1. O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy-metodologik masalalari


O’zbek elatining shakllanish jarayoni va unda qatnashgan asosiy komponentlar



Download 70,22 Kb.
bet4/7
Sana05.07.2022
Hajmi70,22 Kb.
#742739
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'ZBEK ETNIK NOMI KELIB CHIQISHI TARIXI XUSUSIDA KURS ISHI ULUG\'BEK

O’zbek elatining shakllanish jarayoni va unda qatnashgan asosiy komponentlar

Shunday qilib, etnogenez va uning etnik rivojlanishini o‘rganishda etnik belgilar va etnik omillarning tarkib topish jarayonini kuzatib borish etnogenetik ilmiy tadqiqotlarning to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligini ta’minlaydi. Etnik omillar tarkibini hududiy birlik, iqtisodiy xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi va siyosiy uyushma birligi, ya’ni etnosning ma’lum bir davlat doirasida uyushqoqligi tashkil etadi. Etnik belgilarga esa til birligi, etnik nom va o‘zlikni anglash birligi, ya’ni tarixiy qismatning umumiyligi kiradi. YUqorida takidlaganimizdek, ularning tarkib topishi bir davrda yuz bermaydi, balki ular uzoq davom etgan tarixiy jarayonda birin-ketin shakllanib boradi. Qachonki, ularning asosiy qismi tarkib topgach, elat xalq sifatida shakllanadi, etnogenetik jarayon yaqun topib, etnik tarix, xalq tarixi boshlanadi.
Yettinchidan, etnogenetik jarayonni o‘rganishda masalaga kompleks yondashish, ya’ni etnogenezga aloqador fan yutuqlaridan foydalanish muammo yechimiga ilmiylik bag‘ishlaydi. Etnogenez muammolarini hal etishda foydalanayotgan birlamchi manba’larning nisbati va xususiyatini bilish muhimdir. U birlamchi manba’larni etnografiya, antropologiya, arxeologiya, lingivistika, yozma yodgorliklar, toponimika, numizmatika, epigrafika va boshqalar tashkil etadi. Ularning har biri etnogenez va etnik tarix uchun qimmatli ma’lumot beradi.
Etnogenetik jarayonni o‘rganishda uchta masalaga oydinlik kiritib olish zarur. 1) O‘rganilayotgan etnos tub yerlimi yoki kelgindi?
2) O‘rganilayotgan etnos asosi bir komponentlimi yoki ko‘p komponentli?
3) O‘rganilayotgan xalq etnik uyushmasining o‘zagi dastlab qayerda tarkib topgan?
Tadqiqotchi o‘z oldiga shu savollarni qo‘yar ekan, doima bir narsani yodda tutishi kerakki, hech qachon etnik uyushmaning «monogenezi» bo‘lmaydi. Dunyoda biror xalq yo‘qki, u ko‘p komponentli bo‘lmasa.
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini nazariy masalalari bilan taniqli elshunos olim-akademik K.Shoniyozov ham shug‘ullangan. U ushbu masalada 1998 yilda «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalida «O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar» nomli maqola e’lon qildi. Mana shu maqolasini to‘ldirilgan variantini 2001 yilda chop etilgan «O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni» kitobida qayta chop etdi.7 O‘shbu maqolada etnogenez va etnik tarixga doir qator maxsus atamalarga, jumladan etnos, etnik birlik, qabila, qabila ittifoqi, elat, xalq, etnografik guruh (subetnos) va etnik guruhlarga tarif berilgan va ularning mazmun va asl mohiyati yaxshi ochilgan.
Afsuski, ishda millat tarifi, uning shakllanishi bilan bog‘lik talablarni ochib berish javobsiz qolgan. K.Shoniyozov tushunchasiga ko‘ra, «elat bilan millat atamalari hali fanda obdan takomillashgani yo‘q». Albatta, biz bu fikrga qo‘shila olmaymiz. Chunki, millat bilan xalq ta’rifiga qo‘yilgan talablar tashqaridan qaraganda bir-birlariga o‘xshash ko‘rinsada, ammo, mohiyat jihatdan ular bir ma’noni anglatmaydi. Birinchidan, xalq uzilkesil shakllangan feodalizm jamiyatining ijtimoiy mahsuli, millat esa kapitalistik jamiyatning ijtimoiy mahsulidir. Ikkinchidan, xalqni uyushtiruvchi etnik omillardanhududiy birlik chegaralari tarix taqozosiga ko‘ra, o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ammo, millat davlat chegaralari – qat’iy, mutlaqo daxlsiz, jahon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olingan va muhofazali bo‘ladi. Uchinchidan, xalq shakllangan paytda hamma vaqt ham uning etnik nomi bo‘lavermaydi, xalq millat darajasiga ko‘tarilganda esa uning etnik nomi bo‘lishi shart. Masalan, o‘zbek xalqi nomi uning elat sifatida shakllanib bo‘lgandan ancha keyin paydo bo‘ldi. To‘rtinchidan, xalqning siyosiy uyushmasi – davlat tarix taqozasiga ko‘ra, hamma vaqt ham etnos nomi bilan atalavermaydi, ammo, xalq millatga aylanganda davlat nomi millat nomi bilan yuritilishi shart. Beshinchidan, etnosning xalq darajasida o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatan fidoisi bo‘lish, o‘z xalqidan fahrlanish xissi o‘sha davr jamiyati tartib-qoidalariga ko‘ra, ko‘pchillikda bir xil, yuksak darajada bo‘lmaydi. Ammo, xalq millat darajasiga ko‘tarilganda bu sifatlar yuksak darajada bo‘ladi. Oltinchidan, etnosning til birligi elatning xalq darajasida hamma vaqt ham davlat maqomini olavermaydi, xalq millat darajasiga chiqqanda uning tili albatta davlat maqomini olishi shart. Yettinchidan, mentalitet etnosning xalq darajasida emas, balki millat darajasida shakllanadi va nihoyat, sakkizinchidan, millat uzil-kesil shakllanganda davlat jamiyat tomonidan boshqariladi, ya’ni davlat xalq xizmatchisi, barcha sohalarda millat talabi va xoxishirodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi.
Demak, millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixning eng yuqori yuksak cho‘qqisi, kamolat bosqichiki, birinchidan, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan, millat nomi bilan yuritilgan davlat chegaralari qat’iy, dahlsiz, jahon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olinadi; uchinchidan, aniq hududiy chegarada muomalada bo‘lgan umum millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko‘tariladi; to‘rtinchidan, aholining o‘zlikni anglash darajasi fuqoralarning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi; beshinchidan, millatga xos milliy mintalitet shakllanadi; oltinchidan, davlat jamiyat tomonidan boshqariladi, ya’ni davlat millatning hohishirodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi.
Yuqorida aytilgan fikr-muloxazalardan kelib chiqib, o‘zbek xalqining tarkib topishi va uning millat maqomini olish jarayoni haqida, tezis tarzida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: O‘zbek xalqi kelib chiqishi bo‘yicha ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning aralashishi va qarishuvidan tarkib topgan ekan, bu ikki tilda so‘zlashuvchi jamoalarining etnik jihatdan dastlabki aralashuvi arxeologik va antropologik materiallarga ko‘ra, so‘nggi bronza davrida yuz berdi. Bu davrni o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi, deb hisoblash mumkin. So‘nggi bronza davridan boshlangan assimilyatsiya jarayoni antik davriga kelib, o‘zbek xalqiga xos iqtisodiy xo‘jalik, etnomadaniy va antropologik tip birliklarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topdi, o‘zbek xalqiga xos antropologik tipning maqon va zamoni aniqlandi. Bu hududiy maydon Sirdaryoning o‘rta havzasi bo‘lib, milodiy II-I asrlarda mana shu hududda o‘zbek xalqiga xos antropologik tip – «O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi» shakllandi. Bu hududda turkiy va sug‘diy tilli qabilalar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topdi. Ushbu mintaqa iqtisodiy-xo‘jalik va etnomadaniy hayotidan guvohlik beruvchi «Qavunchi madaniyati» shakllandi. «Qarunchi madaniyati»ni shakllanishida turkiy zabon xun qabilalari va qang‘lilar katta rol o‘ynaganlar. Oqibat natijada, miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida turkiygo‘y qang‘ar elati tarkib topdi8. Bu davrga o‘zbek etnogenezining ikkinchi bosqichi sifatida qarash mumkin.
O‘zbek xalqi etnogenezining uchinchi bosqichi ilk o‘rta asrlar davrini o‘z ichiga oladi. Ilk o‘rta asrlar davri kushonlar imperiyasi va Qang‘ davlatining inqirozi bilan boshlandi. O‘rta Osiyo hududlariga turkiygo‘y xiyoniylar, kidariylar, eftaliylar va Turk xoqonligi kirib keldi va ular bilan birga kirib kelgan qabilalar tarkibida qarluq, chig‘il, tuxsi, argun, turk, kaltatoy, musabozori kabi turkiy zabon qabilalar qo‘p edi. Ularning ko‘pchilligi mahalliy tub joyli aholi bilan aralashib yashay boshladi, ularga xos an’anaviy hayot tarzi O‘rta Osiyoning tog‘ oldi mintaqalarida yarim o‘troq yarim ko‘chmanchilik bilan kun kechirayotgan turkiylarda davom etadi, badavlat chorvadorlar esa yangi yaylovlar qidirib, keng dashtlarga qaytadilar. Ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalarning bu zaminga kirib kelishining keti uzilmaydi. Bu haqda prof. A.Yu. Yakubovskiy tarixiy yozma manba materiallarini ko‘p keltiradi. Boz ustiga, bu yerda Turk xoqonligi deyarli 100 yil hukmronlik qildi. A.Yu. Yakubovskiyning takidlashicha, bu davrda O‘rta Osiyoning biror joyi qolmadiki, u yerlarga turkiy qabilalar kirib bormagan bo‘lsa. 9Bu davrni o‘zbek etnogenezining uchinchi bosqichi deyish mumkin.
Movaraunnahr yerlarini arablar egallagach, ular bu zaminga turkiy qabilalarini muntazam kirib kelishini to‘xtatish yo‘lini qidirdilar. VIII asr davomida bu zaminga oldinroq kirib kelib o‘rnashib qolgan turkiylarning o‘troqlashishi jadallashdi. Natijada, butun VIII asr davomida Movaraunnahr hududlarida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga keladi, mahalliy sug‘diy zabon aholi orasida turkiylashish jarayoni jadallashdi. Bu davrda nafaqat shahar aholisi tarkibiga, balki qishloq aholisi ichiga ham o‘zbeklarga xos tip – «O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi» kirib bordi. K. Shoniyozovning kuzatuvlariga ko‘ra, IX-X asrlarda ham bu etnogenetik jarayon, ya’ni turkiylarning o‘troq hayotga o‘tishi jadal davom etadi. Bu asrlarda Movaraunnahrda garchi siyosiy hokimiyat somoniylar qo‘lida bo‘lsada, Movaraunnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘ldi. Bu kuchli etnik asosni aksariyat ko‘pchilligini o‘troqlashgan turg‘un turklar tashkil etardi. Bu davrga o‘zbek xalqi etnogenezining to‘rtinchi bosqichi sifatida qarash mumkin bo‘lar. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalar qo‘liga o‘tishi munosabati bilan o‘zbek xalqi etnogenezining yakunlovchi bosqichi boshlanadi. O‘zbekka xos turkiy etnos mintaqada qaror topadi. Elatga xos barcha etnik omillar ruyobga chiqadi. Qardosh turkiy tilli xalqlar olimu-fuzalolarini hozirgacha e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan umumturkiy til – Mahmud Qoshg‘ariy tili ichidan qarluq-chigil lahjalari asosida elatning jonli sifatida eski o‘zbek tiliga asos solinadi. Bu jarayon G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz berdi. Demak, o‘zbek elati xalq sifatida XI-XII asrning birinchi yarmida uzil-kesil shakllandi. O‘zbek xalqining shakllanishi bilan uning etnik tarixi boshlanadi.
O‘zbek xalqining etnik tarixi ham uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, bu jarayon mintaqada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining qaror topaboshlagan davrgacha, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha davom etdi. XX asr boshlaridan o‘zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda.10
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Bu masala anchadan buyon tarixchi olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. O’zbek xalqi o’z mustaqilligiga erishgach bu muammoga qiziqish yana xam kuchaydi.
Keyingi yillarda chiqqan ilmiy monografiyalarda, maqolalarda va risolalarda o’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) xaqida bir qancha teran fikrlar aytilgan. Lekin, ayrim e’lon qilingan ishlarda ba’zi xatoliklarga, noaniqliklarga ham yo’l qo’yilgan. Bu xatoliklar ko’pincha mualliflarning etnos nazariyasiga e’tibor bermasliklari tufayli sodir bo’lgan, albatta.
Movarounnaxr hududidagi turkiy xalqlarning o’zaro yaqinlashib, qorishib borishi natijasida hudud axolisi o’rtasida iqtisodiy va madaniy umumiylik qat’iylashadi. Umumelat tili va adabiy til shakllanadi.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Movarounnaxr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi barcha turkiyzabon aholi bir xalq (elat) bo’lganligi ong sezimida butkul o’rnashib qoladi. Elat shakllanishidagi barcha etnik alomatlar o’z maromiga yetib, o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanish jarayoni oxirlashadi. Ammo bu bilan etnogenetik jarayon to’xtab qolmaydi. Keyingi bosqichlarda u yana xam takomillashib boradi.
Bu davlat XI asr oxirlarida Saljuqlarga; XII asr o’rtalarida esa Qoraxitoylarga qaram bo’lgan bo’lsalar xamki o’z davlat tuzumining butunligini saqlab qolgan edilar.11
G’arbiy Qoraxoniylar davlati ichida o’zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni davom etadi. Movarounnaxrga kelib o’rnashgan etnik guruhlar asrlar davomida bu hududda yashovchi qardoshlari bilan birlashib, ular bilan aralashib boradilar.




  1. Download 70,22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish