1. Nazariy qism


Aralashtirish yo’li bilan sianlash



Download 3,69 Mb.
bet7/24
Sana28.06.2022
Hajmi3,69 Mb.
#716536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Diplom ishim

Aralashtirish yo’li bilan sianlash
Aralashtirib eritish, sizdirib eritishdan ko’ra samaralidir. Aralashtirib sianlash jarayoniga kelayotgan bo’tana yuqori qovushqoqlikka ega bo’ladi, bu esa sian ionlari va eritmada erigan kislorod molekulalari orasidagi diffuziyani qiyinlashtiradi. Bundan tashqari sulfidli rudalar eritmada erigan kislorod yordamida tez oksidalanadi va kislorod bosimini kamaytiradi. Bu ham o’z navbatida oltin erishini qiyinlashtiradi. Mayda zarrachali bo’tanalarni sianlash asosan aralashtirish va uzluksiz havo kislorodi bilan to’yintirishga asoslangan.
Jarayonda sian eritmasining 0,02-0,05 %li eritmasi va ohakning 0,01-0,03 %li eritmalari (pH=9-11) ishlatiladi. Aralashtirish jarayonining asosiy ko’rsatgich-laridan biri suyuqlik va qattiqlik nisbatidir. Odatda kvarsli oltin rudalarini boyitishda S:Q = 1,2:1(1,5:1), gil tuproq rudalarni boyitishda esa S:Q=2:1(2,5:1).
Aralashtirib sianlash jarayoni davriy va uzluksiz bo’ladi.
Davriy aralashtirib sianlash alohida parallel ravishda ishlaydigan boyitish dastgohlarida olib boriladi. Ma’lum vaqt aralashtirishdan so’ng oltinni eritmaga o’tishiga yetguncha bo’lgan vaqtdan so’ng bo’tana chandan chiqariladi, eritma yig’uvchi changa yuboriladi, changa esa yangi bo’tanalar yuklanadi.
Uzluksiz aralashtirib sianlashda bo’tana ketma-ket ulangan zanjir ko’rinishidagi dastgohlarga kelib quyiladi. Kaskadda bo’tananing bo’lish davri quyidagi formula bilan topiladi:
τ= V/Q, soat
Bu yerda V- zanjirdagi dastgohlarining hajmlar yig’indisi m3.
Q- bo’tananing oqimi, m3/s.
Bundan kurinib turibdiki τ oltinni to’liq erib o’tishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Dastgohlarning soni 4-6 tadan kam bo`lmasligi kerak. Dastgohlarning soni qanchalik kam bo’lsa uning davri shunchalik kam bo’ladi, bu esa oltinni to’liq erishiga imkon bermaydi.
Uzluksiz va davriy tartibda ishlovchi dastgohlarning zanjir sxemasi.

Chizma №26. a – Davriy tartibda ishlovchi tanlab eritish:


1- aralashtirib sianlash chani; 2- yig’uvchi chan; 3- filtr.
b – To’xtovsiz rejimda ishlovchi dastgohlar:
1- aralashtirib eritish uchun chan; 2 – filtr.

Davriy sianlashga nisbatan uzluksiz ravishda sianlashning qulay tomonlari shundaki, 1) Dastgohlarning kamligi va to’liq avtomatlashtirilganligi; 2) ishchilar sonining kamligi: 3)chanlarning samarali ishlatilishi 4) kichik quvvatli elekrdvigatellarning ishlatilishi. Shu sababdan zamonaviy amaliyotda ko’p hollarda uzluksiz tartibda ishlovchi jarayondan qo’llaniladi.


Aralashtirib sianlash jarayonida ishlashiga qarab chanlar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) mexanik aralashtiruvchi chanlar;
b) pnevmatik aralashtiruvchi chanlar;
v) pnevmomexanik aralashtiruvchi chanlar.
Birinchi turdagi dastgohlarga aralashtirgichli chanlar kiradi.

Chizma №27. Empeller aralashtirgichli chan:1 –diffuzor quvuri; 2 – sirkulyatorli patrubka; 3 – val; 4- ta’minlovchi quvur; 5 - empeller; 6 - elektrodvigatel; 7 –bo’tanani bo’shatish quvuri; 8 – slivli kista; 9 – qumli fraksiyani yuklash quvuri; 10 – qo’zg’aluvchi yoqa; 11 –himoyalovchi disk; 12 – tarnov.


Bu dastgohning asosiy yutug’i yuqori darajada bo’tanani aralashtirish va aeratsiya holatini hosil qilishdan iborat. Kamchilik tomoni yuqori elektrenergiyani sarf bo’lishi. Empeller aralashtirgichli chan – markazida diffuzor sirkulyator bilan joylashgan. Diffuzyor orqali empellerli val o’tadi.
Pnevmatik aralashtirgichli dastgohlarga hozirgi kunda keng qo’llaniladigan markaziy aeroliftli pachuklar kiradi. Pachuk baland silindirsimon chandan va konussimon asosdan iborat. Channing balandligi uning diametridan 3-4 marta katta bo’ladi. Channing markizida aerolift o’rnatilgan, unga quvur orqali siqilgan havo beriladi. Aerolift ichida bo’tana havo bilan aralashadi va xavo-bo’tanali aralashma hosil qiladi, bu aralashmani zichligi oddiy bo’tana zichligidan kam bo’ladi. Shuning uchun ham aralashma aeroliftni ustidan chiqib ketadi, pastidan esa kam havo saqlagan bo’tana keladi. Shu holda dastgohda uzluksiz sirkulyatsiya jarayoni yuzaga keladi. Jarayonni buzilishi, ya'ni havo berilishini to’xtatilishi oqibatida dastgohning pastki qismiga qattiq zarrachalar to’plana boshlaydi.
Bu cho’kib qolgan zarrachalarni jarayonga qaytarish uchun dispergator qurilmasi o’rnatilgan, havo yordamida zarrachalar yana aralashmaga yuboriladi. Pachuklarda havoning sarfi har xil hajmdagi pachuklar uchun har xil bo’ladi. Masalan, 100 m3 li pachuklar uchun havoning sarfi 1-3 m3 bo’ladi. Havoning bosimi esa pachukning balandligiga va bo’tananing zichligiga bog’liq, odatda 200-400 kPa , ya'ni 2-4 atm.
Pachuklarning ijobiy tomoni quyuq holdagi bo’tanani aralashtirish imkoniyatini borligi, qurilmaning oddiyligi va bo’tananing aeratsiya holatini yuqoriligidir. Kamchiligi yuqori havo bosimining berilishi, bu esa kislorod konsentratsiyasining oshib ketishiga olib keladi.
Pnevmomexanik aralashtirgichli dastgohlarga markaziy aeroliftli va qanotli aralashtirgichli chanlar kiradi. Dastgoh silindrsimon idishdan va yassi asosdan iborat. Chan markazida aerolift trubasi joylashgan, uning pastki qismiga qanotli aralashtirgich o’rnatilagan. Aeroliftning yuqori qismida keladigan bo’tanani taqsimlaydigan qurilma o’rnatilgan. Qanotli aralashtirgich sekin aylangan paytda (3-6 ayl.min) channing pastki qismidagi zarrachalarni aralashtiradi va bu aralashma aeroliftga suriladi. Aeroliftdagi havo bo’tana aralashmasi yuqoriga beriladi va bu yerda bo’tana taqsimlagich yordamida channing butun yuzasiga taqsimlanadi. Shu holda uzluksiz davom etadi.

Chizma №28. Pachuk:


1 – tamirlash og’zi; 2 aerolift; 3 –siqilgan havo berish trubasi; 4 – havoli yenglar; 5 - kesim; 6 - dispergator; 7 –bo’shatish shtuseri; 8 – havoni tortadigan patrubka.

Jadval-12. Markazlashgan aeroliftli va eshkak aralashtirgichli texnik chanlar tasnifi.



Ishchi hajmi, m3

Diametr, mm

Balandlik, mm

Aylanish chastotasi, ay/min

Dvigatel quvvati, kVt

Havo sarfi, m3/min

Havo bosimi, kPa

55
100
250

4500 6000 8000

4500
4500
6000

3-6
3-6
3-4

2-3
3-5
5

0,6-0,8 0,9-1,2
1,8-2,2

100-140 120-160 150-200

Dastgohning asosiy yutug’iga uning yuqori balandlikka ega emasligi va bo’tananing yuqori aeratsiya holiga olib kelishi.



Chizma №29. Markazlashgan aeroliftli va eshkak aralashtirgichli agitator: 1 — aerolift trubasi; 2 — eshkakli aralashtirgich; 3 — taxsimlovchi tarnov.


Kamchiligi esa doim qattiq zarrachalarning yig’ilib qolishi, bu esa o’z navbatida dastgohni tozalab turishga olib keladi.



Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish