[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00
Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Umumiy harbiy majburiyat va Vatanga qasamyod
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.
Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.
Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bog‘lab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni o‘rtaga qo‘yib:
O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga,
Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini so‘nggi
nafasimgacha himoya qilishga,
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,
Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga,
Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!”.
(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muqaddam Vatanga qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
(3-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vatanga qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
4-modda. Harbiy xizmat turlari
Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:
muddatli
harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari.]
5-modda. Muddatli harbiy xizmat
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitsyerlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy etib belgilanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari.]
6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkaziladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yig‘inlarni o‘tkazishga bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilganida xizmatdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni ta’mirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilarni hisobga oluvchi xodimlarning ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘, harbiy-texnika mol-mulki va o‘q-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
7-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy
xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt besh yilga tuziladi; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetishiga besh yildan kam qolgan bo‘lsa, kamroq muddatga tuziladi.
(7-moddasining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari.]
8-modda. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati
Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida,
qoida tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari mumkin.
Harbiy yig‘inlarni o‘tash muddatlari ushbu Qonunning 32-moddasida belgilanadi.
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin.
Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni o‘tash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
9-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibiga bo‘linadi.
Ofitsyerlar tarkibi kichik ofitsyerlar, katta ofitsyerlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: