1. Pedagogikaning asosiy tushunchalari. "Urxun-Enasoy" bitiklarida ta’lim-tarbiya masalalari



Download 108,1 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi108,1 Kb.
#764999
Bog'liq
7 variant-WPS Office


7 variant
1. Pedagogikaning asosiy tushunchalari.
2. “Urxun-Enasoy” bitiklarida ta’lim-tarbiya masalalari.
3. Tarbiyaning umumiy metodlari.
4. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarining ta'limiy-axloqiy ahamiyati
5 Pedagogik muloqatni tashkil etish bosqichlari.
Javoblar

  1. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari quI.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari

yidagilar hisoblanadi:
3.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Tarbiya metodlari (usullari) o’qituvchi-tarbiyachining o`quvchilarga ta‘sir ko’rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalari va malakalarni singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridir. Aniqrog’i, tarbiya metodi deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta‘sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya metodlari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib,komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir.
Ajdodlarimiz davr sinovlaridan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda barkamol insonlarni tarbiyalab kelganlar.
Tarbiya usullari ham ta‘lim metodlari kabi yolg’iz o’qituvchi-tarbiyachilar faoliyatinigina emas, balki o`quvchilarning faol ishtirokining ham o’z ichiga oladi. Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ularning tarbiya jarayonidagi faolligi va mustaqilligi osha boradi, ular tarbiyachilar rahbarligida va o’z tashabbuslari, intilishlari bilan yangi-yangi axloqiy fazilatlar ortirib, mukammallashtirib boradilar.
O’qituvchi qo’llayotgan usul va vositalar ta‘sirida bolaning ongi va xulqida ham o’z shaxsini o’zgartirish istagi vujudga keladi. Bola o’zini-o’zi tarbiyalamasa, aql-farosatini ishga solmasa, tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.
I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.
Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.
Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.

4Forobiy asarlarining mazmuniga qarab 7 ta katta guruhga bo‘lib chiqishimiz mumkin. Ana shu turkumlash jarayonidagi eng muhim bo‘limi tarbiya masalasiga bag‘ishlangan yettinchi qismdir. U ta’lim - tarbiyaga oid, «Baxt-saodatga erishish yo‘llari haqida risola», «Fozil odamlar shahri», «Fazilatli xulklar», «Shaharni o‘rganish haqida» kabi asarlar yaratgan.


Olimning yuqorida biz tilga olgan asarlari butun jahon ziyolilari tomonidan haqli ravishda yuksak baholangandir.
Forobiyning asarlari arab tilidan dunyoning ko‘p tillariga-rus, ingliz, ispan, fransuz, o‘zbek tillariga tarjima qilingan.
Forobiy nihoyatda buyuk olim va mutafakkir edi. Chunonchi, uning asarlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘z ilmiy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha bilgan va zamondoshlaridan bir necha asr olg‘a ketgan.
Forobiyning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir.
1.Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi.
2.Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi, deydi.
3.Har kimki ilm, hikmatai desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
4.Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi.
5.Ma’lumki, inson hech qachon tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida biron bir fazilatga yoki qabixlikka mayl, qobiliyat bo‘ladi va shu fazilatlarni 2 turga bo‘ladi.
1.Fikriy fazilat
5.Pedagogik qobiliyat xakida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari. Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Xar bir inson takrorlanmaydigan individ bulib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat kup jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bulgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil kilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z xamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz kupincha, falon o‘qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o‘qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o‘qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar ( ko‘zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O‘qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun xar bir o‘qituvchi -- pedagogik maxoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik maxorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik xamisha uning xamroxi buladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishigina loyik buladi va pedagogik maxoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo buladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan fark kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste’dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo’linadi
Maxsus qobiliyatlar;
Umumiy qobiliyatlar.
Pedagoglik faoliyatining samarali bo’lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning kuyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim.
Bilish qobiliyati – fanning tegishli soxalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va boshkalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chukurrok biladi. O‘z fani soxasidagi kashfiyotlarni xamisha ko‘zatib boradi, unga nixoyatda kizikadi, ayrim tadkikot ishlarini xam bajaradi.
Download 108,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish