatning xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘ziga egabo‘lishini ta’minlabgina qolmasdan, jahon hamjamiyatida uning nufuzini belgilab beradi.
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish