1. Озодликни чеклаш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг



Download 25,16 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2022
Hajmi25,16 Kb.
#415759
1   2   3
Bog'liq
JIK yakuniy

faqat asosiy jazo sifatida qo‘llaniladi.
Ozodlikni cheklash jazosi jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati
va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:

  • Muayyan joylarga bormaslik;

  • ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;

  • muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;

  • muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;

  • transport vositasini boshqarmaslik;

  • mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;

  • muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
    aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;

  • alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.

Ushbu holatda sudning fuqaroV.ga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashi va soat 20:00 dan 08:00 gacha o’z uyidan tashqariga chiqishni taqiqlab qo’yishini qonuniy deb hisoblaymiz.

Endi bevosita ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o’tash tartibiga to’xtalib o’tsak, JIKning 443 –moddasida bu haqida batafsil to’xtalib o’tilgan;


Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o‘zining jazoni o‘tashi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv bo‘yicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart.
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qo‘llanilishi mumkin.
Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi.
Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini o‘zgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi.
Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazgan moddiy va ma’naviy zararining o‘rnini qoplagan bo‘lsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro V. hamda profilaktika inspektorining hatti-xarakatlariga qonuniy baho berib o’tishimiz zarur. Fuqaro V. ushbu moddaning 4-qismida belgilab qo’yilgaidek; muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun prokurorning sanksiyasi bilan olinadigan ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak edi. Profilaktika inspektori esa ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qo‘llanilishi mumkin ekanligi ushbu moddaning 2-qismida belgilab qo’yilgan. Ammo profilaktika inspektori fuqaro V.ga nisbatan “ҳатто уйинг ёниб кетса ҳам тақиқланган вақтда ташқарига чиқмайсан” deya takidlab o’tgan gapi asossiz hisoblanadi. Chunki JIK 444- moddasida ham aytilganidek; Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llaydi. Bundan kelib chiqadiki, profilaktika inspektori ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o‘zining jazoni o‘tashi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berishi mumkin holos, uning vakolatlari ichida do’q po’pisa qilish kabi vakolatlari yo’q.
Endi shu o’rinda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni to’liq yoki qisman bekor qilish masalasiga bir qator to’xtalib o’tsak.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida
o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ushbu vaziyatda fuqaro V. ning ham inspektorning ham xatti-harakatlari noqoqnuniy hisoblanadi. Buning huquqiy asosi JIKning 44-moddasi; muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun prokurorning sanksiyasi bilan olinadigan ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak edi. Inspektor harakatlariga baho beradigan bo’lsak, uning ushbu harakatlari noqonuniy. Chunki u mahkumga “ҳатто уйинг ёниб кетса ҳам тақиқланган вақтда ташқарига чиқмайсан” demasligi kerak edi. Sababi uning vakolatida bu kabi do’q-po’pisa qilish kabi holatlar yo’q. Aksincha fors major holatlarini ham hisobga olinishi kerak edi. Ustiga ustak tan jrohati olgan, uyi batamom yonib ketgan mahkumga OMQ jazosi bilan almashtirilgan. QANI BU YERDA INSONPARVARLIK PRINSIPI? Bir so’z bilan aytganda jazo turi OMQ bilan almashtirilmasligi kerak edi.


MANTIQIY SAVOLLAR:

  1. Маҳкумлар ҳуқуқий ҳолати тушунчаси, аҳамияти ва маҳкумлар ҳуқуқий ҳолати билан фуқаролар ҳуқуқий ҳолатлари ўртасидаги фарқни аниқланг.




  1. Маҳкумларнинг шахсий хавфсизлик ҳуқуқлари, маҳкумларнинг виждон эркинлиги ва уни таъминлаш, маҳкумларнинг асосий мажбуриятлари ва уни таъминлаш тартибини ёритиб беринг.

JIKning 11-moddasida mahkumning shaxsiy havfsizlik huquqi belgilab qo’yilgan. Bunga ko’ra intizomiy qismga jo‘natishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga og‘zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshlig‘iga taqdim etadi.
Download 25,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish