1. O’zbekiston Respublikasi sud tizimi


Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari



Download 84 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2022
Hajmi84 Kb.
#692455
1   2   3   4
Bog'liq
dos

2.Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari.
Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari – davlat faoliyati ushbu turining muxim tomonlarini belgilab beruvchi umumiy raxbariy, asosiy boshlang’ich qoidalardir. Bunday qoidalar sud faoliyatini tashkil etish, uning jamiyatimiz siyosiy tizimini va davlat mexanizmidagi o’rni, ahamiyati masalalari bo’yicha qonun ko’rsatmalari va asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu qoidalar sud hokimiyatining alohida jihatlari bo’yicha aniq qonun-qoidalar uchun tayanch bo’lgan bazasini tashkil qiladi.
Asosiy prinsiplarning o’ziga xosligi shundan iboratki, ularda qoidalar faqat qonunlarga amal qilish kerak bo’lgan fuqarolar, mansabdor shaxslar va organlar uchungina emas, balki o’z huquq ijodkorligi faoliyatlari davomida sudlar ishini tashkil etish bo’yicha mavjud demokratik talablar bilan hisoblashishi kerak bo’lgan qonun chiqaruvchi organlar uchun xam majburiydir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi yangi tahrirda qabul qilgan «Sudlar to’g’risida»gi qonunga ko’ra, sudlarni tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi, sud hokimiyatining mustaqilligi;
- sud hujjatlarining majburiyligi;
- fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi;
- sudlovning oshkoraligi;
- sudlov olib boriladigan til;
- sudda himoyalanish huquqi;
- aybsizlik prezumpsiyasi;
Ulardan xar birini alohida holda qisqacha ko’rib chiqamiz.
Mamalkatimizda odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. Boshqa xech kimga insonlarni sud qilish huquqi berilmagan. Faqat sudgina sud hokimiyatini namoyon qiladi, xukmlar, ajrimlar chiqarishi mumkin.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo’ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Sud ularning birini boshqasidan ustun qo’ymaydi.
Sud chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy.
Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdirlar. Bu tenglik Konstitutsiya tomonidan kafolatlanadi va sud organlarining xar kungi faoliyatlarida ta’minlanadi. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda tenglashga qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi JPK 19-moddasiga ko’ra, bunday hollar, davlat sirlarini qo’riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek, jinsiy jinoyatlar to’g’risidagi ishlardir.
Bundan tashqari 18 yoshga to’lmagan shaxslarning jinoyatlari to’g’risidagi ishlarni, fuqarolarning shaxsiy xayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, shuningdek, ularning oila a’zolari yoki qarindoshlari xavfsizligini ta’minlash taqozo etgan hollarda boshqa ishlarni xam sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud majlisida ko’rishga yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida sud ishlari o’zbek tilida, Qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda yuritiladi. Sudlov olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to’liq tanishish va sudlov harakatlarida ishtirok etish huquqi xamda sudda ona tilida so’zlashish huquqi ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaxslarning xar qanday g’ayriqonuniy xattiqharakatlaridan, shuningdek, sha’ni va qadr-qimmati, xayoti va sog’lig’i, shaxsiy erkinligi va mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlaridan sud himoyasida bo’lish huquqiga ega. Korxona, muassasa va tashkilotlar xam sud himoyasida bo’lishga haqli.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi 1995 yil 30 avgust qonuni 2-moddasiga ko’ra, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi xatti harakatlari (qarorlari) jumlasiga fuqaroning huquqlarini buzgan, ularning o’z huquqlari va erkinliklarining ruyobga chiqishiga monelik tug’dirgan, fuqaro zimmasiga qnunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab bo’ladigan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi. Shikoyatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud qaror chiqaradi.
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga himoya huquqi ta’minlanadi. Sudlovning xar qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o’ziga qo’yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo’lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rish majburiyati bilan ta’minlanadi.
Xech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Jamoat birlashmalari va kollektivlar sudda ishtirok etish uchun o’z vakillarini yuborishlari mumkin. Ular jamoat ayblanuvchisi yoki himoyachisi bo’lishlari mumkin. Jamoat birlashmalari yoki kollektivlari o’z vakillarini hohlagan paytda chaqirib olishlari yoki ularni boshqa vakillar bilan almashtirishlari mumkin.
Jamoatchilik vakillari tuman (shahar) sudlarida besh yildan ortiq bo’lmagan muddatga jazo belgilanadigan jinoyatlarni ko’rib chiqishda ishtirok etadigan xalq maslaxatchilarini xam kiritish mumkin. Bunda jinoiy ishlarni ko’rib chiqishning kollegialligi xam namoyon bo’ladi. Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyati asosiy prinsiplarining mazmuni ana shulardan iborat.



Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish