1. Pichano‘rgichlar. Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar. Pichan presslagichlar


Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar



Download 265,5 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2022
Hajmi265,5 Kb.
#428535
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yem-hashak

2.Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich-maydalagichlar
Pichan uchun o‘riladigan o‘tlar tarkibidagi karotin, protein va boshqa foydali moddalar poyalarning o‘zida emas, ularning bargi va gullarida bo‘ladi. O‘rilgan o‘tning bargi va guli poyaga nisbatan tez quriydi. Poyaning qurishini kutilsa, oldin qurib ulgurgan gul va barglardagi foydali moddalar quyosh nuri ta’sirida kamayib ketadi. SHu sababli, pichanbop o‘tni tezroq quritish uchun uni o‘rish bilan bir vaqtda poyalarini ezish zarur bo‘ladi.
O‘ziyurar pichano‘rgich-ezgich pichanbop o‘tlarni o‘rib, ezib, ensiz umlarga to‘plab, qisman quritish uchun dalaga tashlab ketadi (56-rasm). Bunday pichano‘rgich yurituvchi qism 9 va o‘rgich 1 dan tuzilgan. O‘rgich ish holatida to‘rtta boshmoqqa tayanib, yuradi, uni gidrotsilindrlar ko‘tarib-tushiradi. Asosiy qismlari: o‘rish apparti 2, motovilo 4, uzatuvchi shnek 5, ezuvchi jo‘va 7,8 lar, uyumlovchi moslamalardan 6 iborat.



rasm. Pichano‘rgich ezgichning texnologik jarayoni sxemasi.

Pichano‘rgichga segment-barmoqli, baland o‘ruvchi apparat o‘rnatilgan. Segmentlar tig‘i kertiklangan. Motovilo 4 poyalarni o‘rtaga to‘plab, 2,0 m kenglikka keltirilib ezuvchi jo‘va 7, 8 larga uzatadi. Ezuvchi apparat qirrali ikkita jo‘valardan iborat bo‘lib, ustki jo‘va pastkiga prujina yordamida siqib qo‘yilgan. Prujinaning siqilish kuchini sozlab, poyalarning ezilish darajasi o‘zgartiriladi.


Texnologik jarayon quyidagicha badjariladi. Eguvchi brus baland poyalarni engashtirib, ularni kesishga sharoit tug‘diradi. Kesilgan poyalar shnekka uzatiladi. Undan uzatilgan poyalarni jo‘valar sindirib, ezadi. Ezilgan poyalar ensiz uyum qatori ko‘rinishida erga tushib qoladi.
Boshmoqlarga tushadigan yuk 200-250 N bo‘lishini muvozanatlovchi prujinalar yordamida, o‘rish balandligini (min 8 sm) boshmoqlar balandligini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. SHaroitga qarab, o‘rish apparatining boshmoqlari gorizontal yoki oldiga engashtirilgan holda o‘rnatiladi.
Bunday pichano‘rgichning ezuvchi jo‘valarini echib olib, g‘allani o‘rib, qatorga uyumlab ketishda foydalanish mumkin.
Pichano‘rgich-maydalagich rotorli o‘rish apparatiga ega. Mashina tirkama bo‘lib, ikkita g‘ildirakka tayanib yuradi. Haraktlanayotgan mashinaning to‘sig‘i poyalarni oldinga engashtiradi, natijada, ularning sirti tarnglashib pichoqlarning kesishi osonlashadi. Pichoqlar o‘tmas tig‘li bo‘lib, bolg‘achalarga o‘xshaydi, ularning chiziqli tezligi juda katta bo‘lganligi sababli, poyalarni kesmasdan, zarba hisobiga uzib oladi. Pichoq tig‘i qalin bo‘lgani uchun kesaklarga tegsa ham shikastlanmaydi, faqat osilgan sharniri atrofida vaqtincha burilib qoladi.
ko‘zg‘almas pichoqqa nisbatan kichik tirqishdan olib o‘tilayotgan poyalar qo‘shimcha maydalanadi va kata tezlik bilan quvurning ichiga irg‘itilib, o‘rgichga tirkab qo‘yilgan transport vositasiga yuklanadi. Bunday pichoq yo‘g‘on va dag‘al poyalarni, hatto g‘o‘zapoyani o‘rishda ham ishlatilishi mumkin.



Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish