1-modul. Jismoniy tarbiya gigiyenasi faniga kirish 1-mavzu. Jismoniy tarbiya gigiyenasi fanining maqsadi hamda vazifalari


Gigiyena fanini tadqiqot metodlari



Download 26,16 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2022
Hajmi26,16 Kb.
#676788
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lektsiya-1 (11)

Gigiyena fanini tadqiqot metodlari.

Jismoniy tarbiya tushunchasi salomatlikni yaxshilash va jismonan barkamollikka erishishda о‘sib borayotgan organizmga ta’sir etish sistemasi sifatida tasavvur etilgan. Organizmning kasallilk omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muhit noqulay tarzda о‘zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobiliyatini saqlay bilish – salomatlik darajasini kо‘rsatuvchi belgilar hisoblanadi, ya’ni salomatlik darajasi odamning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilan belgilanadi. Odamning salomatlik darajasi qanchalik yuqori bо‘lsa, uning turli yuqumli kasallilklarga, past va yuqori haroratga. Jismoniy ishlarga bо‘lgan chidamliligi ham shunchalik barqaror bо‘ladi.
Salomatlik uchun jismoniy ishga qobiliyat chiniqqanlikning optimal darajasi zarur bо‘ladi. Juda yuqori darajadagi jisomniy ish qobiliyatiga kata sport orqali erishiladi. Bu esa odamda barcha funksional sistemalarning zо‘riqishini taqazo etadi hamda uning immuniteti pasayishiga va kaslliklarga bardoshi susayib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Organizmning funksional rezervlaridan ortiq darajadagi zо‘riqishlarni yengib о‘tish vaqtida haddat tashqari toliqish hollari rо‘y berib odamning holdan toyib qolishi singari holatlar ham kuzatilishi mumkin. Amaliy jihatdan sog‘lom bо‘lgan (ya’ni kasallikning klinik belgilari yaqqol kо‘rinib turmagan) kishilarda ularning salomatlik darajasini aniq belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu esa sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksini, shu jumladan jismoniy tarbiya faktorlarini Yana ham maqsadga muvofiqroq ravishda rejalashtirish imkonini beradi.
Gigiyenaning tekshirish usullari. Hayot jarayonida odam organizmi tashqi muhitning beto‘xto‘v almashinib turadigan juda ko‘p omillari ta’siriga duch keladi. Bu omillarning odatdagi holati kasallik paydo qilmaydi, chunki inson vujudi asab va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga doimo moslashib boradi. Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog‘liqning zarur sharti hisoblanadi.
Tashqi muhit omillari inson sog‘lig‘i, muhofaza kuchlari va ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, organizmni asta-sekin chiniqtirish orqali sovuqqa o‘rganish mumkin. Biroq tashqi muhit omillarining ta’siri kasallik sababchisi bo‘lishi ham mumkin. Odam tashqi muhitning odatdan tashqari ta’siriga duch kelganda kasallikka chalinadi, chunki bunday holatda organizm bilan muhit o‘rtasidagi muvozanat buzilgan bo‘ladi.
Bizni o‘rab turgan muhit tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, kundalik turmush ehtiyojlarining doimiy harakatdagi murakkab majmuyidan iborat, shuning uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning sog‘liqqa ta’sirini o‘rganish metodologik nuqtayi nazardan aniqlik talab qiladi. Òashqi muhitning odam organizmiga ta’siri R.D. Gabovich tavsiya qilgan 1-rasmda keltirilgan.
Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy elementlar yoki birikmalar va ularga aralashib qolgan moddalar kiradi. Havo, oziq-ovqat tarkibiga kiradigan ko‘pgina kimyoviy elementlar va birikmalar odamning me’yoriy hayot faoliyati va sog‘lig‘i uchun zarurdir.
Muhitning fizik omillariga havo harorati, namligi va harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, ionlashtiruvchi nurlar, elektromagnit, issiqlik, akustik, gravitatsion va energiyaning boshqa xil ko‘rinishlari kiritiladi.
Biologik omillarga patogen mikroblar,viruslar va eng sodda jonivorlar, makro- va mikroskopik zamburug‘lar va boshqalarni kiritish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo‘llari yoki teri orqali organizmga kirib, yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarini buzib, ovqatdan zaharlanish va boshqa kasalliklarga olib keladi. Odam jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar: so‘z, nutq, maktub, o‘zaro munosabat va boshqalar ham ta’sir etadi. Himoya kuchlari va imkoniyatlari kamayib ketgan organizm kasallikni tez qabul qiladi.
Shuning uchun ham iqtisodiy qoloq mamlakatlar aholining kasallik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Sanoat korxonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalarda amaliy sanitariya tadbirlari, gigiyenik tekshirishning turli usullaridan keng foydalaniladi.

Download 26,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish