1. O`zbekistonda ko`kalamzorlashtirish maqsadida foydalaniladaigan manzarali daraxtlar


Manzarali daraxtlarni ko`paytirish usullari



Download 115,69 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2021
Hajmi115,69 Kb.
#73225
1   2   3   4   5
3. Manzarali daraxtlarni ko`paytirish usullari.

Bog‘-parklar barpo etishning eng muhim omillaridan biri bu ko‘kalamzor hududlar barpo etishdir. bu ishlar bog‘-parklar barpo qilishda qat’iy nazorat etilgan holda maxsus tuzilgan bosh va Den-droreja asosida olib boriladi.

Daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning eng asosiy vaqti bu bahor va kuz faslidir. bu vaqtda daraxt ko‘chatlari fiziologik o‘sish davridan anchagina to‘xtab turgan bo‘ladi. erta bahorda ko‘chatlarni ekish ba’zi daraxt turlari uchun yaxshi natija beradi. Chunki bu vaqtda ko‘chatlar biologik jihatdan o‘sishga tayyor turadi, tezda ildiz oladi. shuning uchun ham ekilgandan so‘ng tez kurtak otib, o‘sa boshlaydi. ninabargli daraxtlar uchun ekish muddati kech kuz va erta bahor hisoblanadi.

Yaproq bargli daraxtlarni asosan erta bahorda ekkan ma’qul. bular terak, qayin, siren, jo‘ka, do‘lana va boshqalar. ko‘pchilik manzarali daraxtlarni iloji boricha ildiz komi bilan ekish yaxshi natija beradi.

Ekish ishlari navbatma-navbat olib boriladi va quyidagicha joylashtiriladi

Ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan maydonlarni tayyorlash uchun maydonlarda tekislash, tozalash ishlarini o‘tkazish, ekish chuqurchalarini tayyorlash, ekish joyidagi turpoqqa go‘ng va o‘g‘itlar bilan ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Ko‘chat yetishtiriladigan maydonlardan ko‘chatlarni talabga muvofiq ravishda kovlash, ularni taxlash, manzilga yetkazish uchun ko‘chatlar pluglar yordamida kovlab, tayyor qilib qo‘yiladi.

Butala 30–40 sm, daraxtli ko‘chatlar 50–60 sm chuqurlikda kovlab olinadi. Kovlangan ko‘chatlar tartib bilan saralanadi. Yuqoridagi ishlarni bajarish vaqtida juda ehtiyotkorlik bilan ish olib boriladi. Chunki, shoshma-shosharlik ko‘chat ildizlarini noqulay ahvolga olib kelishi mumkin.

Ko‘chatlar ehtiyotkorlik bilan yuk mashina bortiga 15–20 sm tuproq-go‘ng aralashmasi ustiga qiya holatda ildiz qismi bir tomonga qilib taxlanadi. Keyin ustiga brezent material bilan yopib qo‘yiladi. Ko‘chat tashishda bortli mashina vositalaridan foydalaniladi. Ko‘chat tashiydigan mashinalarga ko‘chat bilan birga odamlar, ya’ni ishchilar olinmaydi.

Kuzda qazib olingan ko‘chatlar qish davrida vaqtincha ko‘mib qo‘yilib erta bahorgacha saqlanadi. Shu maqsadda yog‘ingarchilik suvlari to‘planmaydigan qavariq (do‘ng), yengil qumoq, qumoq yoki quyuq tuproqli maydonlardan joy tanlab, nihollar uchun 30–45 sm va ko‘chatlar uchun 50–60 sm chuqurlikda asosiy shamol yo‘nalishiga perpendikular bo‘lgan holda maxsus ariqlar tayyorlanadi.

Tashib keltirilgan ko‘chatlarni ekishdan oldin ekish maydoni yaxshilab bo‘lib chiqiladi (qayerga va necha metrdan ko‘chat ekili-shi haqida). Ekish vaqtida ko‘chat o‘rnini aniq belgilashda maxsus shpagat iplardan va qoziqchalardan foydalaniladi.

Bog‘-parklarda ko‘chatlarni ekishni boshlashdan oldin yer osti kommunikatsion tizimlarni o‘tkazib olish zarur. Chunki ko‘chatni ekib bo‘lgandan so‘ng bu ishlarni bajarish juda qiyin kechadi. Ushbu ishlar maxsus tuzilgan bosh reja asosida amalga oshiriladi. So‘ng maxsus dalolatnoma asosida ekish ishlarini boshlashga ruxsat olinadi. Ekish chuqurchalari ko‘chat ekishdan 7–10 kun oldin tayyorlab qo‘yilishi kerak, bu vaqt chuqur ichi xaloz bo‘lib, kislorod almashish jarayoni kechadi. Ko‘chat ekish chuqurligi 60x60x60 sm yoki 70x70x70 sm dan iborat o‘lchamda tayyorlanadi. Ekilgan ko‘chatning ildizi yer betiga yaqin bo‘lishi kerak. Agar ko‘chat ildizi ochilgan bo‘lsa uni tezda ekish kerak. Ekiladigan ko‘chatlar ildiz qismida yaralangan, singan bo‘laklari bo‘lsa uni tezda o‘tkir qaychi bilan kesib olib tashlanadi. So‘ng tuproq tortib yaxshilab tuproqni qotirib ko‘chat ekiladi va tanasi atrofiga suv yig‘iladigan hovuzcha aylantirib qo‘yiladi. Ekilgan ko‘chatni tana qismining yerga yaqin joyi atrofiga yog‘och qipig‘i yoki eski go‘ng sepib qo‘yiladi.ko‘chat ekilgandan so‘ng asosiy ishlardan biri bu ekishdan keyingi sug‘orish ishlaridir. Bunda har bir daraxt ko‘chatiga 3–5 litr me’yorida suv quyilishi zarur. Tezda birinchi suvning quyilishiga sabab, ekilgan ko‘chat tanasi atrofidagi tuproq bemalol cho‘kadi, ko‘chat ildizi tuproqqa ilashadi, ya’ni ildiz harakatga keladi. Buta va jonli devorlar barpo qiluvchi ko‘chatlarni ekishda maxsus eni 1,0 metr, chuqurligi 50 sm gacha bo‘lgan transheyalar ekskavator bilan kovlanadi. Tayyor bo‘lgan transheyaning ostki qismiga go‘ng aralashtirilgan tuproq to‘ldiriladi. So‘ng to‘g‘ri chiqishi uchun har 3–5 m ga tekshirib bora oladigan holda ip tortib ko‘chatlar ekila boshlanadi. Ekib bo‘lingan ko‘chatlar atrofiga balandligi 8–10 sm bo‘lgan tuproq devorchalar barpo etiladi. Chunki sug‘orish vaqtida suv har tomonga oqib ketmasligi kerak. Har bir butaga 10–15 litrgacha me’yorida suv beriladi. Ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududlarda yoshi 12 yoshdan yuqori bo‘lgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun, iloji boricha, ularni ildiz komi bilan maxsus texnika vositalari yordamida ko‘chirib o‘tqaziladi. Bizning sharoitimizda yilning bahor, kuz va qish fasllarida ildiz komi bilan olib kelib ekilgan ko‘chatlar yaxshi natija beradi. Chunki, yosh ko‘chatlarga nisbatan katta yoshdagi daraxt ko‘chatlarining tutib ketishi ancha mushkulroq. Ko‘chatxonadan kovlanayotgan ko‘chatlarni ildiz tuprog‘i bilan olish o‘zining maxsus o‘lchamlariga ega. Uning o‘lchami daraxt turiga, ildiz tizimining tuzilishiga va ko‘chirish vaqtiga ham bog‘liq. Shuningdek, daraxtning 1,3 metr balandlikdagi diametriga ham bog‘liq. Diametri 4,5 sm dan boshlab ularning komi 1,0x1,0x6 m dan iborat bo‘ladi. Ko‘chatlarni ildizi bilan ko‘chirishda uning ildiz tizimi maxsus yashiklarda, selofanli qoplarda tezda olib ko‘chirib ekiladi.

Ko‘chatlarni ekish joylariga avtomashinalarda, traktor yoki prit-seplar yordamida olib boriladi. Bunda xo‘jalikda mavjud bo‘lgan t–40, t–28, mtz–80 traktorlaridan va gaz–53, kamaz avtomashinalaridan foydalaniladi. Buning uchun namli somon yoki yog‘och qipiqlari avtomashina kuzovlariga yoki traktor pritseplariga yupqa ko‘rinishda to‘shaladi.

To‘p-to‘p bog‘langan ko‘chatlar ildizlari bir-biriga qarama-qarshi qilib joylashtiriladi va ustidan brezent, bo‘z yoki sintetik plyonkalar bilan berkitilib, arqon bilan bog‘lab qo‘yiladi. Agar ko‘chatlar uzoq masofaga olib boriladigan bo‘lsa ularni qoplarga, yashiklarga joylashtirib jo‘natiladi.

Ushbu ko‘chatlarda qurib qolish asorati bo‘lmasdan oldin doimo suv quyib turiladi. Ko‘chat yetishtiruvchi xo‘jaliklarda sotiladigan ko‘chatlar uchun maxsus dalolatnomalar tuziladi. Bu hujjatda, albatta, ko‘chatlar soni, turi, ularning ekishga yaroqliligi, kovlangan vaqti va jo‘natilgunga qadar ko‘mib qo‘yish usullari ko‘rsatilishi shart.

Ko‘chatlar ekish joyiga olib borilgan zahotiyoq vaqtincha ko‘mib qo‘yilib, albatta, yana sug‘orilishi zarur. Ko‘chatlarni ekishdan oldin yana bir bor ildiz qismi va shox-shabbalari ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yaproq va ninabargli daraxt ko‘chatlarini tuproqda saqlamasdan ularni rasta ko‘rinishda terib qo‘yish juda katta xato hisoblanadi. Ko‘chat to ekilguncha uning ildizi tuproq ostida, nam sharoitda bo‘lishi kerak.

Chunki, ozgina e’tiborsizlik ko‘chat va nihollardagi ildiz tizi-mida mavjud bo‘lgan ildizchalarini qurib qolishiga olib keladi. Natijada bunday ko‘chatlardan ko‘kalamzorlashtirish sohasida foydalanib bo‘lmaydi.

Аholi yashaydigan hududlar, xususan shahar va qishloqlarning ko`rkam bo`lishida manzarali daraxtlarning o`rni beqiyosdir. Hududlarni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirishda joyning tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt va butalarni ekish muhim ahamiyatga ega.

Istirohat bog`lari, xiyobonlar va sayilgohlarning ko`kalamzorlashtirish kompozitsion turlarini yaratishda yashil o`simlik dunyosi – yaproq va ninabargli daraxtlar, butalar va ko`p yillik gul o`simliklaridan foydalaniladi. Gilam ko`rinishidagi gulzorlar, klumbalar, bir xil turdagi gullardan foydalanib barpo etilgan gulzorlar, dam olish burchaklari, shuningdek, qushlar va gullar bayrami o`tkaziladigan yashil hududlar o`simlik dunyosini navbatma-navbat gullash jarayoni asosida tashkil etiladi.

Yashil daraxtzorlar noqulay iqlimli omillardan himoya qilish bo`yicha kuchli vosita bo`lib xizmat qiladi (shamollar, havoning quruqligi, haroratning keskin o`zgarishlarini) hamda aholi punktlarining sanitar-gigienik sharoitlarini yaxshilovchi vosita (ya`ni havoning tarkibini yaxshilash, uni kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlardan tozalash, chang, gaz, sanoat chiqindilari va hokazolardan himoya qilish) rolini o`tashini hisobga olish kerak. Daraxt-buta o`simliklari shovqinni o`ziga singdiradi. Bu esa shahar sharoitida, ayniqsa, muhimdir. Xiyobonlar, bog`lar, gulzorlar odamlarga estetik zavq bag`ishlaydi, asab sistemasini tinchlantiradi, umuman sevimli dam olish maskani bo`lib xizmat qiladi.

Nina bargli ko`chatlar

Virgin archasi, g`arb tuyasi Gliptostrobussimon metasekvoyya Qrim yoki Pallas qarag`ayi, Sharq biotasi yoki saur va Eldor qarag`ayi kabi nina bargli ko`chatlarni asosan erta bahor va kuzda ekkan ma`qul. Bunda ko`chatlar erta bahorda tuproq qatlami qizigan vaqtda va kurtaklari uyg`onishdan oldin ekiladi.

Ko`chatlarni ekish uchun tuproq asosan neytral ishqorli, qumoq yoki bo`z holida bo`lishi lozim. Tuproqning ishqorligini pasaytirish yoki neytral holatda bo`lishiga erishish uchun tuproqlar ohaklanishi zarur. Namligi yuqori bo`lgan yerga va ser shamol hududlarda ko`chatlarni ekish tavsiya etilmaydi.

Ko`chatlar ekilgandan so`ng sug`oriladi. Tuproqlarni 2–3 marotaba yumshatish, chirigan go`ng bilan mulьchalash ishlari olib boriladi.

Bunda o`g`itning miqdori ko`chatlarning holati va yoshiga qarab belgilanadi. Organik o`g`itlar, kompost va chirigan go`nglarni bir necha yil qo`llash mumkin.

Birinchi sug`orishda, ko`chat ildizi atrofidagi tuproq zichlashadi, vegetatsiya davrida 8–10 marotaba sug`oriladi: aprelь oyida 1–2 marotaba, may, iyunь va iyulda 2 marotabadan, avgustda bir-ikki marotaba.

Sug`orish mobaynida tuproqlarning ishqorligiga katta ahamiyat berish lozim. Bu vaqtda tuproqning 40–45 sm qatlamidagi namlik yuqori bo`lishi talab etiladi.

Ekish mobaynida ko`chatlar orasi 5 metr, ko`chatlar chuqurligi 80–100 sm, diametri 80 sm bo`lishi zarur.

Yaproq bargli ko`chatlar

Pissarda olxo`risi, Chilonjiyda, Oqtut, Shoyi akatsiya, Kanada bagryannigi, Sadaqayrag`och, Bandli (yozgi yoki oddiy) eman, Majnuntol, Soxta kashtan, Sovun daraxti va Pensilьvaniya shumtoli kabi yaproq bargli daraxtlar ko`chati asosan erta bahor va kuzda ekiladi. Erta bahorda ko`chat kurtaklari uyg`onishdan oldin ekish maqsadga muvofiqdir.

Me`yorida o`sib-rivojlanishi uchun ko`chatlar muntazam ravishda sug`orib turilishi kerak. Beriladigan o`g`itlarning miqdori ko`chatlarning holati va yoshiga qarab belgilanadi. Аsosan fosforli va kaliyli o`g`itlar bilan oziqlantiriladi.

Yaproq bargli ko`chatlarni ekish uchun tuproq asosan neytral ishqorli, qumoq yoki bo`z holida bo`lishi lozim. Ko`chatlar yorug`sevar o`simlik hisoblanadi. Chirigan go`ng tuproqlarga turli vaqtda solinishi kerak. Ekish mobaynida ko`chatlar orasi 6 m, chuqurligi 50–60 sm, diametri 80 sm bo`lishi zarur.

Butalarni ekish

Butali amorfa, Doim yashil shamshod, Doim yashil magoniya, Ispan Droki, Xind sireni, Oshlovchi totim, Suriya Gibiskusi va Yaponiya behisi singari butalar urug`idan hamda qalamchasidan ko`payadi, nihollari tez o`sadi.

Butalarning ko`chati odatda erta bahor va kuzda ekiladi. Erta bahorda tuproq qatlami qizigan vaqtda va ko`chat kurtaklari uyg`onishdan oldin ekiladi.

O`g`it ko`chatlarning holati va yoshiga qarab beriladi. Organik o`g`itlar, masalan, kompost va chirigan go`nglarni qo`llash mumkin. Kuz faslida asosan fosforli va kaliyli o`g`itlar bilan oziqlantiriladi.

Ekish mobaynida ko`chatlar orasi 3 m, ko`chat ekiladigan chuqur 40–50 sm, diametri 50 sm bo`lishi maqsadga muvofiq.

Аtrofimizni go`zal va ko`rkam ko`rishni istasak, manzarali daraxt va butalarni ekish va parvarishlashga e`tiborli bo`lmog`imiz lozim. Shunda har doim bahri-dilimiz ochilib yuradi.



Xulosa

Aholi yashash joylaridagi landshaft muhitining shakllanishida manzarali o‘simliklarning ularning juda yuqori va xilma-xildir, chunki o‘simliklar sanitariya-gigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. O‘tqazilgan daraxtlar hamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa muhitni sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Daraxtlar shahar – qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy tadbirlarini, jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda yaxshi muhit yaratadi.

Ko‘chalarning arxitekturaviy manzarasini shakllantirishda daraxt va butalar beqiyos rang-barang shakllar, fakturalar va qiyofa hosil qiladi. O‘simliklarning manzaraboplik xususiyatlarining ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o‘z qiyofasini o‘zgartirib turishi; hududlarning landshaft-arxitekturaviy ko‘rinishini o‘zgartirishga cheklanmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Ekinzorlar shunday bir materialdirki, u aloxida binoni yoki bir necha binolarni, aholi yashash hududlarining yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. YAshil ekinzorlar, katta yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘lkalar aholi yashash qismlarini birlashtirib turadi hamda uy-joylarga go‘zal manzara bag‘ishlaydi.

Aynan yashil ekinzorlar katta yoki kichik massivlar ko‘rinishida, shuningdek, ko‘chalar va maydonlarda, qatorlab va guruhlab ekilgan o‘simliklar ko‘rinishi landshaft echimiga xush manzaraviylik va mazmun bag‘ishlaydi.

Yashil ekinzorlar nafaqat estetik, balki psixologik axamiyatga ham ega. Ranglar boyligi, gullarning ifori – bularning barchasi mikroiqlim yaxshilanishi barobarida insonga, uning kayfiyati va asablariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu daraxt turlaridan foydalanib ko‘chalardagi bino va inshootlar atrofida manzarali kompozitsiyalar barpo etish mumkin.

Ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirishda 1-qatordagi butalar orasidagi masofa 3 metr, 2-qatordagi daraxtlar orasidagi masofa 4 m, va 3-qatordagi daraxtlar orasidagi masofa ham 4 m, binodan daraxtgacha bo‘lgan masofa 5 m, daraxtdan yo‘lakgacha bo‘lgan masofa esa 0,7-1 m bo‘lishi tavsiya etiladi.


Download 115,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish